Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti


Download 29 Kb.
bet2/2
Sana21.04.2023
Hajmi29 Kb.
#1369828
1   2
Bog'liq
Ekologik monitoring (Ekologiya)

Ekologiya sozining ma’nosi nima?

Bu atama nemis biologi Ernest Gekkel tomonidan 1866-69 yillarda fanga olib kirilgan. Ekologiya XX asrning boshlariga kelib fanning mustaqil sohasi sifatida shakllandi. “Ekologiya” so’zi grekcha “oy-ko’s” – “uy”, “turar joy” degan ma’nolarni anglatadi. Milliy amaliyotga “Ekologiya” tushunchasi juda sekinlik bilan kirib keldi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ingliz fiziologi I.Berdonsanderson, amerikalik olimlar S.Forbe va K.Shreter ekologiya to’g’risida yozdilar.


Ekologiya hususida AQSHda 1913-yilda Ch.Edamsning “Hayvonlar ekologiyasini o’rganishga oid qo’llanma”, ingliz zoologi Ch.Eltonning “Hayvonlar ekologiyasi”, sobiq sovet ekologiya maktab asoschilaridan zoolog olim D.N.Kashkarevning “Hayvonot ekologiyasi asoslari” kitoblari hozir ham o’z qimmatini yo’qotgani yo’q.
Oliy o’quv yurtlarida 1980-yildan boshlab “Ekologiya huquqi” fani o’tila boshladi. Bu fanning asosiy maqsadi boshqa fanlardan farq qilib, u yer, suv, havo, yer osti, o’rmonlar hamda o’simliklar va hayvonot dunyosini huquqiy muhofaza qilish, sodir etilayotgan huquq buzarlik, nojo’ya harakatlar, jinoyatlar uchun javobgarlik va boshqa masalalarni o’rganishdan iborat.


Orol bo’yidagi ekologik havf-hatar qaysi yili paydo bo’lgan edi?

1950-yili Orol havzasida 2.9 mln ga yer sug’orilardi. Hozirgi paytga kelib sug’oriladigan maydonlar ikki baravardan oshib, 7 mln gaga yetdi. Bu yerlar mamlakatda yetishtirilayotgan jami paxtaning 95% ni, sholining 41% iga yaqinini, meva, uzumning 1/3 qismini, sabzavot va poliz maxsulotlarining chorak qismini yetkazib bermoqda. Bir gektar yerdagi g’o’zani sug’orish ucun 10-11 ming kub metr suv ketar ekan. Darhaqiqat, 60-yillargacha Amudaryo va Sirdaryo Orol dengiziga har yili tahminan 50 kub km ga yaqin suv oqizib kelgan bo’lsa, 1961-1980-yillarda bu hajm o’rtacha 20 kub km gacha kamaydi. 80-yillarning boshlarida esa Sirdaryodan suv oqib kelishi umuman to’xtab qoldi, Amudaryodan suv nihoyatda kam oqadigan bo’ldi.




Orol bo’yidagi ekologik havf-hatar haqida matbuaotda dastlab qachon chiqish qilingan?

Datlabki hisoblarga qaraganda, Orolning sahroga aylangan tubidan har yili atmosferaga 70 mln tonnaga qadar tuz changi ko’tarilmoqda. Bu qum-to’zonlar Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarining dalalarigacha yetib borib, ularning sho’rlanishiga, suvlarning ifloslanishiga sabab bo’lmoqda. Orol muammosi haqida jurnalist N.Dadajonov 1958-yiliyoq “Konsomolskaya pravda” gazetasida “Orol o’layapti” degan maqolasini yozgan edi. Afsuski uzoq yillar bu muammoga panja orasidan qarab kelindi. Aytish mumkinki, Orolning asosiy dushmani buyrokratizm, xo’jasizlik, monokultura, almashlab ekish qoidalariga rioya qilmaslik, suv resurslaridan oqilona foydanilmaganlikdir.




Orolni asrash qo’mitasining faoliyati nimalardan iborat va bugungi kunda Orol fondining ahvoli qanday?

Mashhur faylasuf Seneka: “Kelajak avlodni o’ylamagan xalq dunyodagi eng baxtsiz xalqdir”, degan edi. Orol muammosi bir kishining emas balki ko’plarning yordamiga muhtoj masala. Orolni asrash qo’mitasi jamosi katta ishlarni amalga oshirmoqda. Matbuotda, radio, televideniyada chiqishlar qilmoqda. Ekologik muammolarni yorutuvchi eng yaxshi publisistik asarlar “Orol mukofati” ga tavsiya ediladi. Mukofat faqat Orol muammosi haqida yozilgan maqolalarga emas, balki O’rta Osiyo ekologiyasida vujudga kelgan muammolarni tahlil etuvchi maqolalarga ham beriladi. “Ekologiya-89” shiori ostida boshlangan keng ko’lamli tadbirning faol ishtirokchilaridan biri, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi huziridagi Orol va Orol atrofini qutqarish jamoatchilik qo’mitasi hisoblanadi.




Orol dengizi muammosi suv resurslaridan qay darajada foydalanishga bog’liq? Uning atrof-muhitiga ekologik ta’siri haqida nima deyish mumkin?

Malumki, daryolarga oqova va zovur suvlarining tushishi natijasida Amudaryo va Sirdaryo etagida suvning sho’rligi 2-3 % gacha yetib ichishga yaramay qolyapdi. Buning ustiga suvni ko’plab istemol qiladigan korxonalrning chiqindi suvlari ham ayrim hollarda daryolarga tushib suvni ifloslantirmoqda. Ekin maydonlariga solinadigan mineral o’g’itlar, zaxarli ximikatlarning bir qismi oqova suvlar bilan daryoga tushadi. Barcha sholi tadbirlari o’rtasida huquqiy ekologik ta’lim va tarbiyani kuchaytirish lozim.


Respublikamizda har gektar paxta maydoniga, pestisid va mineral o’g’itlarga 38.2 kg, yig’im-terim oldidan g’o’za bargini to’kadigan defoliantlardan 16.2 kg, jami 54.5 kg solinadi.oqibatda zaxarli himikatlar suv havzalarida to’planib barcha tirik jonzodni, suvda yashaydigan nodir hayvonlarni qiradi, bug’ ko’kka ko’tarilib olis manzillarga uchib boradi va butun jonli mavjudodni zaxarlaydi.
Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling