Abu Rayhon Beruniyniy hayoti va ijodi


Bodom - Prunus amygdalus Batsch


Download 19.9 Kb.
bet3/4
Sana03.10.2023
Hajmi19.9 Kb.
#1691176
1   2   3   4
Bog'liq
Abu Rayhon Beruniyniy hayoti va ijodi

Bodom - Prunus amygdalus Batsch.Bodom Rosaceae oilasiga mansub 6-10 m balandlikdagi daraxt. Novdalari silliq qizil-jigarrang po`stlog`i bilan, eski shoxlarning po`stlog`i kulrang-qo`ng`irrang, deyarli qora rangga ega. Shirin bodom urug`i emulsiyasi va achchiq bodom urug`idan olingan achchiq bodom suvi oshqozon va ichakdagi og`riqlarga ishlatiladi. Bodom yog`i tashqi tomondan terini yumshatish uchun, ichga ichilganda yumshoq ich suruvchi sifatida ishlatiladi. Urug`ning kunjarasi (bodom kepagi) kosmetikada yuzning terisini yumshatish va tozalash vositasi sifatida ishlatiladi. Farmatsevtika amaliyotida bodom yog`i suyuq moylar uchun asos va emulgator sifatida ishlatiladi. Shirin bodomning mevalari xalq tabobatida gastrit, oshqozon va o`n ikki barmoqli ichak yaralarini davolashda keng qo`llaniladi. Bodom yong`og`ining qobig`idan gaz yutuvchi ko`mir tayyorlanadi. Achchiq bodom urug`lari zaharli hisoblanadi. Uning zaharli ta`siri tarkibidagi amigdalin glikozidiga bog`liq. Zaharlangan insonda ko`p so`lak oqishi, ko`ngil aynishi, qusish, bosh og`rig`i, nafas qisilishi, pulsning sekinlashishi, qorachiqning kengayishi, umumiy holsizlik, tortishish, og`ir holatlarda – o`lim bilan yakunlanadigan nafas to`xtashi kuzatiladi.
Ermon - Artemisia absinthium L. Ermon Asteraceae oilasiga mansub, balandligi 60-100 sm bo`lgan ko`p yillik o`simlik. Ermondan tayyorlangan preparatlarning tahir mazasi ishtahani ochish va ovqat hazm qilish tizimining faoliyatini yaxshilashda qo`llaniladi. Oshqozon osti bezi va o`t yo`llarining surunkali kasalliklariga chalingan bemorlar o`t haydovchi choydan ichganda og`riq, dispeptik alomatlar kamayadi yoki butunlay yo`qoladi, ishtaha yaxshilanadi va najas normallashadi. Oshqozon ichak trakti kasalliklarida o`t haydovchi vosita sifatida achchiq ermon va dorivor o`simliklarni birgalikda qo`llash ularning davolash samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Ermonni uzoq vaqt davomida qabul qilish yengil zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin, og`ir holatlarda zaharlanish umumiy toksik holatlar, ya`ni gallyusinatsiyalar va tirishishlar bilan birga kechishi mumkin.

Download 19.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling