Hisobotni rasmiylashtirish
Hisobot – ishdan maqsad, laboratoriya natijalaridan (ishni bajarish tartibi orqali aniqlanadigan ketma-ketlikda) tashkil topishi kerak.
Hisobotda quyidagilar keltiriladi:
laboratoriya stendi elementlarining pasport ma’lumotlari;
jadvallar ko‘rinishida keltiriladigan laboratoriya asosida aniqlangan quvvatlar va energiyalar qiymatlari;
ish natijalarini tahlil qilish va xulosalar.
Nazorat savollari
MET va KET pog‘onasidagi ENHAT haqida so‘zlab bering?
AIJ nima?
АЛЬФА MARKAZ (AS_SE) asosi haqida so‘zlab bering?
MET MARKAZ ENHAT nimani ta’minlaydi?
MET va KET pog‘onasida qanday hisoblagichlar o‘rnatilgan?
7-LABORATORIYA ISHI
TUMAN ELEKTR TARMOQLARI (TET) POG‘ONASIDA ENHATNI O‘RGANISH
Ishdan maqsad: Talabalarni TET pog‘onasidagi ENHAT bilan tanishtirish hamda keyingi pog‘ona iste’molchilariga uzatilayotgan quvvatlar qiymatlarini o‘lchash ko‘nikmalarini shakllantirish.
45
Nazariy qism
TET ENHAT ning DT
TET ENHAT amaliy dasturlar paketi (keyinchalik Paket) ENHAT ni qurish uchun qo‘llaniladigan instrumental dasturiy ma’lumotlar to‘plamidan iborat.
Paket – tizimning komponentlaridan biri hisoblanadi. ENHAT boshqa dasturiy va apparatlar vositalari (elektr energiyasi hisoblagichlari, ma’lumotlarni yig‘ish va uzatish qurilmalari, aloqa drayverlari va boshqalar) komplekslarida ishlaydi.
Paket tarkibiga kiradigan dasturlar ENHAT ma’lumotlarini yig‘ish serveri funksiyasini bajaradigan ishchi stansiyada, shuningdek, zarurat bo‘lganida mutaxassislar AIJ tashkil etish uchun foydalanuvchilar ishchi stansiyalarida bajariladi.
Paket dasturlari birlamchi elektr hisoblagichlardan energiyani hisobga olish ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan holda yig‘ish, kirish axborotlarini nazorat qilish, ma’lumotlar arxivini saqlash va foydalanuvchilarga axborotlarni taqdim etish funksiyalarini ishlatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |