3-LABORATORIYA ISHI
TRANSFORMATOR CHULG‘AMLARINING ULANISH GURUHLARI,
SXEMALARI VA ASOSIY PARAMETRLARINI O`RGANISH
Ishdan maqsad: Transformator chulg„amlarining ulanish guruhlari va
sxemalarini aniqlash usullarini o„rganish.
Qisqacha nazariy ma’lumot. Transformatorlarning chulg„amlari, odatda,
yulduz Y, chiqarilgan neytralli yulduz Yo va uchburchak Δ ko„rinishidagi
sxemalar bo„yicha ulanadi. Birlamchi va ikkilamchi chulg„amlarning
EYUK lari
(
E
1
va
E
2
) orasidagi fazalar siljishini shartli ravishda ulanishlar guruhi
bilan
ifodalash qabul qilingan.
Uch fazali transformatorlarning chulg„amlarini turlicha ulash yo„li bilan
ulanishlarning o„n ikkita turli guruhini olish mumkin, bunda chulg„amlarni yulduz-
yulduz sxemasida ulashda istalgan 2, 4, 6, 8, 10, 0 juft guruhni, yulduz-uchburchak
yoki uchburchak-yulduz sxemasida ulashda istalgan 1, 3, 5, 7, 9, 11 tok guruhni
hosil qilinadi.
Chulg„amning ulanish sxemasi belgisining o„ng
tomoniga uning ulanish
guruhi yoziladi.
Chulg„amlarning nol nuqtasini chiqarib, yulduz sxemasida ulash chulg„am
neytrali erga tutashtirilishi zarur bo„lgan holda qo„llaniladi. YUK chulg„ami 330
kV
va
undan
yuqori
kuchlanishli
transformatorlar
va
hamma
avtotransformatorlarda YUK chulg„amlari neytralini
erga samarali tutashtirnsh
shart. 110, 150 va 220 kV li tizimlar ham neytrali erga samarali tutashtirilgan holda
ishlaydi, biroq bir fazali qisqa tutashuv tokini kamaytirish uchun transformatorlar
neytralining bir qismi erga ulanmaydi. Chunki, chiqarilgan nol simlar izolyasiyasi,
odatda, to„la kuchlanishga hisoblanmaydi, shuning uchun neytrali erga ulanmagan
ish rejimida hosil bo„lishi ehtimoli bor o„takuchlanishlarni
transformatorning nol
nuqtasiga ventilli razryadniklarni biriktirish yo„li bilan kamaytirish mumkin.
Shuningdek, to„rt simli 380/220 va 220/127 V tarmoqlarni ta‟minlovchi
transformatorlarning ikkilamchi chulg„amidagi neytral ham erga tutashtiriladi. 10-
35 kV li kuchlanishdagi chulg„amlar neytrali erga ulanmaydi yoki sig„im toklarini
kompensatsiya kilish uchun yoy so„ndiruvchi g„altak orqali erga ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: