Abu zakariyo yahyo ibn sharaf navaviy riyozus-solihiyn


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/53
Sana30.08.2017
Hajmi5.07 Kb.
#14625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53

www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
boshqalar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan. 
83/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kimki uyidan 
chiqayotganida, «Bismillahi tavakkaltu ‘alallohi vala havla vala quvvata illa billah» (ya’ni: 
«Alloh nomi bilan, Allohga tavakkal qildim. Allohdan o‘zgada o‘zgartirish ham, quvvat 
ham yo‘qdir»), desa, «Hidoyat qilinding, kifoya qilinding va himoya etilding», deyiladi va 
shayton undan uzoq bo‘ladi», dedilar. Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va boshqalar 
rivoyati. 
84/11. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida aka-uka bor 
edi. Biri Rasululloh (s.a.v.) (xizmatlariga) kelib turardi. Ikkinchisi kasb-hunar qilar edi. 
Hunarmand Rasululloh (s.a.v.) xizmatlarida bo‘lgan ukasidan shikoyat qilganida 
Rasululloh (s.a.v.)  «Balki uning sababidan senga rizq berilayotgandir», dedilar. Imom 
Termiziy rivoyatlari. 
 
8-BOB  
Sobitqadamlik (istiqomat) bayoni 
 
Alloh taolo: 
«O’zingizga buyurilgani kabi to‘g‘ri yo‘lda bo‘ling» (Hud surasi, 112-oyat); 
«Albatta Parvardigorimiz Allohdir, deb, so‘ngra (yolg‘iz Allohga toat-ibodat 
qilishda)  to‘g‘ri ustuvor bo‘lgan zotlarning oldilariga (o‘lim paytida) farishtalar 
tushib (derlar): «Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga va’da qilingan 
jannat xushxabari bilan shodlaninglar. Bizlar hayoti dunyoda ham, oxiratda 
ham sizlarning do‘stlaringizdirmiz. Sizlar uchun (jannatda)  ko‘ngillaringiz 
tilagan narsalaringiz bordir va sizlar uchun u joyda istagan narsalaringiz 
bordir. (Bu) mag‘firatli va mehribon zot tomonidan bo‘lgan ziyofatdir» (Fussilat 
surasi, 30-32-oyatlar). 
«Albatta Parvardigorimiz Allohdir, degan, so‘ngra (to‘g‘ri yo‘lda) ustuvor 
bo‘lgan zotlar uchun xavfu xatar yo‘qdir va ular g‘amgin bo‘lmaslar. Ana 
o‘shalar jannat egalari bo‘lib, u joyda mangu qolurlar», (Ahqof surasi, 13-14-
oyatlar) deb aytgan. 
85/1. Abu Amr Sufyon ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ey Allohning rasuli
menga Islomdagi bir so‘zni aytingki, men bu haqda sizdan boshqa biror kishidan 
so‘ramayin», desam, u zot: «Imon keltirdim, deb ayt, so‘ngra istiqomatda bo‘l (ya’ni, 
Allohga itoat qilib, Unga muxolif bo‘lishdan o‘zingni tiygin)», dedilar». Imom Muslim 
rivoyatlari. 
86/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Mo‘‘tadil bo‘linglar 
(g‘uluvga ham ketmanglar, kamchilikka ham yo‘l qo‘ymanglar), to‘g‘ri yo‘lni qasd 
qilinglar. Bilinglarki, sizlardan birortangiz amali bilan ham najot topa olmaydi», 
deganlarida, «Siz hammi, ey Allohning rasuli?» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): 
«Hattoki men ham. Faqatgina Alloh rahmati va fazliga olganlargina najot topishadi», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
9-BOB 
Allohning ulug‘ maxluqotlari, dunyoning foniy bo‘lishi, 
oxiratning holatlari va bulardan boshqa 
narsalarda tafakkur qilish bayoni 
 
Alloh taolo: 
«Men sizlarga faqat birgina narsani - Alloh uchun juft-juft, yolg‘iz-yolg‘iz 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
holingizda turib, so‘ngra tafakkur qilishingizni tavsiya qilurman» (Saba’ surasi, 
46-oyat); 
«Osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib 
turishida aql egalari uchun (bir yaratguvchi va boshqarib turguvchi Zot mavjud 
ekanligiga)  oyat-alomatlar borligi shubhasizdir. Ular turganda ham, o‘tirganda 
ham, yotganda ham Allohni eslaydilar hamda osmonlar va yerning yaralishi 
haqida tafakkur qilib (deydilar): «Parvardigoro, bu (borliq)ni behuda yaratganing 
yo‘q! Sen (behuda biron ish qilish aybidan) poksan!»  (Oli Imron surasi, 190-191-
oyatlar). 
«Axir ular tuyaning qanday yaratilganiga, osmonning qanday ko‘tarib 
qo‘yilganiga, tog‘larning qanday tiklanganiga va yerning qanday yoyib-tekislab 
qo‘yilganicha (ibrat nazari bilan) boqmaydilarmi?! Bas, (ey Muhammad), siz pand-
nasihat qiling! Zotan siz faqat bir pand-nasihat qilguvchidirsiz, xolos» (o‘oshiya 
surasi, 17-21-oyatlar). 
«Axir (odamlar) yer yuzida sayru sayohat etishib, o‘zlaridan avvalgi (imonsiz) 
kimsalarning oqibatlari qanday bo‘lganini ko‘rsalar bo‘lmaydimi?!» (Yusuf 
surasi, 109-oyat) deb aytgan. 
Bu haqda hadislar ham ko‘p bo‘lib, Abu Ya’lo Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat 
qilingan 66-raqamli hadis bunga dalildir. 
 
10-BOB 
Yaxshi amallarga shoshish va yaxshi amallarga yuzlanuvchi 
kishini taraddudga tushmasdan unga tezlash bayoni 
 
Alloh taolo: 
«Bas, yaxshi ishlarga shoshilingiz» (Baqara surasi, 148-oyat); «Va 
Parvardigoringiz tomonidan bo‘lg‘usi mag‘firatga hamda taqvodorlar uchun 
tayyorlab qo‘yilgan eni osmonlar va 
er barobarida bo‘lgan jannatga shoshilingiz», (Oli Imron surasi, 133-oyat) deb 
aytgan. 
87/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Solih (yaxshi) 
amallarga shoshinglar. Tez kunlarda qorong‘u kechaning parchalari kabi fitnalar paydo 
bo‘lurki, kishi mo‘min holatida tong ottirib, kofir holatida kechlatadi. Va mo‘min holatida 
kechlatib, kofir holatida tong ottiradi. Va dinini dunyoning ozgina matosiga sotib 
yuboradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
88/2. Abu Sirva’a Uqba ibn Horisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Madinada Rasululloh 
(s.a.v.) orqalarida asr namozini o‘qidim. U zot salom berdilar-da, odamlar yelkasini 
oralab, zavjalari xonasiga tezlik bilan turib ketdilar. Odamlar u zotning shoshilganlaridan 
xavfga tushishdi. Rasululloh (s.a.v.) (hujrai saodatdan) chiqib, odamlarning taajjubga 
tushganlarini ko‘rib: «Huzurimizda bir miqdor oltin borligi esimga tushib qoldi, u menda 
to‘xtab xalaqit berishini karih ko‘rib, uni taqsimlab yuborishga amr qilib chiqdim», 
dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari. 
89/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Uhud kuni Rasululloh (s.a.v.)ga: «Agar 
o‘ldirilsam, mening (joyim) qaerda bo‘ladi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.)  «Jannatda», 
dedilar. U kishi qo‘lidagi bir nechta xurmolarni otib jangga kirishib ketdi, hattoki, u 
o‘ldirildi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
90/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga 
kelib: «Ey Allohning rasuli, qaysi sadaqaning ajri ulug‘roq?» deganida, u zot: «O’zing 
sog‘, hirsli, qizg‘anchiq, kambag‘allikdan qo‘rqib, boylikni orzu qilib turgan paytingdagi 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
sadaqang eng ulug‘ ajrlidir. Joning halqumingga yetib borguncha (sadaqa qilishni) 
kechiktirmagin. Sen (joning xalqumingga borganida) falonchiga unchasi, pistonchiga 
bunchasi, deb aytasan. Haqiqatda falonchiga bunchasi bo‘ladi (ya’ni, o‘zingga hech 
qanaqa savob bo‘lmaydi)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
91/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Uhud kuni bir qilichni ushlab: 
«Buni mendan kim oladi?» deganlarida, sahobalar qo‘llarini cho‘zib, har birlari «men», 
«men», deyishdi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim buni haqqi bilan oladi?» deganlarida, qavm 
to‘xtadi. Abu Dujona (r.a.):  «Men uni haqqi bilan olaman», deb u qilich bilan 
mushriklarning boshlarini yora boshladilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
92/6. Zubayr ibn Adiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Biz Anas ibn Molikning (r.a.) 
huzurlariga borib Hajjoj zolimdan yetayotgan ozorlar haqida shikoyat qildik. Shunda u 
zot: «Sabr qilinglar! Chunki biror zamon kelsa, uning so‘nggidan undan-da yomonrog‘i 
kelur. Bu narsa to Rabbilaringizga yo‘liqquningizcha davom etur. Men buni nabiylaringiz 
(Muhammad) sollalohu alayhi vasallamdan eshitganman», dedilar». Imom Buxoriy 
rivoyatlari. 
93/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Yetti narsa 
(kelishidan oldin) yaxshi amallarni qilib qolishga shoshilinglar. Bunda sizlar quyidagi 
narsalarni kutasizlar, xolos: 1) Kambag‘allik - bu hamma narsani unuttirib yuboradi. 2) 
Boylik - tug‘yonga ketishga sababchidir. 3) Bemorlik - barcha narsani fasod qiladi. 4) 
Qarilik - hamma narsani xotirdan chiqarib yuboradi. 5) O’lim - tamom qilib tezlatuvchi. 
6) Dajjol -kutilayotgan g‘oib narsalarning eng yomoni. 7) Qiyomat falokatlarning eng 
og‘iri va achchig‘idir», dedilar. (Inson mana shu yetti narsa kelmasidan oldin vaqtni 
g‘animat bilib, oxirat uchun tayyorgarligini qilib qo‘ymog‘i lozim... - tarj.) Imom Termiziy 
rivoyatlari. 
94/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Xaybar kuni: «Bu 
bayroqni bir kishiga beramanki, uni Alloh va rasuli yaxshi ko‘radi hamda uning qo‘lida 
Alloh fath qiladi», dedilar. Umar <^>: «Amirlikni sevmas edim. Faqat o‘sha kuni orzu 
qildim. Va meni chaqirishlarini umid qilib, baland-baland bo‘lib ko‘tarilib turdim», 
dedilar. Rasululloh (s.a.v.) Ali ibn Abu Tolibni chaqirib, bayroqni unga berdilar. Va: 
«Alloh senga fath qilgunicha u yoq-bu yoqqa qaramasdan olg‘a yur», dedilar. Ali (r.a.) 
biroz yurib to‘xtadilar-da, u yoq-bu yoqqa qaramasdan: «Ey Allohning rasuli! Nima 
niyatda odamlar bilan jang qilay?» deb baqirdilar. Rasululloh (s.a.v.) «Allohdan boshqa 
iloh yo‘q, Muhammad Uning rasuli, deb guvohlik berishgunicha jang qilaver. Qachon 
shunday qilishsa, sendan o‘z qonlari va mollarini saqlab qolishadi. Faqatgina shariat 
haqqi bilan javobgarlikka tortiladi (ya’ni, shariat man qilgan jinoyat sodir qilsa, jazoga 
tortiladi). Ularning hisobi esa Allohning O’zigadir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
11-BOB  
Yaxshi amallarga jiddu-jahd qilish bayoni 
 
Alloh taolo: 
«Bizning  (yo‘limizda)  jihod qilgan - kurashgan zotlarni albatta O’z 
yo‘llarimizga hidoyat qilurmiz. Aniqki, Alloh chiroyli amal qilguvchi zotlar bilan 
birgadir» (Ankabut surasi, 69-oyat); 
«Toinki sizga aniq narsa (ya’ni, o‘lim soati) kelgunicha Parvardigoringizga 
ibodat qiling!» (Hijr surasi, 99-oyat). 
«Parvardigoringizning nomini (mudom)  yod eting va Unga butunlay berilib
(chin ixlos bilan bandalik qiling)» (Muzzammil surasi, 8-oyat). 
«Bas, kim (hayoti-dunyodalik paytida) zarra misqolichalik yaxshilik qilsa, 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
(Qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur» (Zalzala surasi, 7-oyat). 
«O’zlaringiz uchun taqdim qiladigan har bir yaxshilikni (Qiyomat kuni) 
Allohning huzurida yanada yaxshiroq va ulug‘roq ajr-mukofot holida 
topursizlar» (Muzzammil surasi, 20-oyat). 
«Qanday yaxshilik qilsangiz, bas, albatta Alloh uni bilguvchidir». (Baqara 
surasi, 273-oyat) deb aytgan. 
95/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taolo: 
«Kimki Mening do‘stlarimga dushmanlik qilsa, Men unga urush e’lon qilaman. Bandam 
farzlarimga amal qilganchalik boshqa biror narsada Menga yaqin bo‘la olmaydi. Bandam 
Menga nafllar bilan yaqin bo‘lishda bardavom bo‘ladi, hatto Men uni yaxshi ko‘rib 
qolaman. Agar yaxshi ko‘rib qolsam, eshitadigan qulog‘i, ko‘radigan ko‘zi, ushlaydigan 
qo‘li, yuradigan oyog‘i bo‘laman. Agar Mendan so‘rasa, uni beraman. Agar Mendan 
panoh so‘rasa, panohimga olaman», dedi». Imom Buxoriy rivoyatlari. 
96/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Rabbilari azza va jalladan 
quyidagilarni rivoyat qildilar: «Agar banda Menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir 
gaz yaqinlashaman. Agar Menga bir gaz yaqinlashsa, Men unga bir quloch 
yaqinlashaman. Agar Menga yurib kelsa, Men unga tez yugurib boraman (ya’ni, bandam 
har turli ibodat va yaxshiliklar bilan Menga yaqin bo‘lsa, Men undan ziyoda inoyat va 
karamlarim bilan mehribonlik qilaman - tarj...)». Imom Buxoriy rivoyatlari. 
97/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Ikki ne’mat borki, u 
haqda kishilarning ko‘pchiligi ziyon topib, bebahra 
qolishadi. Sihhat-salomatlik va bo‘sh vaqt», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
98/4. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) kechalari (namozda) 
turganlaridan oyoqlari shishib ketardi. «Ey Allohning rasuli! Alloh sizning oldingi-yu 
keyingi gunohlaringizni kechirgan bo‘lsa, nima uchun bunday qilyapsiz?» desam, u zot: 
«Shukr etuvchi banda bo‘lmayinmi?» dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
99/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) agar (Ramazon oyining 
oxirgi) o‘n kuni kirsa, butun kechani ibodat bilan o‘tkazib, bunga ahli ayollarini ham 
uyg‘otardilar. O’zlari ko‘p g‘ayrat qilib, ibodat uchun belbog‘larini mahkam bog‘lardilar». 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
100/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kuchli mo‘min Alloh 
taologa kuchsiz mo‘mindan mahbubroqdir. Har birlarida yaxshilik bordir. Senga foydasi 
bor narsaga haris bo‘l. Allohdan yordam so‘ra. Ojiz bo‘lmagin. Agar senga biror musibat 
yetsa, unday qilganimda, bunday bo‘lardi, demagin. Lekin Allohning taqdiri, nimani 
xohlasa, o‘shani qiladi, degin. Chunki «agar» so‘zi shayton amali uchun yo‘l ochadi», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
101/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Do‘zax (nafs 
xohlaydigan) shahvatlar bilan o‘rab qo‘yilgandir. Jannat (nafs xohlamaydigan) 
karohiyatli narsalar bilan o‘rab qo‘yilgandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
102/8. Abu Abdulloh Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Kechalarning 
birida Rasululloh (s.a.v.) bilan birga namoz o‘qidim. U zot Baqara surasini o‘qiy 
boshladilar. Men yuzinchi oyatda ruku’ qilsalar kerak, desam, u zot davom ettirdilar. 
Baqara surasini bir rakatga o‘qisalar kerak, desam, u zot yana davom ettirdilar. Endi 
ruku’ qilsalar kerak, desam, u zot Niso surasini o‘qiy boshladilar. So‘ngra Oli-Imron 
surasini o‘qiy boshladilar. O’qiganlarida oxista, harflarini aniq qilib tilovat qilardilar. Agar 
tasbeh oyati o‘tsa, tasbeh aytardilar. Agar so‘rash oyati kelsa, so‘rardilar. Agar panoh 
tilash oyati kelsa, panoh tilardilar. So‘ngra ruku’ qilib, unda «Subhona robbiyal aziym», 
deb aytdilar. Ruku’lari tik turishlariga yaqin bo‘ldi. So‘ngra «Sami’allohu liman hamidah, 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
robbana lakal hamd», deb uzun tik turdilar. U tik turishlari ruku’lariga yaqin bo‘ldi. 
So‘ngra sajda qilib «Subhana robbiyal a’lo», deb sajda qildilar. Sajdalari ham tik 
turganlariga yaqin bo‘ldi». Imom Muslim rivoyatlari. 
103/9. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kecha Rasululloh (s.a.v.) bilan birga 
namoz o‘qidim. U zot qiyomni uzun qilganlaridan yomon bir ishni qasd qildim (lekin uni 
qilmadim)». «Qasd qilgan o‘sha narsa nima?» deb so‘ralganida, Ibn Mas’ud (r.a.): 
«O’zim o‘tirishni qasd qilib, u zotni tik qoldirish edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
104/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «O’lgan odamga uch 
narsasi - ahli, moli va amali ergashadi. Ikkitasi - ahli va moli qaytib kelib, amali (u bilan 
birga) qoladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
105/11. Ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Jannat sizlardan 
biringizning poyabzalining ipidan ham yaqindir. Do‘zax ham shu kabidir», dedilar. Imom 
Buxoriy rivoyatlari. 
106/12. Abu Firos Rabiy’a ibn Ka’b al-Aslamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Bu zot 
Rasululloh (s.a.v.)ning xodimlari hamda ahli suffalardan edilar.) «Men Rasululloh (s.a.v.) 
bilan birga tunni o‘tkazib, u zotning tahorat va boshqa ehtiyojlariga suv tutardim. Bir 
kuni u zot: «Mendan nima so‘raysan?» dedilar. Men: «Siz bilan jannatda hamroh 
bo‘lsam», dedim. «Balki bundan boshqa narsa ham so‘rarsan?» dedilar. Men: 
«O’shaning o‘zini so‘rayman», dedim. Rasululloh (s.a.v.)  «Unday bo‘lsa, sajdani 
ko‘paytirish bilan o‘zingga meni yordamchi qil», dedilar (ya’ni, sendan namoz, mendan 
duo bo‘lib tursa, inshaalloh, maqsadingga yetishasan)». Imom Muslim rivoyatlari. 
107/13. Savbondan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «O’zingga ko‘p sajda qilishni 
lozim tut. Chunki Allohga biror sajda qilsang, U Zot o‘sha sajda sababli darajangni 
ko‘tarib, xatolaringni o‘chiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
108/14. Abu Safvon Abdulloh ibn Busr al-Aslamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
(s.a.v.) «Kishilarning yaxshisi umri uzun bo‘lib, amali chiroyli bo‘lganidir», dedilar. Imom 
Termiziy rivoyatlari. 
109/15. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Amakim Anas ibn Nazr (r.a.) Badr urushida 
yo‘q edilar. Bu zot (kelib): «Ey Allohning rasuli, mushriklar bilan urushilgan avvalgi 
jangda yo‘q edim. Agar Alloh mushriklar bilan bo‘ladigan urushda ishtirok etishimni 
nasib qilsa, nima qilishimni Alloh kishilarga ko‘rsatur», dedilar. Qachonki, Uhud kuni 
bo‘lib musulmonlar orqaga chekinishganida, bu zot: «Allohim, mana bular, ya’ni 
sahobalar qilayotgan narsada kechirim so‘rayman. Mana bular, ya’ni mushriklar 
qilayotgan narsada esa o‘zimni oqlayman», dedilar. Keyin oldinga yurib, yo‘lda Sa’d ibn 
Muozga yo‘liqdilar. «Ey Sa’d ibn Muoz, Ka’baning Rabbisiga qasamki, men Uhud 
tomondan jannat hidini topyapman», dedilar. Sa’d ibn Muoz: «Ey Allohning rasuli, u 
qilgan narsani men qilishga qodir emas edim», dedilar. Ushbu hadis roviysi Anas (r.a.) 
aytdilar: «Biz uning (badanida) sakson nechta ham qilich urilgan yo nayza sanchilgan 
yoki kamon o‘qi otilgan va o‘lik hamda badani majruh etilgan holatda topdik. Uni hech 
kim taniy olmadi. Faqatgina singlisi barmog‘idan tanib oldi. Bizning fikrimiz yoki 
gumonimizga quyidagi oyat Anas ibn Nazr va u kishi kabilar haqida nozil bo‘lgan: 
«Mo‘minlar orasida o‘zlari Allohga bergan (U zotning yo‘lida jihod qilib, shahid 
bo‘lish haqidagi) ahdu paymonlariga sodiq bo‘lgan kishilar bordir. Bas, ulardan 
(ayrim) kishilar o‘z ahdiga vafo qildi (ya’ni, shahid bo‘ldi). Ulardan ayrim kishilar 
esa  (shahid bo‘lishga) intizordir. Ular (munofiqlarga o‘xshab Allohga bergan ahdu 
paymonlarini)  o‘zgartirganlari yo‘q» (Ahzob surasi, 23-oyat)». Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
110/16. Abu Mas’ud Uqba ibn Amr Ansoriy al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
«Sadaqa oyati nozil bo‘lganida, biz orqamizda yuk tashib (undan tushgan pulni sadaqa 
qilar edik). Bir kishi kelib ko‘p narsa sadaqa qildi. Kishilar uni riyokor, deyishdi. Boshqa 
bir kishi kelib bir so’ narsa sadaqa qildi. Kishilar: «Alloh bu bir so’ narsadan behojatdir!» 
deb aytdilar. Shunda quyidagi oyat nozil bo‘ldi: «Mo‘minlar orasidan o‘z xohishi 
bilan sadaqotlar qiluvchi kishilarni va (infoq-ehson qilish uchun) kuchlari yetgan 
narsani topib kelgan kishilarni ayblab, masxara qiladigan kimsalarni Alloh 
masxara qilur va ular uchun alamli azob bordir» (Tavba surasi, 79-oyat)». Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
111/17. Said ibn Abdulaziz Rabiy’a ibn Yaziddan, u Abu Idris Xuvloniydan, u Abu Zarr 
Jundub ibn Junodadan 4&, u Rasululloh (s.a.v.)dan, Rasululloh (s.a.v.) Alloh taboraka va 
taolodan quyidagilarni rivoyat qildilar: «Alloh taolo: «Ey bandalarim, O’zimga zulmni 
harom qildim va uni oralaringizda ham harom qildim. Bas, bir-birlaringizga zulm 
qilmanglar. Ey bandalarim, barchangiz zalolatdasiz. Faqatgina Men hidoyat qilganlargina 
to‘g‘ri yo‘ldadir. Shunday ekan, hidoyatni Mendan talab qilinglar. O’zim sizlarni hidoyat 
qilaman. Ey bandalarim, barchangiz ochdirsiz. Faqatgina Men taomlantirganlargina 
bunday emas. Bas, shunday ekan, Mendan taom talab qilinglar, sizlarni (O’zim) 
taomlantiraman. Ey bandalarim, barchangiz yalang‘ochdirsiz. Faqatgina Men 
kiyintirganlargina bunday emas. Kiyinishni Mendan talab qilinglar, Men sizlarni (O’zim) 
kiyintiraman. Ey bandalarim, sizlar kecha-yu kunduz xato qilasizlar. Men esa 
gunohlaringizning barchasini kechiraman. Bas, shunday ekan, Mendan istig‘for talab 
qilinglar, sizlarning gunohingizni (O’zim) kechiraman. Ey bandalarim, Menga zarar 
bermoqchi bo‘lsangiz, hargiz zarar bera olmaysiz. Va Menga foyda bermoqchi bo‘lsangiz 
ham, hargiz foyda bera olmaysiz. Ey bandalarim, agar avvallaringiz va oxirlaringiz, ins 
va jinlaringiz taqvoli qalb kishisi bo‘lishsa, mulkimda biror narsa ziyoda bo‘lib qolmaydi. 
Ey bandalarim, agar avvallaringiz va oxirlaringiz, ins va jinlaringiz fojir qalb kishisi 
bo‘lishsa, mulkimdan biror narsa kamayib qolmaydi. Ey bandalarim, agar avvallaringiz 
va oxirlaringiz, ins va jinlaringiz bir tepalikda turib Mendan so‘rashsa, Men har bir kishi 
so‘ragan narsasini bersam ham, huzurimdagi biror narsa kamaymaydi. Faqatgina 
dengizga ignani bir marta tiqib olgandagi kamayganchalik ozayadi, xolos. Ey 
bandalarim, u sizlarning amalingizdir. Men amallaringizni hisoblab saqlab qo‘yaman. 
Keyin uni mukammal qilib topshiraman. Kimki uning yaxshisini topsa, Allohga hamd 
aytsin. Kimki bundan boshqasini topsa, faqatgina o‘zini malomat qilsin», dedi». 
Said aytdilar: «Abu Idris agar mana shu hadisni gapirsalar, tiz cho‘kib o‘tirardilar». 
Imom Muslim rivoyatlari. 
Imom Ahmad ibn Hanbal (r.a.): «Shom ahliga mana shu hadisdan ko‘ra sharafliroq 
hadis yo‘qdir», deb aytganlar. 
 
12-BOB  
Umr oxirida yaxshiliklarni ko‘paytirishga targ‘ib qilish bayoni 
 
Alloh taolo: 
«Axir Biz sizlarga eslatma oladigan kishi eslatma olgudek uzun umr 
bermaganmidik?! Sizlarga ogohlantirguvchi (payg‘ambar)  ham kelgan edi-ku!» 
(Fotir surasi, 37-oyat) deb aytgan. 
Ibn Abbos va muhaqqiq olimlar « ... uzun umr bermaganmidik»ning ma’nosi oltmish 
yil umr bermaganmidik»dir, deyishdi. Quyidagi zikr qiladigan hadisimiz bu ma’noni 
quvvatlab keladi. Ba’zilar buni o‘n sakkiz yil, deyishdi. Yana boshqalar qirq yil, deyishdi. 
Hasan, Kalbiy, Masruqlar Ibn Abbosdan (r.a.) quyidagilarni naql qilishdi: «Madina 
ahlidan birortasining yoshi qirqqa yetsa, o‘zini ibodat qilish uchun bag‘ishlar edi». 

Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling