Абу наср форобийнинг таълимий-ахлокий карашлари абу наср форобий
Abu Rayhon Beruniy ta'lim tarbiyaga oid qarashlari
Download 287.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Abu ali ibn sino ta\'lim tarbiya haqida
Abu Rayhon Beruniy ta'lim tarbiyaga oid qarashlari
2 Tillashev X.X.Obsheye pedagogicheskiye I didakticheskiye idei uchennix ensiklopedistov Blijnogo I Srednogo Vostoka epoxi srednovekovaya. Tashkent: Fan. 1989.C.10 4 Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida, g`oyat murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu Rayhon Beruniy 362 yil 3-zulhijjada (milodiy 973 yil 4-sentabr) Xorazmning Qiyod (Kot) shahrida dunyoga keldi. Berun yoki birun so`zi «tashqari» degan ma`noni anglatadi. XIII asr boshlarida Xorazmda bo`lgan mashhur sayoxatchi va geograf Yoqut Hamaviyning aytishicha, Vatanidan tashqariga ketgan har bir kishini xorazmiyliklar «Beruniy» laqabi bilan ataganlar. Keyinchalik bu laqab shu an`anaga ko`ra uning nomiga qo`shilib qolgan bo`lsa ehtimol. Chunonchi, olimni shaxsan bilgan mashhur tarixchi Abul Fazil Bayhaqiy unga nisbatan «Beruniy laqabini qo`llamay, faqat «Abu Rayhon» deb ataydi. «Abu Rayhon» esa «marhamatli», «rahmatli», «rahmdil» ma`nolarini bildiradi», - degan fikrlarni aytadilar Abu Rayhon Beruniy boshlang`ich ta`limni olgach, o`sha davrda fan – madaniyat taraqqiy etgan Xorazmning peshqadam olimlaridan saboq oladi. Beruniy Xorzam tili bilan birga sug`diy, forsiy, suryoniy, Yunon, qadimgi yahudiy tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o`rgangan. U Yunon klassik ilmi, astronomiya, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, falsafa va filologiyadan ham chuqur bilim oladi. Beruniy yirik olim Abu Nasr Ibn Iroqdan Yevklid geometriyasi, Ptolemeyning astronomik ta`limotlaridan dars olgan. Bundan tashqari o`zidan oldin o`tgan matematik, munajjim va geografiya olimi Muhammad Xorazmiy, geografiya olimi Abul Abbos, Ahmad Farg`oniy (IX asr), Marvaziy (IX asr), Javhariy (IX asr), faylasuf va tabiatshunos Abu Nasr Forobiy, Abul Vafo Juzjoniy (940-998), seyistonlik Abu Said as-Sijiy (951-1024), Abu Muhammad Hamid Xo`jandiy va boshqalarning asarlarini mustaqil o`rganadi. 995 yilgacha Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masalalrini hal etish bilan birga, Sharqda birinchi bo`lib Yer va Osmon globusini yasadi va astronomiyaga oid bir necha kitob yozdi («Kartografiya», «Globus yasash kitobi», «Yerdagi joylarning uzunlama va kenglamalarini aniqlash haqida 5 maqola» va boshqalar). Beruniy hali juda yosh olim bo`lishiga qaramay, Kot shahrida 994-995 yillarda astronomik kuzatishlar o`tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o`zi astronomik asboblar ixtiro etgan. 994-995 yillarda Qoraxoniylar samoniylar davlatiga qarshi hujum qiladilar. Urganch amiri Ma`mun I tomonidan Beruniy ijod etayotgan Kot shahri zabt etilib (bu shahar Janubiy Xorzamning poytaxti bo`lgan), yagona Xorazm davlati tashkil topadi. Amir Abu Abdullo Muhammad xizmatida bo`lgan Beruniy ham boshqa olimlar kabi Kot-Qiyotni tark etib, Jurjon (Kaspiy dengizining janubi-sharqi)da, so`ng Rayda (Tehron yaqinida) yashaydi, Raydan yana Jurjonga qaytib, olim va kelajakdagi ustozi Abu Sahl Iso Masihiy bilan tanishadi va undan ta`lim oladi. O`sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir yosh olimga xayrixohlik ko`rsatadi. «Shams al-Maoliy» («Oliy martabalar quyoshi») laqabi bilan mashhur bo`lgan bu podshohga bag`ishlab Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini Yaqin va O`rta Sharqqa mashhur qildi. 1004 yilda Beruniy Ma`mun II ibn Ma`mun tomonidan Xorazmga chaqirib olinadi va uning yaqin maslahatchisi bo`lib qoladi. Ma`mun davrida Urganchda «Ma`mun akademiyasi» nomli ilmiy markaz tashkil etiladi va u yerda musulmon Sharqining yirik olimlari faoliyat ko`rsatadi. Beruniy bir necha yil kamyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida kuzatishlar va tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlari asosida «Mineralogiya» asarini yaratadi. 1017-1018 yillarda yana taxt va hokimiyat uchun kurash boshlanib, Movarounnahrda qoraxoniylar davlati barpo etiladi. Xuroson va Avg`onistonda Mahmud G`aznaviy (998-1030) xukmronligi o`rnatilib, qoraxoniylar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Xorazm Mahmud davlatiga tobe bo`lib qoladi. Ma`mun akademiyasidagi ko`plab olimlar qatori Beruniy ham G`aznaga olib ketiladi va u yerda ko`p qiyinchiliklar bilan o`z ijodini davom ettiradi. Beruniy bu yerda o`zining «Xorazmning mashhur kishilari», «Tahdid nihoyot 6 al-amokin li tashih masofot al – masokin», («Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash», ya`ni «Giodeziya») asarini yaratdi. Bu asarda geografiya va astronomiya fanlari bilan bir qatorda paleontologik kuzatishlar natijalari ham bayon qilingan. Beruniyning yana bir muhim asari «Munajjimlik san`atidan boshlang`ich tushunchalar»dir. Bu asarda ham u bir qancha fanlar yuzasidan dastlabki tushunchalar, ma`lumotlar bergan. Ma`lumki, Mahmud G`aznaviy Hindistonga qarshi bosqinchilik urushlarini olib borgan. Mana shu yurishlarning birida Beruniy ham Mahmud G`aznaivyga hamroh bo`lib bordi. U sanskrit (eski hind tili)ni bilganligi uchun hind xalqi madaniyati, adabiyoti va san`ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo`ldi va bu mehnatlari natijasida 1030 yilda o`zining Sharq va G`arbda keng e`tirof qilingan mashhur «Hindiston» asarini yaratadi. Kitobning to`liq nomi «Kitobu fi taxqiqi molil Hind min maqulatin fil aqli av marzulatin», ya`ni «Hindlarning aqlga sig`adigan va sig`maydigan ta`limotlarini aniqlash kitobi» bo`lib, aytishga qulay bo`lishligi uchun qisqacha «Tahqiqu mo - mil hind» - («Hindistonga oid tadqiqlar» yoki «Hindiston») deb yuritiladi. Uning bu shoh asari G`arb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon hind olimlari tomonidan yuksak baholangan. Akademik V.R.Rozen «Sharq va G`arbning qadimgi va o`rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo`q», - deb baholasa, Hindiston olimi Hamid Rizo olim haqida gapirib, «Hind madaniyatining chigal muammolarini biron-bir o`rta asr yoki hozirgi zamon muallifi Abu Rayhon Beruniydek muvaffaqiyatli ravishda tushunib yetmagan. Uning «Hindiston» asari qadimgi Hind madaniyati va fanining klassik namunasi bo`lib qoladi» Asarda Beruniyning Hindiston haqidagi barcha qarashlari o`z ifodasini topgan. O`sha yili (1030) Mahmud G`aznaviy vafot etadi. Uning kichik o`g`li Muhammad voris sifatida taxtga o`tirgan bo`lsa-da, ko`p o`tmay Mahmudning katta o`g`li Mas`ud (1030-1041) ukasini taxtdan ag`darib, o`zi xokimiyatni qo`lga oladi. Bilimdon va zukko, ilm ahlini qadrlovchi Mas`ud Beruniyni o`z himoyasiga 7 olib, uning ijod qilishiga sharoit yaratib beradi. Beruniy astronomiyaga oid «al – Qonun al-Mas`udiy» («Mas`ud qoununi») nomli yirik asarini shox Mas`udga bag`ishlaydi. Olimlar bu asarni matematika va astronomiyaga oid ungacha yozilgan barcha asarlardan yuqori qo`yadilar. O`sha asr olimlaridan biri Yoqutning yozishicha: «Mas`ud qonuni» kitobi matematika va astronomiya bo`yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o`chirib yuborgan deydi. Beruniy yana «qimmatbaho toshlarni bilib olish bo`yicha ma`lumotlar to`plami» («Mineralogiya»), «Dorivor o`simliklar haqida Kitob», «Kitob as Saydona fi – t-tibb» kabi asarlarni ham yozdi. «Mineralogiya» Sharqdagina emas, Yevropada ham qimmatbaho toshlarni izlash usullari va ular bilan savdo qilish, konlarni o`rganish, yer osti boyliklarini tekshirish haqida ma`lumot bersa, «Saidona» nomi bilan mashhur bo`lgan keyingi asarda Sharqdagi dorivor o`simliklarning tavsifi bayon qilingan. Beruniy «Saidona» kitobida o`zining 80 yoshdan oshganligini yozadi, shunga ko`ra uni 1050-1051 yillarda vafot etgan deb taxmin etish mumkin. Ba`zi manbaalarda esa, 1048 yil 13 dekabrda G`azna shahrida vafot etgan deb ko`rsatiladi. Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo`llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O`quvchiga bilim berishda: o`quvchini zeriktirmaslik; bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o`rgatavermaslik; uzviylik, izchillik; tahlil qilish va taqqoslash; ma`lumdan noma`lumga, yaqindan uzoqqa, soddan qiyinga qarab borish; takrorlash; yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko`rgazmali bayon etish va hokazoga e`tibor berish kerakligi o`qtiriladi. Beruniy fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirilgan barcha boyliklarni qunt bilan o`rganishga da`vat etadi. 8 Olim ilm toliblariga qalbni yomon illatlardan, inson o`zi sezishi mumkin bo`lmagan holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, behuda raqobatdan, ochko`zlikdan, shon-shuhratdan saqlanishi zarurligini o`qtirgan. Shuningdek, har bir xalqning o`ziga xos ta`lim usullari, yo`llari, shakllari borligini ta`kidlash bilan birga har bir xalqning ham o`qitish tizimi alifbodan boshlanishini ko`rsatadi. Grammatika, matematika fanlarini o`qitishga oid qimmatli fikrlar bayon etadi. Beruniy til va adabiyot, tarix, geografiya, geodeziya, biologiya, mineralogiya fanlari, tibbiyot va dorishunoslik, fizika, falakiyot ilmiga oid tadqiqotlarini o`zi targ`ib etgan nazariya hamda kuzatishlar natijasida amaliyotda sinab ko`rib, fanda haqiqat ustivor turishini ta`kidladi. U barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikda deb biladi. Ilmlarni egallashda esa shaxsda intilish va qiziqish, muhitni alohida ta`kidlaydi. Bilim olishda tushunib o`rganish, ilmiy tadqiqotchining poklikka rioya etishiga alohida e`tibor beradi. Jamiyatning ravnaqi, ma`rifatning rivojiga bog`liq degan g`oyani ilgari so`radi. Beruniy bilim olishni axloqiy tarbiya bilan bog`laydi. Zero, insonda komillikning muhim mezoni yuksak axloqlilikdir. Beruniyning inson kamolotida axloqiy tarbiyaning muhim o`rnini ta`kidlashini uning yuqorida qayd etilgan «O`tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Kitob as - Saidona», «al – Qonuni al - Mas`udiy», «Giodeziya» va boshqa asarlarida ko`ramiz. Beruniy fikricha, axloqiylik insonning eng asosiy sifati bo`lishi kerak. Bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o`zaro muloqoti, ijtimoiy muhit – jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi. Beruniy ham axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan xolda ta`rif beradi. Axloqiylik yaxshilik bilan yomonlik o`rtasidagi kurash natijasida namoyon bo`ladi va tarkib topadi deydi, u. Yaxshilik va yomonlik insonning xulq- atvorini belgilaydigan mezon sifatida qo`llaniladi. U yaxshi xislatlarga to`g`rilik, odillik, o`zini vazmin tutish, insof, kamtarlik, 9 lutf, sobitqadamlik, ehtiyotkorlik, saxiylik, shirinsuxanlik, rahbarlikda adolatlilik, tadbirkorlik kabilarni kiritadi. Yomon illatlarga esa xasadgo`ylik, baxillik, nosog`lom raqobat, o`z manfaatini ko`zlash, mansabparastlik va hokazolarni kiritadi. Beruniy faxrlanishni yaxshi xulq ma`nosida ishlatib, «Yodgorliklar»da shunday deydi: «Faxrlanish - haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy fe`llarda oldin ketish, ilmu xikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular yetishmasa, hukm uning zarariga bo`ladi» . Demak, Beruniy insonning ma`naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo`ladi. Bu insoniyat yaratgan pedagogik fikr taraqqiyotida «qizil ip» bo`lib o`tganidek, shu an`anaga muvofiq Beruniyda ham axloqiy tushunchalar axloqiy barkamollikning muhim tomonlaridir. Beruniy saxovat (o`zaro yordam, bir-biriga foyda keltirish uchun hamkorlik), muruvvat (odamlarga xayrixoh bo`lish, halollik va haqgo`ylik, o`z mehnati bilan kun ko`rish v.b.)ni insonning axloqiy kamolotini ko`rsatuvchi xislatlar deb biladi. Insonning axloqiy kamolga yetishi muammosi butun ta`lim-tarbiya tizimida markaziy masala bo`lib kelgan. Abu Rayhon Beruniy ezgu tilakka yetishga to`sqinlik qiluvchi ziqnalik, yolg`onchilik, munofiqlik, manmanlik, takkaburlik kabi nuqsonlarni qorlaydi, boylikka ruju quyish va ta`magirlik, g`azab va johillik inson uchun eng ashaddiy dushman deb qaraydi. Mutafakkir ilgari surgan axloqiy hislatlardan yana biri adolatdir. U jamiyatda adolat o`rnatish, uni yovuzliklardan xalos etish uchun dono, adolatli xukmdor bo`lishi kerak, deydi. Beruniy kundalik turmush masalalariga ham katta e`tibor bergan. Har bir axloqan barkamol inson o`zining turmush tarzini ham uyg`un, go`zal eta oladi. uyg`unlik, go`zallik va nafosatning asosi sanaladi. Beruniy insoniy xislatlardan muhimi – ozodlik, tarbiyalilik bo`lsa, insonga eng yaqin narsa uning tabiati, ruhi 10 deydi. Shuning uchun inson o`z tabiatiga yoqadigan ishlarni bajarishi zarur, deb ko`rsatadi. Bunda insonning ichki dunyosi bilan tashqi go`zalligi, turmush tarzidagi go`zallikning uyg`un bo`lishini talab etgan. Bunga inson kiyadigan kiyimidan tortib, kundalik turmushidagi yurish-turushi, so`zi, qalbi, qilgan ishi - hammasining go`zal bo`lishi ta`kidlangan. Har bir shaxsda sharm-hayo, ozodalik, nafis did, iffat, latofat, shirinsuxanlikning tarkib topishi turmushning yanada go`zal bo`lishiga olib keladi. Olimning inson turmushiga xos hulq-odob qoidalari haqidagi fikrlari pedagogik jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Inson ham ichki, ham tashqi tomondan go`zal bo`lsagina haqiqiy kamolotga erishishi mumkin deydi. U ozodlik va arosatlikni olijanoblik bilan tenglashtiradi. Inson doimo bularga rioya etishi zarur deb ta`kidlaydi. Bunda inson o`zini boshqara olishga qodir bo`lishi, har bir yetuk inson uchun zarur bo`lgan xislatlarni tarkib toptirishda kuch va irodaga ega bo`lishi zarur, deydi. «Minerologiya» asarida bu fikrni quyidagicha ifodalaydi. «Inson o`z ehtiroslariga xukmron, ularni o`zgartirishga qodir, o`z jon va tanini tarbiyalar ekan, salbiy jihatlarni maqtagulik narsalarga aylantirishga hamda asta – sekin, axloq haqidagi kitoblarda ko`rsatilgan usullar bilan illatlarni bartaraf etishga qodirdir» . Beruniy insonni kamolotga yetaklovchi xislatlardan yana biri olijanoblik deb ko`rsatadi. Olijanoblikning mazmunini yaxshilik tashkil etadi. Bunda olim insonga inson sifatida muomala qilishni nazarda tutadi. Eng muhimi, mutafakkir, inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo`ladi. Og`ir mehnat sifatida binokor, ko`mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa ilm ahli – olimlar mehnatiga alohida e`tibor berish, hayrixoh bo`lishga chaqiradi, ularni ma`rifat tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga hissa qo`shuvchilar deb, biladi: shu bilan birga, og`ir mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida gavhar izlovchilar, dehqonlar haqida gapirib, ularning mehnatini 11 rag`batlantirib turish kerak, deydi. Ayniqsa, podshoxlar bunday mehnat ahliga g`amho`r bo`lishi kerakligini alohida eslatadi. Chunki, ana shu mehnat ahli ular hukmronligining tayanchi, deb ta`kidlaydi. Olim bolalarni mehnatga o`rgatish metodlari, yo`llari haqida ham fikr yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga o`rgatish kerak deydi. Mehnat tarbiyasida o`sha davr tarbiya an`anasiga binoan vorislikka katta ahamiyat beradi. Buni E.To`raqulov va S.Rahimovlar «Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta`lim- tarbiya haqida» nomli risolalarida juda yaxshi bayon etishgan. Beruniyning «Mineralogiya» asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o`rgatish metodlari haqida ham qimmatli fikrlar bayon etilgan. Bunda hozirgi pedagogika Fani tili bilan aytganda, shaxsiy namuna metodidan foydalangani, ish jarayoni bevosita ham nazariy, ham amaliy jihatdan ustaxonaning o`zida bajarilgani shogirdlarning malakali usta bo`lib yetishishida katta ahamiyatga ega bo`lgan. Shuning uchun ham o`sha davrda Xuroson va Movarounnahr metallurgiya, konchilik, to`quvchilik, zebi-ziynat buyumlari yasash, qog`oz va oyna ishlab chiqarish va boshqa sohalarda dunyo bozorida nom chiqargan. Hunarmandchilikning bunday yakka holda o`rgatilishi malakali kasb egalarining yetishib chiqishiga yordam bergan, halol va vijdonan mehnat qilishga yo`llaganki, bu insonning kamolga yetishiga muhim pog`ona bo`lgan. Zero, qadimdan har bir yetuk inson u shohmi, oddiy fuqaromi, hunarning bir yoki bir necha turini bilishi zarur sanalgan. Shunga ko`ra buyuk shoxlar ham, beklar ham, mol-mulk egalari bo`lgan boylar ham, oddiy fuqaro ham o`z farzandini bilimli bo`lishi bilan birga, hunarli bo`lishiga ham e`tibor bergan va bu yozilmagan qonunga barcha birdek amal qilgan. Chunki, kishilik jamiyati paydo bo`lgandan boshlab, kishilar o`z mehnati va hunari bilan kun kechirishga majbur bo`lgan va bu hayot taqozosi sifatida qabul qilingan. Shuning uchun ham Beruniy inson har tomonlama kamolga yetishi uchun u ilmli bo`lishi bilan birga mehnatsevar va hunar egasi bo`lishi ham kerak deydi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta`kidlaydi. Bu hozirgi davr 12 pedagogikasi ham e`tirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir. Ma`lum bir davrda olimlar inson kamolotiga irsiyat, muhitning ta`sirini inkor etib, faqat tarbiyani tan oldilar. Lekin Beruniy o`z zamondoshlari – buyuk mutafakkirlar Forobiy, ibn Sinolar kabi inson kamolotida har uchalasini ham muhim deb hisoblaydi. YA`ni u insonning kamolotga yetishida ilmu ma`rifat, san`at va amaliyot asosiy rol o`ynasa-da, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va ijtimoiy turmush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy nazarida inson kamolga yetishining eng muhim omillari ilm-ma`rifatli bo`lish va yuksak axloqlilikdir. Beruniy ilmiy bilishga oid, ta`lim metodlari haqidagi qarashlari bilan ta`lim nazariyasida o`ziga xos maktab yaratdi. Yoshlarni tarbiyalashda esa axloqiy mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila tarbiyasi, insonning shaxsiy gigiyenasi, xalqlar o`rtasidagi do`stlik, hamkorlik haqidagi tushunchalar katta ahamiyatga egadir. Olim axloqlilikning belgilari sifatida yaxshilik, to`g`rilik, adolat, kamtarlik,saxovat, olijanoblik, do`stlik va hamkorlik, mehnat va hunar egallash, poklik, go`zallikka intilish kabilarni ilgari surgan. Bularning barchasini u yaratgan asarlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlarga bog`lab tushuntirgan. Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari faqat o`z zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta`lim- tarbiya ishlarini takomillashtirishda ham katta ahamiyatga ega. Zero, uning o`zi ham haqiqiy komil insonga xos xislatlarga ega ekanligini, hayoti va ijodiy faoliyati, yozgan asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta ma`naviy me`ros qoldirdi. Beruniy «Sharq Renessansi» davri qomusiy olimlaridan biri sifatida nom qozondi. Mashhur Amriqolik tarixchi olim J.Sarton jahon fani tarixida XI asrning birinchi yarmini Beruniy davri deb atadi. Shuningdek, uni o`z davrining jahondagi birinchi donishmandi deb baholaydi. Beruniyning ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlarni qamrab olgan 150 dan ortiq yirik ilmiy asarlar yaratganligi ham bu fikrning o`rinli ekanligini tasdiqlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling