Абу наср форобийнинг таълимий-ахлокий карашлари абу наср форобий
Download 287.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Abu ali ibn sino ta\'lim tarbiya haqida
1.Irsiyat.2.Muhit.3.Tarbiya.
―Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari xakidagi fikrlari xozirgi davr uchun ham dolzarbdir. o‘kuvchiga bilim berishda u: -o‘quvchini zeriktirmaslik; bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik; -uzviylik, izchillik; -yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish vaxokazoga e‘tibor berish kerakligini uqtiradi‖ 10 . Olim fan soxasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid koldirilgan barcha boyliklarni qunt bilan o‘rganishga da‘vat etadi. Ilm toliblariga qalbni yomon ilatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, xirsdan, behuda raqobatdan, ochko‘zlikdan, shon-shuxratdan saklanishi zarurligini uqtiradi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari o‘z zamonasi uchun emas, xozirgi davr ta‘lim- tarbiyasini takomillashtirishda xam katta axamiyatga egadir. O‘sha vaqtlarda ilm-fan sohasida erishilgan yutuqlar majmuasi hisoblangan ―Hindiston dorilari va dorivor o‘simliklari‖ tabiat olamiga aloqador kitoblar Farobiyning yetuk olim ekanidan dalolat beradi. Uning tabiatshunoslikka doir ―Inson a‘zolari haqida risola‖, ―Hayvon a‘zolari haqida so‘z‖ kabi asarlari alohida ahamiyatga ega. Farobiy Yevropa olimlaridan 1000 yil avval fiziologiya faniga ilmiy asos solganligining o‘zi ham jahon ilm-fani taraqqiyoti beshigini kimlar tebratganini isbotlab turibdi. Al-Xorazmiy o‘zining ―Kitob surat ul-arz‖ nomli asarida 637 ta noyob tabiiy joylar, 209 ta tog‘ning geografik tafsilotini bergan. Dengizlar, daryolar va okeanlar havzasi shaklini, ularda joylashgan orollar haqida muhim ma‘lumotlarni bayon etgan. 10 XII asrlarda madaniy taraqqiyot. 94 b. 22 Buyuk mutafakkirlarimizdan yana biri - Ibn Sino jiddiy ekologik muammolar bo‘lmagan vaqtlardayoq, ekologiya masalalariga to‘xtalib, inson salomatligini saqlash borasida atrof-muhit ahamiyatiga katta e‘tibor berdi. U turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishida atrof-muhit omillari sabab bo‘lishini, havo, suv, ovqatning o‘rnini e‘tirof etadi. O‘sha zamonda mikroskop yo‘q bo‘lishiga qaramay, yuqumli kasalliklarni ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda, jonli zarralar keltirib chiqarishini, ya‘ni makruhlarmikroorganizmlar sababchi ekani to‘g‘risidagi fikrni aytadi. Ibn Sino o‘z asarlarida ekologiya va gigienaga bag‘ishlangan ko‘p masalalar yechimini yozib qoldirgan. SHu o‘rinda Sohibqiron Amir Temurning tabiatga munosabati haqida so‘z yuritar ekanmiz, aytish joizki, buyuk davlat arbobi birinchi galda obodonchilik ishlariga alohida e‘tibor qaratgan. ―Temur tuzuklari‖da aytilishicha, Sohibqiron qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirganlarni rag‘batlantirgan. Ushbu tuzuklarda yana qarovsiz yerlarni obod qilish, ularni hosildor yerlarga aylantirish haqidagi ko‘rsatmalar ham diqqatga sazovordir. Ularda aytilishicha, ―Xarob bo‘lib yotgan yerlar egasiz bo‘lsa, xolisa (ya‘ni davlat yerlarini boshqaruvchi mahkama) tarafidan obod qilinsin. Agar egasi bo‘lsa-yu, obod qilishga qurbi yetmasa, unga turli asboblar va kerakli narsalar bersinlar, toki o‘z yerini obod qilib olsin. Yana amr qildimki, xarob bo‘lib yotgan yerlarda sarizlar qursinlar, buzilgan ko‘priklarni tuzatsinlar, ariqlar va daryolar ustiga ko‘priklar solsinlar, yo‘l ustida, har bir manzilgohga rabotlar qursinlar‖ 11 . Barchaga ayonki, Turon zamin dunyo miqiyosida sug‘oriladigan dehqonchilikning ilk vatani sifatida mashhur. O‘lkamizda qadimdan sug‘orma dehqonchilik rivojlangan irrigatsiya va melioratsiya sohasida boy tajriba to‘plangan. Misol uchun, Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona, Parfiya, Kushon, Turk xoqonligi, so‘ng Somoniylar, Qoraxoniylar, Temuriylar va keyinchalik shu hududda boshqa davlatlarning paydo bo‘lishida, siyosiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanishida ham sug‘orish ishlarining 11 Temur tuzuklari: Ahmedov B. tahriri ostida. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot – matbaa birlashmasi, 1991. – 144 23 tutgan o‘rni, suv zahiralaridan oqilona foydalanish masalasi alohida ajralib turadi. Davlat boshqaruvida suvdan oqilona foydalanishga alohida o‘rin berilganligi, miroblarga davlat arbobi sifatida munosabatda bo‘lingani ham fikrimiz isbotidir. Muxtasar aytganda, milliy ma‘naviyatimizning serqirra va teran ildizlariga tayangan holda mafkuraviy tarbiya yo‘nalishlarini ishlab chiqishda ekologik mafkura, ta‘lim va tarbiya tizimini yaratish alohida o‘rin tutishi lozim. Bu boradagi sa‘yharakatlarga esa Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan va hech mubolag‘asiz oy sayin, kun sayin faoliyat ko‘lamini kengaytirib borayotgan O‘zbekiston Ekologik harakati haqiqiy harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. Download 287.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling