Abu Nasr Farobiyning psixologik qarashlari Reja
Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi ijtimoiy qarashlar
Download 40.66 Kb.
|
1 2
Bog'liqAbu Nasr Farobiyning psixologik qarashlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar.
Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi ijtimoiy qarashlar
Birinchi mavjud boshqa barcha mavjudod borligining birinchi sababidir.Bo’lishi mumkin bo’lgan turli tuman kamchiliklarning barchasidan ozod-pokdir.Undan boshqa barcha mavjud narsa nuqsonlik bo’lishi holatidan holi emas. (Nuqson) bir bo’lishi mumkin va yoki birdan ko’p bolishligi mumkin. Ammo avvaliga kelsak, u barcha nuqsonlardan holidir. Uning borligi barcha (borliq)dan afzal va boshqa borliqlar oldin kelur, uning borligidan yana ustun bo’lga va undan oldin keladigan boshqa borliqning bo’lishi ham mumkin emas. Demak, u borliq ustunligi (fazilati) borasida eng yuksak darajadadur, borliq mukammalligi nuqtai nazaridan qarasak, u yuqori martabadadur. Bunday shahar hokimi bo’ladigan odam (Allohdan boshqa) hech kimga bo’ysunmasligi kerak. Fozillar shahrining birinchi boshlig’i shu shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo’lib, u tabiatan o’n ikkita hislat – fazilatni o’zida birlashtirgan bo’lishi zarur. Fozillar shahri hokiimi avvalo to’rt muchchali sog’-solim bo’lib, o’ziga yuklangan vazifalarni bajarilishida biror a’zosidagi nuqson halal bermasligi lozim, aksincha, u sog’ salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi lozim. (Ikkinchidan), bunday shahar hokimi tabiatni nozik farosatli bo’lib, suhbatdoshini so’zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg’ab olishi lozim, shu sohada umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur.(Uchinchidan), u anglagan, ko’rgan, eshtgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to’la-to’kis saqlab qolishi, barcha tavsilotlarni unutmasligi lozim. (To’rtinchidan), u zehni o’tkir, zukko bo’lib har qanday narsaning bilinar – bilinmas alomatlarini va u alomatlari nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur. (Beshinchi), u fikrini ravon tushuntira olish maqsadida, chiroyli so’zlar bilan ifodalay olishi zarur. (Oltinchi), u (ustozlardan) ta’lim olishga, bilim, ma’rifatga havasli bo’lishi , o’qish, o’rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan qochmaydigan bo’lishi kerak. (Yettinchi), taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha o’zini tiya oladigan bo’lishi, (qimor yoki boshqa) o’yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo’lishi zarur.(Sakkizinchi). U haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevadigan, yolg’onni va yolg’onchilarni yomon ko’radigan bo’lishi zarur. (To’qqizinchi), u o’z qadrini biluvchi va nomus oriyatli odam bo’lishi, pastkashlardan yuqori turuvchi, tug’ma oliy himmatli bo’lishi, ulug’, oliy ishlarga intilishi zarur. (O’ninchi), bu dunyo mollariga, dinor va dirhamalarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvimaydigan) bo’lishi zarur. (O’n birinchi), tabiatan adolatparvar bo’lib, odil odamlarni sevadigan, istebdod va jabr-zulumni, mustabid va zolimlarni yomon ko’ruvchi, o’z odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani haqiqatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va o’zi suygan go’zallikni ravo ko’ruvchi bo’lishi zarur. O’z haq ish oldida o’jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo’lishi zarur. (O’n ikkinchi), o’zi zarur deb hisoblagan chora – tadbirlarni amalga oshirishda qat’iyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo’lishi, qo’rqoqlik va hadiksirashlarga yo’l qo’ymasligi zarur. Mana shu barcha xislatlarnihg bir odamda jamlanishi amri mahol, zero bunday tug’ma fazilatlar sohibi bo’lgan odamlar juda kam uchraydi va ular nodir insonlardir. Mobodo fozillar shahrida shunday barkamol insonlar topilibqolsa, unda yuqoridagi fazilatlardan oltitiasi, yoki beshtasi kamol topganda ham, u aql va zakovatda benazirligi tufayli fozillar shahriga rahbarlik qila oladi. Ba’zi mahallarda fozillar shahrida bunday odamlar yoq bo’lib qolganda ham (vafot etganda yhud boshqa joyga ketgan vaqitda – M.M.) ana shu imom (hokim) yohud uning izdoshlari (agar mazkur imomdan so’ng birin – ketin shaharga boshliq bo’lsalar) chiqargan qonun va tartiblariga amal qilinadi. Avvalgi imom o’rniga kelgan keyingi rahbarda ham yuqorida aytilgan hislatlar – fazilatlar yoshlidan shakillangan bo’lishi zarur. Ana shunda bu keyingi imomda yana oltita fazilat hosil qilinishi zarur: Birinchi – donishmandlik. Ikkinchi – avvalgi imomlar o’rnatgan qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilishi uchun quvvai hofizaga ega bo’lishi. Uchinchi – agar avvalgi imomlar davrida biror (yoki bir qancha) sohaga taluqli qonun qolmagan bo’lsa, bunday qonuni o’ylab topishi uchun ijod, ixtiro qilishi quvvatiga ega bo’lish. To’rtinchi – hozirgi haqiqiy ahvolni tez payqab olishi va kelgusida yuz beradigan, avvalgi imomlar ko’zda tutmagan voqealarni oldinda ko’ra bilishi uchun bashoratgo’ylik hislatiga ega bo’lish. Bu hislat unga xalq farovonligini yaxshilashda kerak bo’ladi. Beshinchi – avvlgi imomlar o’rnatgan qonunlarga, shuningdek, avvalgilardan ibrat olib, o’zi to’qib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi uchun qizg’in so’zlash – notiqlik hislatiga ega bo’lishi. Oltinchi – zarur hollarda harb ishlariga mohirlik bilan rahbarli qilish uchun yetarli jismoniy quvvatga ega bo’lish; ham jang qilishni, ham sarkarda sifatida jangu-jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san’atni yaxshi bilish. Mobodo shu hislatlarning barchasini o’zida jamlagan bir odam topilmasa, lekin ikki kishi birgalashib, shu hislatlarga ega bo’lishsa (ya’ni biri – donishmand, ikkinchisi – qolgan hislatlar sohibi bo’lsa) shu ikkovini fozillar shahriga rahbarlikka qo’yish zarur. Mobodo bir guruh odamlar birgalikda ana shu hislatlarga ega bo’lishsa (ya’ni – birida bu , ikkinchisida u, uchinchisida boshqa hislatlar bo’lsa) ana shu fozillar guruhini yurt rahbarligiga qo’yish zarur. Shu guruh a’zolari birgalashib, o’zaro kelishib harakat qilishsa har biri fozil hokim bo’lishi mumkin.Mobodo biror zamonda fozillar shaharda hokimlik qilayotgan bir yoki bir necha kishida boshqa zarur hislatlar bo’lsyu, ammo, donishmandlik bo’lmasa, fozillar shahri yaxshi hokimsiz qoladi, bunday shahar halokatga yuz tutadi. Fozillar shahrining ziddi bo’lgan shahar – johillar shahri, benomuslar shahri, ayriboshlovchilar shahri, dashgan, zalolatdagi odamlar shahridir.Bu shaharlarning vakillari – ayrim odamlar ham fozillarning ziddi bo’lgan odamlardir. Johillar shahrining aholisi baht – saodatga intilmaydi, baxt - saodat nimaligini bilmaydi ham. Chunki jaholatdagi odamlar hech qachon baxt topmagan va baxt – saodatga ishonmaydilar. Faravonlikka kelsak, jaholatdagi odamlar (haqiqiy obdlikni bilmasdan) ba’zilar nazarida baxtu – davla bo’lib ko’rinadigan o‘tkinchi, yuzaki narsalarni, mol – dunyo jismoniy lazzatlarni, xirsu – shaxvatni, obro’, amal, shon- shuhratni haqiqiy baxt, farovonlik deb o’ylaydilar. Shu ne’matlardan har biri jaholatdagi odamlar nazarida hayotdan maqsad baht – saodat bo’lib ko’rinadi. Zotan, (moddiy va ruhiy) ne’matlarning hammasi birgalikda uyg’unlashgan chog’dagina haqiqiy baxt-saodatga erishish mumkin. Bu ne’matlarning teskarisi – tan kasalliklari, kambag’alchilik, zavq, lazzatlar va hurmat, obro’ning yo’qligi – baxtsizlik bo’lib ko’rinadi). Johillar shahrining bir qancha turlari bor. Shulardan biri zaruriy ehtiyojlar shahridir. Bunday shahar aholisi faqat badan uchun zarur bo’lgan narsalar: oziq – ovqat , ichimlik, kiyim – kechak, turar joy, jinsiy aloqa hamda shularga erishish uchun bir – biriga yordam berish bilangina cheklangan odamlardir. Ayriboshlovchilar shahrining aholisi – to’qchilik va mol –dunyoga erishuvda bir –birlariga o’zaro yordam berishni hayotning asosiy maqsadi deb biladilar. Razolat (tubanlik) va badbaxtlik shahri – bunday shahar aholisi faqat yeyish, ichishda, jinsiy aloqada, huzur-xalovatga erishishiga, hissiy lazzatlar, ishrat , kayf-safoning barcha turlariga intiladilar. Obro’parastlar shahari. Bunday shahar aholisi o’zaro bir – birlarini maqtashni , ko;kka ko’tarishni yaxshi ko’radilar. Ularni o’zga xalqlar so’zda ham, ishda ham ulug’lashlarni istaydilar.Bir –birlarining oldida yoki o’zgalar ko’ziga ulug’vor, shon – shavkatli bo’lib ko’rinishni hohlaydilar. (Bututn dunyoni bosib olishga intilgan Rumo(Rim) imperiyasi poytahti shunday shahar namunasidir – M. M. ). Amalparastlar, hokimiyatparastlar shahri. Bunday shahar aholisi – barcha xalqlar ularga bo’ysunishini , o’zlari hech kimga bo’ysunmaslikni xohlaydi. Ularning fikru – zikri g’alabalar , futuxatlar nashidasini surishga qaratilgan. Shahvatparastlar shahri. Bunday shahar aholisining har biri ehtiroslari tizginini jilovlamay, istalgancha shahvat nafslarini, tuban maylarni qondirishga intiladi. Joholatdagi shaharning hokimi ham huddi shu shaharlar aholisi kabidur.Ular o’zlari hukumronlik qilgan shaharlarda yuqorida sanab o’tilgan shaxsiy sitaklarini tinimsiz qondirishga intiladilar. Jahoatdagi shaharlar aholisining mashg’ulotlari ham yuqorida aytilgan maqsadlarga xizmat qiladi. Benomuslar shahrining odamlari fozillar shahri odamlariday baht - saodatni, haq-taoloni, u yaratgan hilqatlarni, aqlni va boshqa narsalarni biladilar va ularga ishonadilar, ammo ularga amal qilamay, yuqorida aytaganimiz jaholatdagi shaharlarning aholisiga o’hshab yashaudilar. Beqaror shahr. Bunday shahar aholisining nazariy qarashalari va amaliy ishlari avvalroq fozillar shahri aholisining qarashlari va ishlariga ohshsh bo’lgan, amo keyinchalik bu yurtga begona g’oyalar asta kiribolib, uning aholisi qarashlarini butunlay o’zgartirib yuborgan. Adashgan shahar aholisining fikricha, baxt –saodatga faqat o’lgandan keyin erishish mumkin. Ammo, bu shahar xalqining Alloh – taolo azza va jalla haqida, uning yaratgan hilqatlari va faola aqliga doir fikr-mulohazalari, tasavurlari shu qadar chalkashib ketganki, bunday ta’savvurlar halol yashash uchun asos bo’la olmaydi, bu (chalkash) tasavvurlar Alloh yaratgan hilqatlarning suvratlarini ham aslini aks ettirmaydi. Foydalanilgan adabiyotlar. 7. Abdulla Sher. Axloqshunoslik. T., “O’zbekiston”, 2000.–267 b. 8. Abdullayeva M.N., Abdurashidov M. va boshqalar. Falsafa. Qisqacha izohli lug’at. –T.: Sharq, 2004. –345 b. 9. Falsafa Nazarov Taxriri ostida T 2000. 10. Falsafa ensiklopedik lug’at. –T., “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. –344 b. 11. Fozil odamlar shahri. Abu Nasr Forobiy Toshkent “A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi”-1993. 12. Jaxon falsafasi tarixidan lavhalar. 1-kitob T-2004. Download 40.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling