shaxs,
rezident,norezident daromad,xarajat
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i soliq tizimining
muhim tarkibiy qismi hisobladi. “Jismoniy shaxslar daromadidan soliq
olish stavkasi ham tubdan qayta ko‘rib chiqildi va kamaytirildi.
Natijada so‘nggi etti yilda iqtisodietda umumiy soliq yuki 40 foizdan
27 foizga pasaytirildi. Shunga muvofiq korxonalarning moliyaviy
resurslari ham tegishli ravishda oshdi” (Karimov I.A. Inson manfaatlari
ustuvorligini taminlash – barcha islohot va o‘zgarishlarning bosh
maqsadidir. //Xalq so‘zi. 2008 yil 9 fevral)
Respublikamizda izchil olib borilaetgan soliq siyosatida jismoniy
shaxslardan olinadigan soliq stavkalarini pasaytirishga alohida etibor
qaratilmoqda. Jumladan, daromad solig‘ining eng yuqori stavkasi 2000
yilda 40 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2007 yilda bu ko‘rsatkich 25 foizni
tashkil etdi eki ushbu davrda soliq stavkasi 15 foizga kamaygan.
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘ining stavkalari pasaytirilishi
bilan birgalikda ularning soliqqa tortish bazasi ham kengaytirildi.
Masalan, 2002 yilda eng kam ish haqining 4 barobargacha miqdoridan
13 foizda soliq undirilgan bo‘lsa, 2007 yilda eng kam ish haqining 5
barobari, 2008 yilda eng kam ish haqining 6 barobari 13 foizda soliqqa
tortilishi belgilandi. Daromad solig‘ining o‘rtacha stavkalari ham tahlil
qilinaetgan davrda 5 foizga kamaytirildi.
2002 yilda daromadning eng kam ish haqining 8 barobaridan yuqori
qismi 33 foizli stavkada soliqqa tortilgan bo‘lsa, 2007 yilda soliqqa
tortiladigan baza eng kam ish haqining 10 barobarigacha kengaytirildi
va soliq stavkasi 25 foizgacha tushirildi. Bu jismoniy shaxslardagi soliq
yukini sezilarli darajada kamayishiga olib keldi
31
Do'stlaringiz bilan baham: |