Abu Rayhon Beruniyniy hayoti va ijodi


Sachratqi - Cichorium intybus L


Download 19.9 Kb.
bet4/4
Sana03.10.2023
Hajmi19.9 Kb.
#1691176
1   2   3   4
Bog'liq
Abu Rayhon Beruniyniy hayoti va ijodi

Sachratqi - Cichorium intybus L. O‘simlik tavsifi. Sachratqi – Asteraceae oilasiga kiruvchi urchuqsimon va yo`g`on ildizli ko`p yillik o`simlik. Sachratqi ildizida 60% gacha inulin, 10-20% fruktoza, intibin glikozidi (farmatsevtika sanoatida qo`llaniladi), shuningdek, karotin, B (B1, B2, B3) vitaminlar guruhlari, C vitamini, makro va mikroelementlar (Na, K, Ca, Mg, P, Fe va boshqalar), organik kislatalar, taninlar, pektin, oqsil moddalari, smolalar mavjud. Sachratqi ildizi tarkibida qimmatli modda inulin mavjud bo`lib, metabolizmni yaxshilaydi va ovqat hazm qilish tizimining faoliyatini normallashtiradi. Qon tomir kasalliklari, shuningdek, vena qon tomirlari varikozi yoki gemoroy kasalliklari bilan og`rigan bemorlar kundalik ratsionida sachratqi mahsulotlarini iste‟mol qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishi kerak.
Kitob As-Saydana fit tib” asari yordamida yangi dori moddalarini kashf qilinishi.

Davolash va xastalikning oldini olish xususiyatlariga ega bo’lgan moddalar dori moddalari deb ataladi. Dori moddalarini olish yo’llari, manbalari ko’p, ular yovvoyi va ekib etishtiriladigan o’simliklardan (yurak glikozidlari, narkotik analgetiklar), xayvonlarning a’zo va to’qimalaridan (gormonal moddalar, fermentlar), mikroorganizmlardan (antibiotiklar), minerallardan ( temir, kobalt, alyuminiy, ko’mir moddalari) xamda kimyoviy sintez yo’li bilan (sulfanilamidlar) olinadi. Dori moddalarini ayniqsa maqsadga muvofiq yo’naltirish yo’li bilan sintezlab olish katta axamiyatga ega. Bunda kimyogarlar va farmakologlar xamkorlikda davolash xususiyatiga ega bo’ladigan moddalarni sintezlashni oldindan rejalashtirib oladilar. Organizmning o’zida xosil bo’ladigan moddalar, masalan, bir qator gormonlar, adrenalin, noradrenalin, prostaglandinlar laboratoriyalarda xam sintez qilinadi. Sintez yo’li bilan tabiiy metabolitlarning qarama-qarshilari, ya’ni antimetabolitlar olinadi. Sintez yo’li bilan biologik faolligi aniq moddalar, masalan, barbiturat kislotani unumlari, sulfanilamidlarga kimyoviy o’zgarishlar kiritiladi. Bundan maqsad ta’siri sezilarli, kam zaxarli yangi moddalarni kashf qilishdir. Organizmdagi tabiiy metabolitlarning (tabiiy mediator atsetilxolinni ingibitorlari, monoaminoksidaza fermentini ingibitorlari) kimyoviy o’zgarishlarini o’rganish yo’li bilan xam yangi moddalar kashf qilinadi. O’simliklardan, xayvonot olamidan, mikroorganizmlardan olingan moddalar asosida xam sintez yo’li bilan yangi yarim sintetik moddalar yaratiladi. Dori moddalari tasodifiy, kutilmagan xolatda xam kashf qilinishi mumkin. Masalan, xininning aritmiyaga qarshi ta’siri tasodifan bezgak bilan og’rigan bemorni (unda aritmiya xam bo’lgan) davolashda aniqlangan. Empirik yo’l bilan yangi dori moddalarni kashf qilishda “skrining” (inglizcha elakdan o’tkazish) axamiyatga ega. Bunda olingan kimyoviy moddalarning hammasi har xil usullar bilan biologik faolligi aniqlanadi, elakdan o’tkaziladi va ulardan eng faoli tanlab olinadi. 


Xulosa.
Abu Rayhon Beruniy qadimdan o`simliklarning tariflab uni davo bo`ladigan kasalliklarni tavsiflab bergan va hozirgi tibbiyotga muhim hissa qo`shgan allomalarimizdan biri.
Uning Saydana asari 30 tillarga tarjima qilingan bo`lib asosan o`simliklarni va hayvonlarni tavsiflashda terminologiyadan foydalanilgan va hozirgi kundagi terminlarga moslashtirilgan.
Beruniyning “Kitob as-saydana fit tib” asari hozirgi kunda “ Farmakognoziya” asariga asos solishiga va tibbiyot talabalarida hozirgi kunda ta`lim olishlarida muhim manba sifatida qo`llanilib kelinmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. M.A.Jo`raeva.Dorivor o`simliklar atlasi(o`quv qo`llanma).Toshkent Noshir nashriyoti 2019 .49 bet.

  2. O.K. XOJIMATOV, X.Q. HAYDAROV, D.T. XAMRAEVA, D.A. IMOMOVA, A.N. XUJANOVO‘zbekiston dorivor o‘simliklar atlasi. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2021. 22-33 bet.

Download 19.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling