Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti
Download 29 Kb.
|
Ekologik monitoring (Ekologiya)
Ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosiga qanday e’tibor berilmoqda hamda bunday vaziyat nimalardan iborat? Ushbu masala, ya’ni ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqlari, chiqishlari va asarlarida ushbu muammoning asosiy mohiyati ochib berilgan. Jumladan, yurtboshimizning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” (Toshkent, “O’zbekiston”, 1997) asarining I-bobi “Xavfsizlikka tahdid”, deb nomlanib, unda alohida “Ekologik muammolar” masalasiga keng e’tibor berilgan. Kelajakni har tomonlama baholay oladigan, ulkan salohiyatli ushbu asarda ekologik vaziyatning quyidagi sabablari ko’rsatib berildi: birinchidan, yerning cheklanganligi va uning sifat tarkibi pastligi bilan bog’liq havfning to’xtovsiz ortib borishi; ikkinchidan, O’zbekistonning ekologik havfsizligi nuqtai nazaridan qaraganda, suv zaxiralarining, shu jumladan yer usti va yer osti suvlarining keskin taqchilligi hamda ifloslanganligi katta tashvish tug’dirmoqda. Respublikaning daryolari, kanallari, suv omborlari va hatto yer osti suvlari ham har taraflama inson faoliyati ta’siriga uchrashi; uchunchidan, Orol dengizining qurib borish havfi g’oyat keskin muammo, aytish mumkinki milliy kulfat bo’lib qoldi. Bu muammo so’ngi o’n yilliklar mobaynida xavfli darajada ortdi. Markaziy Osiyoning butun hududi bo’ylab sug’orish tizimlarini jadal suratda qurish ko’plab aholi punktlariga va sanoat korxonalariga suv berish barobaridan keng ko’lamdagi fojea - Orol halok bo’lishining sababiga aylanishi; to’rtinchidan, havo bo’shlig’ining ifloslanishi ham respublikada ekologik xavfsizlikka solinayotgan tahdid bo’lishi. Prezident I. Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida ekologik xavfsizlikni kuchaytirishning qanday asosiy yo’nalishlari belgilab berildi? Tegishli texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy etish. Qishloq, o’rmon va boshqa xo’jalik tarmoqlaridagi tabbiy jarayonlarning keskin buzilishiga olib keladigan barcha zaxarli kimyoviy moddalarni qo’llash ustidan qattiq nazorat o’rnatish. Havo va suv muhitini insonning hayotiy faoliyati uchun zararli yoki salbiy ta’sir etadigan moddalar bilan ifloslantirishni to’xtatish. Respublikaning foydali qazilmalaridan oqilona foydalanish – dolzarb masala. U atrof-muhitni muhofaza qilishning bosh omillaridan biridir. Foydali qazilmalarni olish va qayta ishlash chog’ida katta isrofgarchiliklarga yo’l qo’yilmoqda. Boshlang’ich hom-ashyodan to’liq foydalanmaslik hollari mavjud. Eskirgan uskunalarni almashtirish, uchastkalar va butun boshli zavodlarni rekonstruksiyalash asosida foydali qazilmalarni sanoat usulida yanada to’liq oqilona qazib olish muhim vazifa bo’lib turibdi. Atrof-muhitni muhofaza qilish nuqtai nazaridan qaraganda, tog’-kon sanoatining chiqindilarini o’zlashtirishni yanada kengaytirish hamda buzilgan yerlarni qayta yaroqli holga keltirish muhin ahamiyatga ega bo’ladi. Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan holda jahon jamoatchiligi etiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratish lozim. Orol muammosi bugungi kunda chinakam keng ko’lamli, butun sayyoramizga dahldor muammo bo’lib qolganligini, uning ta’siri hozirning o’zidayoq biologik muvozanatni buzayotganligini, bepayon hududlarda aholining genofondiga halokatli ta’sir ko’rsatayotganligini nazarda tutish lozim. Atrof muhitni muhofaza qilish borasidagi yuqorida tilga olingan ta’sirchan chora tadbirlarni ro’yobga chiqarish yaqin vaqt ichidayoq oldingi tizimdan yosh respublikaga meros bo’lib qolgan ekologiya sohasidagi ko’pgina illatlar, kamchiliklar va holatlarni bartaraf etish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Shuningdek keng ko’lamdagi ekologik tanglik tahdidini barham toptirish respublika aholisi uchun, jismonan yosh avlodning dunyoga kelishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar hamda ekologiya jihatidan musaffo hayotiy muhit yaratish imkonini beradi. Download 29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling