Abul Ixlos Hasan al-vafoiy shurunbiloliy abu Zayd shibliy nurul izoh
Download 5.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdurashid qori BAHROM Abduqodir MARDON Yusufjon ISHOQ To‘plovchi: Muxtor ABDUJABBOR
- Abul Ixlos Hasan al-VAFOIY SHURUNBILOLIY
- Abu Zayd SHIBLIY FIQHNING TA’RIFI
- Shariy hukmlarning qismlari Shariy hukmlar quyidagi qismlarga ajratilgan: 1. Farz
- 2. Vojib Nurul Izoh www.ziyouz.com
- Suv tabiiy holatining o‘zgarish meyori qanday
- Surning (ichilgan suvdan qolgani) hukmlari
- Idishlar va kiyimlarning tozasini tanlash
- Quduqlar va ularni tozalash
- Istinjoda qo‘llash makruh bo‘lgan narsalar
Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 1 Abul Ixlos Hasan al-VAFOIY SHURUNBILOLIY Abu Zayd SHIBLIY NURUL IZOH "Nurul izoh" shariy hukmlarning sodda va ixcham bayon etilishi bilan etiboringizni tortadi. Bu kitobdan Islom dinimizdagi asosiy ibodatlarga oid deyarli barcha savollarga javoblar topishingiz mumkin. Shuningdek, kitobga "Aqida asoslari", "Nikoh va taloqqa oid hukmlar", "Imomi A’zam hayoti" kabi boblar ham ilova qilindi. Tahrir hayati: Abdurashid qori BAHROM Abduqodir MARDON Yusufjon ISHOQ To‘plovchi: Muxtor ABDUJABBOR Movarounnahr 2003 y. So‘zboshi Butun olamlarning Parvardigori Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin! Faqat Alloh taolo hamdu sanolarga loyiqdir. Payg‘ambarlarning so‘nggisi Hazrati Muhammadga, sollallohu alayhi va sallam, u zotning pok oilalariga, barcha sahobalariga salovot va salomlar bo‘lsin. Pok va behojat Parvardigorga muhtoj, hanafiy mazhabiga mansub Abul-Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy aytadi: ba’zi do‘stlarim, — Alloh menga va ularga lutfu karami bilan muomala qilsin, - mendan ibodatlar haqida xossatan, fiqh ilmi bilan yangi shug‘ullana boshlaganlar uchun katta kitoblarda tarqoq holda berilgan masalalarni sodda, ixcham shaklda to‘plab boshlang‘ich bir kitob yozishimni so‘raydilar. Alloh taolodan yordam so‘rab, savob umidida mazkur talablarni qabul qildim va amalga oshirdim. Ushbu kitobga faqatgina tanlash vakolatiga ega bo‘lgan olimlar to‘g‘ri deb qattiy qaror qilgan masalalarni jamladim. Uzundan-uzun, ortiqcha tafsilotlarga kirishmadim. Bu kitobni "Nurul izoh va najotul arvoq" deb nomladim. Parvardigorimdan bu kitobni bandalariga foydali qilishini va bu foyda qiyomatgacha davomli bo‘lishini so‘rayman. Abul Ixlos Hasan al-VAFOIY SHURUNBILOLIY Butun olamlarning Parvardigori Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin! Hamdu sano faqat Alloh taologa maxsusdir. Taqvodorlarning eng sharaflisi Hazrati Payg‘ambarimizga va u zotning oila azolariga, sahobalari hamda qiyomatgacha u zotning yo‘llaridan borganlarga salovot va salomlar bo‘lsin. "Nurul izoh va najotul arvoq", ibodatlar haqidagi uzun kitoblarda berilgan tarqoq masalalarni fiqh ilmi bilan yangi shug‘ullana boshlaganlar uchun sodda va ixcham shaklda bir joyga to‘plagan risoladir. Bu Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 2 hajmi jihatidan kichik, ammo ko‘p to‘g‘ri hukmlarni qamrab olgan juda foydali kitobdir. Ushbu kitob juda sodda, ochiq jumlalar bilan yozilgan bo‘lsada, yangi boshlovchilarga maqsad va ma'nilarni tushunishni yanada osonlashtiruvchi izohtalab qilinar edi. Alloh taolo meni mana shu maqsad va ehtiyojlarga javob bera oladigan, juda ham foydali, hajmi kichik bo‘lishiga qaramay, qamrab olgan masalalari jihatidan kattagina sharh yozishga muvaffaq qildi. Unga "Al-Miftoh sharhu Nurul izoh" deb nom berdim. Kitob yanada foydali bo‘lsin deb unga haj va zakot haqida yozgan "Manohatul fattoh" nomli risolamni ham ilova qildim. Shu tufayli endi o‘quvchilar va ilm talabida bo‘lganlar barcha ibodatlarga oid masalalarni bir muqova ichida topishlari mumkin. Parvardigordan ushbu kitobni mo‘minlarga foydali qchlishini so‘rayman. U duolarni qabul qiluvchi va umidlarni ro‘yobga chiqaruvchi Zotdir. Abu Zayd SHIBLIY FIQHNING TA’RIFI "Fiqh" so‘zining lug‘aviy ma’nosi "idrok etmoq", "anglamoq", "tushunib yetmoq"dir. Istilohda esa bu so‘z, ochiq dalillar bilan buyurilgan amallar, ya’ni bevosita etiqodga tegishli bo‘lmagan namoz, ro‘za, zakot kabi masalalarga oid shariy hukmlarni o‘rganish ilmini anglatadi. Foydalari: — Alloh taoloning rizoligiga mos amallarni to‘g‘ri ado etishni o‘rgatadi; — dunyoda baxtli, saodatli bo‘lish, jaholat jarligidan bilim cho‘qqisiga yuksalish yo‘lini ko‘rsatadi; insonlarga foydali va zararli bo‘lgan narsalarni bayon qilish imkoniyatini beradi; oxiratda esa, do‘zaxdan saqlanib, jannatdagi abadiy ne’matlarga yetishuvimizga sabab bo‘ladi. Shariy hukmlarning qismlari Shariy hukmlar quyidagi qismlarga ajratilgan: 1. Farz Farz qat'iy, ochiq shariy dalil bilan bajarilishi amr etilgan amaldir. Besh vaqt namoz, ro‘za, zakot kabi. Farzning hukmi Farzni inkor qilgan kishi kofir bo‘ladi. Ishonib, amal qilmagan kishi fosiq bo‘lib, Alloh taolo tomonidan belgilangan jazoga loyiq bo‘ladi. Farz ham ikki qismdir: farzi ayn va farzi kifoya. a) Farzi ayn mukallaf har bir kishi bajarishi shart bo‘lgan farzdir. Besh vaqt namoz, ro‘za, zakot kabi. Mukallaf har bir kishi bu amallarni shaxsan o‘zi bajarishi zarur. Bir qism odamlarning farzi aynni bajarishi boshqalar zimmasidan bu masuliyatni soqit qilmaydi. b) Farzi kifoya ba’zi musulmonlar bajarishi bilan boshqalar zimmasidan tushadigan farzdir. Masalan, janoza namozini o‘qish kabi. Farzi kifoyani hech kim ado etmasa, barcha gunohkor bo‘ladi. 2. Vojib Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 3 Ochiq bo‘lmagan shariy dalillar bilan bajarilishi takidlangan amal (Ramazon va Qurbon hayiti namozlari, namozda (zam suradan avval) Fotiha surasini o‘qish kabi). Hukmi. Bajarilishi lozim (vojib) bo‘lib, uni inkor etgan kishi kofir bo‘lmaydi. Vojibni bajargan kishi savob oladi. Tark qilgan kishi esa, jazoga loyiq bo‘ladi. 3. Sunnat Sunnat ikki qismga bo‘linadi: a) Sunnati muakkada: Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, har doim bajarib, juda kam holatlarda tark qilgan sunnatlaridir Tahoratda og‘zini suv bilan chayish kabi. b) Sunnati g‘ayri muakkada: Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, ba’zan bajarib, ba’zan tark qilgan sunnatlaridir. Hukmi. Sunnat amalni bajargan kishi savobga erishadi. Uni tark qilish karih va zararlidir. 4. Harom Qattiy, ochiq shariy dalillar bilan bajarilishi taqiqlangan amal. Zino, o‘g‘rilik qilmoq kabi. Hukmi. Harom ishni qilgan kishi do‘zax azobiga giriftor bo‘ladi. Tark qilgan kishi esa, Allohning amriga itoat qilgani uchun savobga erishadi, haromni inkor qilgan odam kofir bo‘ladi. 5. Karohati tahrimiya Ochiq bo‘lmagan dalillar bilan bajarilishi taqiqlangan amal. Boshqa kishining savdo-sotig‘iga daxl qilib, u olmoqchi bo‘lgan molni olish yoki boshqa kishi sovchi qo‘ygan qiz yoki ayolning qo‘lini, u voz kechmasdan oldin so‘rash kabi. Hukmi. Buni qilgan odam harom ishni bajargan kabi azobga duchor bo‘ladi. Lekin inkor qilgan kishi kofir bo‘lmaydi. 6. Karohati tanzihiya Ochiq bo‘lmagan shariy dalillar bilan bajarilishi taqiqlangan amallar. Hukmi. Bu amalni bajargan kishiga hech qanday jazo va dashnom berilmaydi. Lekin yaxshi va fazilatli amallarning aksini qilgan bo‘ladi. 7. Muboh Qilish yoki qilmaslikda insonlar erkin bo‘lgan amal. Hukmi. Bajarilgan paytda savob ham, tark etilgan paytda jazo ham berilmaydi. Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 4 TAHORAT KITOBI Tahorat qilish joiz bo‘lgan suvlar yetti qismdir: 1) yomg‘ir suvi; 2) dengiz suvi; 3) daryo suvi; 4) quduq suvi; 5) qor suvi; 6) do‘l suvi; 7) buloq suvi. Suvlarning turlari Suvlar hukmiga ko‘ra besh qismga bo‘linadi: 1. Toza va tozalovchi, tahoratda qo‘llash makruh bo‘lmagan suvlar. Bu tabiiy holdagi pok suvdir. 2. Toza va tozalovchi, lekin tahoratda qo‘llash makruh bo‘lgan suvlar. Bular: mushuk va u kabi hayvonlar (sichqon, bo‘sh qo‘yilgan tovuq, yirtqich qushlar, uyda yashovchi kemiruvchilar) tekkan idishdagi suvlardir. 3. Toza, ammo tozalovchi bo‘lmagan suvlar: tahorat yoki g‘uslda, yoki tahorati bo‘lsa ham Alloh taologa yaqinlik maqsadi bilan yana tahorat qilishda ishlatilgan mustamal suvlardir. Suv badandan oqib uzilishi bilan mustamal suvga aylanadi. Daraxt va mevadan siqmasdan, o‘z-o‘zidan chiqqan suvni ham tahorat qilishda qo‘llash ochiq rivoyatga ko‘ra, durust emas. Shuningdek, tozalashga ko‘mak bermaydigan biror narsa qo‘shib qaynatilgan yoki biror toza narsa tushib, tabiy holati o‘zgargan suvlarda ham tahorat qilish joiz emas. Suv tabiiy holatining o‘zgarish meyori qanday? a) Suvga qattiq moddalar tushib, aralashganida uning oquvchanlik va yumshoqlik xususiyati yo‘qolsa, tabiy holati o‘zgargan hisoblanadi. b) Suvga zafaron, meva va yaproq kabi narsalarning aralashishi tufayli uning hidi, mazasi, rangi o‘zgarsada, suvlik xossasi yo‘qolmasa, u bilan tahorat qilishning zarari yo‘q. v) Suvga sut kabi ikki sifati bo‘lgan suyuqlik aralashganida, uning bir sifati suvdan ustun bo‘lsa, suvning tabiiy holati o‘zgargan bo‘ladi. g) Suvga sirkaga o‘xshash uch sifatli suyuqlik aralashganida, uning ikki sifati suvda zohir bo‘lsa, suvning tabiiy holati o‘zgargan hisoblanadi. d) Suvga hech qanday sifati bo‘lmagan mustamal suv kabi suyuqlik aralashganida, uning miqdori suv miqdoridan ortsa, suvning tabiiy holati o‘zgargan bo‘ladi. 4. Najas suvlar: idish yo sathi 10x10 metrdan kam maydonda to‘xtab, ko‘llab qolgan suvga najas tushsa, najasning asari bu suvda bilinmasa ham, suv najas bo‘lib qoladi. Oqar suvga najas tushib, uning asari suvda bilinmasagina, oqar suv najas hisoblanmaydi. 5. Tozalashi shubhali bo‘lgan suvlar: Eshak va xachir suv ichgan idishdagi suvlar tozalashi shubhali suvlardir. Surning (ichilgan suvdan qolgani) hukmlari Oz miqdordagi suvdan biror bir jonzot ichganidan so‘ng qolgani sur deb ataladi va u to‘rt qismga bo‘linadi. 1. Toza va tozalovchi. Otdan qolgan suvning pok bo‘lishi go‘shti halol bo‘lgani tufaylidir. Imomi Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 5 Azamga, rahmatullohi alayh, ko‘ra ot go‘shtining yeyilmasligi nopok bo‘lganligi uchun emas, balki harbiy vosita bo‘lgani uchun, unga ehtirom tufaylidir. Shunday bo‘lgach, aslida pok bo‘lgan hayvonning go‘shtidan vujudga kelgan so‘lagi ham pokdir va u aralashgan suvni ham iflos qilmaydi. Demak, otning qoldig‘i har uchala mazhab rahbarining ittifoqi bilan ham toza va tozalovchidir. Go‘shti istemol qilinadigan hayvondan qolgan suv toza va tozalovchi sur hisoblanadi. 2. Najas, istemol qilish mumkin bo‘lmagan sur: it, to‘ng‘iz, bo‘ri yoki arslon kabi yirtqich hayvonlardan qolgan suvning hukmi ana shunday. 3. Toza suv borligida qo‘llash makruh bo‘lgan sur. Bu mushuk, qarovsiz qolgan tovuqdan, lochin, shunqor, kalxat kabi yirtqich qushlardan, sichqon va shunga o‘xshagan jonzotlardan qolgan suvdir. Chayonning qoldig‘i bunga kirmaydi. Izoh: Mushukdan qolgan suv iflos emas, makruh bo‘lishi xususida Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, shunday deganlar: "Mushuklar orangizda (uyingiz ichida) doim o‘ralashib yurishiga siz to‘sqinlik qila olmaydigan hayvonlardir ". Qarovsiz tovuqdan qolgan suv uning doim notoza joyda yurib, suv ichayotgan paytda tumshug‘i nopok bo‘lgani uchun makruhdir. 4. Tozalovchi ekani shubhali bo‘lgan sur. Bu xachir yo eshakdan qolgan sur. Bundan boshqa suv topilmasa, mana shu suvda tahorat olib, so‘ng tayammum ham qilib, namoz o‘qiladi. Idishlar va kiyimlarning tozasini tanlash Ko‘pi toza, ozi nopok bo‘lgan idishlar bir-biriga aralashib ketganida, tahorat uchun ham, ichish uchun ham idishlarning tozasini topishga harakat qilish kerak. Agar ularning ko‘pi nopok bo‘lsa, tahorat qilish uchun tozasi qidirilmaydi, tayammum qilinadi. Nopok va toza kiyimlar bir-biriga aralashib ketsa, xoh ularning ko‘pi nopok bo‘lsin, xoh toza bo‘lsin, tozasini topishga harakat qilish kerak. Quduqlar va ularni tozalash a) Kichik quduqlar: Suvini tortib tugatish mumkin bo‘lgan quduqqa qon yoki aroq kabi najasning tomchisi tushsa, uning barcha suvi chiqarib tashlanadi. Shuningdek, bunday quduqqa to‘ng‘iz (cho‘chqa) tushib ketib, og‘zi suvga tegmay tirik chiqsa ham yoki ichida it, qo‘y, inson o‘lib qolsa yoki kichik bir hayvon tushib o‘lib, shishgan bo‘lsa, quduqdagi barcha suv chiqarib tashlanadi. Shundan so‘ng chiqqan suv toza bo‘ladi. Mazkur holatlarda suvini tortib tugatib bo‘lmaydigan quduqlardagi suv necha paqir ekani ikki mutaxassis tomonidan belgilanadi va undan shuncha suv chiqarib tashlanadi. Tovuq, mushuk kattaligidagi hayvon quduqga tushib o‘lsa va shishmagan bo‘lsa, qirq paqir va yana yigirma paqir suv chiqarilishi kerak. Sichqon yoki sichqon kattaligidagi hayvonlar quduqqa tushib o‘lgan va shishmagan bo‘lsa, yigirma paqir va yetsa o‘n paqir suv chiqarilsa, toza bo‘ladi. Shu yo‘l bilan quduq, paqir, ip va suv tortuvchining qo‘li ham poklangan bo‘ladi. Tuya va qo‘yning bir-ikki qumaloqlari quduq suvini harom qilmaydi. Ammo ular ko‘p bo‘lsa, quduq suvi iflos hisoblanadi. Kaptar, chumchuq kabi go‘shti halol qushlarning go‘ngi suvni iflos qilmaydi. Baliq, qurbaqa kabi qoni oqmas, chivin, pashsha, ari, chayonga o‘xshash qoni yo‘q jonivorlar suvda o‘lsa, suv harom bo‘lmaydi. Badanida najas bo‘lmagan odam, go‘shti halol hayvon quduq suviga tushib, tirik chiqsa, quduq suvi harom bo‘lmaydi. Go‘shti yeyilmaydigan xachir, eshak, lochinga o‘xshash yirtqich qushlar yoki bo‘ri, maymun kabi yovvoyi hayvon ham suvga tushganida, badanida najas bo‘lmasa, chiqishi bilan so‘lagi suvga tushmasa, suv harom bo‘lmaydi. So‘lakning pok, harom, makruh va shubhali ekaniga, qarab hukm qilinadi. Quduqdan qachon tushib ketganligi nomalum, shishib ketmagan hayvon o‘ligi topib olinsa, bir kecha Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 6 kunduz, agar shishib go‘shtlari titilib ketgan bo‘lsa, uch kecha kunduz avvaldan etiboran quduq suvi iflos bo‘lgan hisoblanadi. Bu muddat ichida o‘sha suvdan tahorat olib o‘qilgan namozlar qayta o‘qiladi va g‘usl qilingan bo‘lsa, yangidan g‘usl qilinadi. Istinjo Erkaklar tahorat ushatganlaridan so‘ng yurib, yo yo‘talib, yo egilib yoki shunga o‘xshash turli harakatlar bilan o‘zlarini najas yo‘lida qolgan siydik tomchilaridan, qalban ishonch hosil qilingunicha, tozalanishlari istibro deyiladi. Payg‘ambirimiz, solladlohu alayhi va sallam: "Qabr azobining aksariyati bavl (siydikdan saqlanmaslik) tufaylidir", deganlar. Hadisi sharifdagi bavldan maqsad, kichik tahorat ushatilgach, orqasidan kelgan siydik tomchilaridir. Bu tomchilardan poklanmay tahorat qilgan kishining tahorati hisobga o‘tmaydi, Chunki bu tomchilar yaxshilab ketkazilmasa, turganidan so‘ng tomib, badan va kiyimni iflos qiladi va tahoratsiz namoz o‘qilgan hisoblanadi. Shu bois siydik tomchilarining aniq to‘xtaganiga qalban ishonch hosil qilmaguncha, tahorat qilish joiz emas. Istinjoning hukmi Old va orqa yo‘ldan chiqqan najosat yuqini badanidan suv yoki tosh (kesak) va shunga o‘xshash narsalar bilan ketkazish istinjodir. Old va orqa yo‘l atrofini bulg‘agan najosatni ketkazish sunnatdir. Najosat chiqqan joyi atrofiga tarqalib, dirham miqdoricha bo‘lsa, uni suv bilan yuvib poklanish vojibdir. Najas quyuq bo‘lsa, og‘irligi dirham bilan, suyuq bo‘lsa, kengligi kaft kengligi bilan o‘lchanadi. Agar najosat tarqalgan miqdor bir dirhamdan (ochiq qo‘l kaftining suv turadigan qismi) ko‘p bo‘lsa, u yerni suv bilan yuvish farzdir. Kishi junub bo‘lganidan so‘ng hamda hayz va nifosdan toza bo‘lgan ayol poklanish uchun g‘usl qilishdan oldin istinjo joyida suv bilan istinjo qilishi, najosat oz bo‘lsa ham, farzdir. Hojat chiqargach, najas chiqqan joyni kesak va silliq tosh kabi narsalar bilan tozalash sunnat, so‘ng suv bilan yuvish mustahabdir. Istinjo qilish tartibi Suv topilmagan joyda, er kishi xisya (tuxumdon)lari osilib turganida kesak, tosh kabi narsalarning birinchisini oldidan orqaga, ikkinchisini orqadan oldinga va uchinchisini yana oddidan orqaga tortib, istinjo qilishi kerak. Agar xisyalari tortilib turgan bo‘lsa, kesak yo toshni orqadan oldinga tortgan holda tozalashni boshlaydi. Ayollar doimo istinjoda (toshni) oldindan orqaga tortishlari zarur. Istinjodan so‘ng kishi qo‘llarini yuvadi va suv bilan istinjo qilishda, chap qo‘li o‘rta barmog‘ining yostiqchasi bilan, suv quygan holda, najas chiqqan joyni asta ishqalab yuvadi. So‘ng ehtiyoj bo‘lsa, nomsiz va iligcha barmoqlari yostiqchalarini ham qo‘shib, u joyni yaxshilab yuvadi. Ayollar suv bilan istinjoning avvalidayoq nomsiz va o‘rta barmoqlarini birgalikda ishlatadilar. Najas chiqqan joyni yomon hidlar qolmagunicha tozalib yuvish kerak. Ro‘zador bo‘lmaganida, suv bilan istinjo qilish payti bo‘shashib o‘tirish lozim. Batamom tozalangach, yana qo‘llarni yuvish zarur. Ro‘zador kishi suv bilan istinjo qilgach, u joyni toza latta bilan artadi (ro‘zador bo‘lmagan kishining ham suv bilan istinjodan so‘ng latta bilan artishi mustahabdir). Izoh: Zikr qilinayotgan "mustahab", "mandub", "nafl" va "tavattu "kalimalari sunnat manosidadir. Ular savob nuqtai nazaridan sunnatga yaqin fazilatli amallardir. Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 7 Istinjo uchun avratni ochish joiz emas. Najosat chiqqan joyidan atrofiga tarqalib ketsa, va uning miqdori, yuvmasdan namoz o‘qib bo‘lmaydigan, ya’ni dirham miqdoridan ham ko‘p bo‘lsa, uni ketkazishda boshqalarga avrat joylarini ko‘rsatmay, badani yo kiyimini najosatdan tozalashi kerak. Istinjoda qo‘llash makruh bo‘lgan narsalar Suyak, inson va hayvon yeydigan narsalar, pishiq g‘isht, sopol, sopol idish parchalari, ko‘mir, shisha, ohak, ipak, paxta, bo‘z (latta) parchasi va uzrsiz o‘ng qo‘l bilan old va orqa yo‘llarni tozalash makruhdir. Izoh: Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: "Xachir, ot, eshak go‘ngi va suyaklar bilan istinjo qilmangiz, chunki suyaklar birodarlaringiz jinlarning taomidir. Ular suyaklarni xuddi go‘shtlari ajratilmagandek holda topadilar va go‘nglar ularning hayvonlariga arpa, somon bo‘ladi. Bularning har ikkisi ham faqat oxirzamon Payg‘ambariga maxsus mo‘jizaning dalilidir ", degan manoda hadislari bor. Hojatxona odobi Kishi hojatxonaga chap oyog‘i bilan kiradi va kirmasdan avval "Auzu billahi min ashshaytonir rojim" deydi. Izoh: (Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: "Hojatxonaga kirganingizda jinlarning ko‘zlari bilan odam zotning avrat joylari orasidagi parda kishining (kirishdan oldin) "Bismilloh"deyishidir ", ma’nosidagi hadislariga ko‘ra, Hojatxonalar jin va shaytonlar mavjud bo‘lgan joylardir. "Inson u yerga kirgach, jinlar, erkak va urg‘ochi shaytonlarning yomonligidan (sharridan) Allohdan panoh so‘rasin, hadisiga ko‘ra hojatxonaga kiradigan odam, avval, "Bismillah" deyishi, so‘ngra "auzu " aytishi sunnatdir. Xaloda chap oyog‘iga og‘irligini solgan holda o‘tiradi. Zarurat bo‘lsagina, gapiradi. Hojat ushatganida bino ichida bo‘lsa ham, oldini va orqasini qibla tomonga qilishi tahriman makruhdir. Izoh: Inson oldi yo orqasini qiblaga qilgan holda hojatxonada o‘tirganida makruh ekanligi esiga tushib qolsa, darhol yo‘nalishini o‘zgartiradi. Hadisi sharifda ifoda qilinganiga ko‘ra, bunday harakat tufayli iison juda buyuk savobga ega bo‘ladi. Mazkur hadis quyidagichadir: "Dastlab unutgan holda tahorat ushatish uchun qiblaga qarab o‘tirgan inson, so‘ngra qiblaga bo‘lgan hurmati tufayli esiga tushgach, boshqa tomonga o‘girilsa, u yerdan bu xususdagi barcha gunohlari kechirilgan holda chiqadi ". Quyoshga. oyga va shamol esayotgan tomonga qarab tahorat ushatish, suvga, soyaga, yer yoriqlariga, yo‘llarga, qabristonga, mevali daraxt tagiga yozilish yoki siyish makruhdir. Izoh: Payg‘ambarimiz, solishyuhu alayhi va sallam, "Sizlardan biringiz aslo turg‘un suvga bavl (siydik) qilmasin ", deganlar. Bu xususda qisqacha shuni aytishimiz mumkinki, oz miqdordagi turg‘un suvga bavl qilish, u suvni mutlaqo iflos qiladi. Pok narsani hech qanday majburlovchi sababsiz, qasddan iflos qilish esa haromdir. Turg‘un suv ko‘p bo‘lgan taqdirda, unga bavl qilish haromga yaqin makruhdir. Oqayotgan suvga bavl qilish esa tanzihan makruhdir, ya’ni juda katta zarari bo‘lmasa ham, hayot manbai bo‘lgan suvni ezozlab, tozalik tuyg‘usini ham nazarda tutgan holda, bunday nojo‘ya harakatlardan saqlanish lozim. Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarda (holatlarda) bavl qilish o‘rniga katta tahorat ushatishning hukmi ham shunday, hatto undan ham jirkanch va nojo‘ya harakatdir. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, "Lanatga uchraganlardan qochinglar", deganlar. Sahobalar: "Lanatga uchraganlar kimlar, yo Rasulolloh!" deb so‘raganlarida, u zot bunga javoban: "Serqatnov yo‘llarga bavl qilib, tahorat ushatganlar, boshqalarga haqsizlik qilganlardir", deb marhamat qilganlar. Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 8 Xalodan o‘ng oyoq bilan chiqiladi va "Mendan kulfatni ketkazib, ofiyat bergan Alloh taologa hamd bo‘lsin", yoki "G’ufronaka" deyiladi. Tahoratning farzlari Tahoratning to‘rt farzi bor: 1. Yuzni, peshonaning soch chiqqan joyidan boshlab iyak ostigacha, ikki quloq yumshoqlari oralig‘ini yuvmoq. 2. Qo‘lni tirsaklari bilan qo‘shib yuvmoq. 3. Boshning to‘rtdan bir qismiga mash tortmoq. 4. Oyoqlarni to‘piqlari bilan qo‘shib yuvmoq. Tahoratning hikmatlari Dinimiz namozga turishdan oldin, malum azolarni yuvishni (tahorat qilishni) buyurgan. Bundan maqsad faqat shu azolarni turli iflos narsalardan tozalash emas, balki moddiy tozalik bilan bir qatorda, o‘sha azolar vositasida qilingan gunohlarni manaviy, ko‘rinmaydigan kir va dog‘larni tavba. istig'for suvi bilan poklash hamdir. Bu jihatdan tahoratda azolarning yuvilish tartibida hayratomuz teran hikmatlar mavjud. Bunda katta hikmat shuki, eng avval Allohning amrlariga isyon qilib, shaytonga itoatda peshqadam bo‘lgan azolar, so‘ngra unga ergashib gunoh ishlar qiluvchi boshqa azolar navbati bilan yuviladi. 1. Yuvilishi farz bo‘lgan azolarning birinchisi yuzdir, chunki inson yuzida (til) og‘iz, burun, ko‘z kabi gunoh ishlar qilishda asosiy vosita, sabab bo‘luvchi azolar bor. Masalan, harom narsalarni tishlab- chaynab, ichga yutuvchi og‘izdir. Haqoratlar, g‘iybatlar, tuhmatlar, yolg‘onlar, insonlarning orasini buzuvchi, fitnakor va adashtiruvchi fikrlar, behayo so‘zlar til orqali og‘izdan chiqadi. Demak, xoh Allohga qarshi, xoh bandalarga qarshi bo‘lsin, eng katta yomonliklarning amalga oshirilish o‘rni og‘izdir. Ko‘zlarchi! Eng sirli yomonlikni ham o‘zidan qochirmaydigan va boshqa azolarni ortidan yugurtiradigan ular emasmi? Yomonlikning hidini olib, butun vujudni o‘sha tomonga yo‘naltirgan burunning banda qilgan gunohlardagi hissasi ozmi? Shuning uchun gunohga, taqiqlangan amallarga boshlovchilik qilib, yo‘l ochib bergan bu azolarni, yani yuzni eng avval yuvish buyurilgan. Bu azolardagi kir va iflosliklar suv bilan ketkazilganidek, ularni tavba, istig‘for va zikrulloh bilan poklash, yaxshi amallarga ishlatish zarur, toki haqiqiy musulmon bo‘lsinlar. 2. Yuzdan so‘ng yuvish navbati qo‘llarga keladi. Chunki bir yomon ishni boshlashda avval til so‘zlaydi, so‘ngra ko‘zlar ko‘rib, keyin qo‘llar vazifani bajaradi va mazkur yomonlikka sherik bo‘ladi. Shu bois shaytonga ergashishda til va ikki ko‘zdan so‘ng darhol qo‘llarning zohiriy kirlari suv bilan, botiniy iflosligi esa, Allohga tavba qilish fayzi bilan poklanishi g'oyat o‘rinlidir. 3. Tahoratning uchinchi farzi boshga mash tortishdir. Tahorat bilan jismoniy kirlarni ketkazibgina qolmay, ko‘proq manaviy poklikka etibor berilishining yorqin misoli boshga mash tortishda ko‘rinadi. Chunki, shariy qoidaga ko‘ra, bosh doim biror narsa bilan yopilib, yani bosh kiyim kiyib yuriladi. Ochiq holatda ham qalin sochlar bosh terisini chang-to‘zonlardan yaxshi himoya qiladi. Shu bois boshni har kuni besh marta yuvishga zarurat qolmaydi. Har bir tahoratda boshni yuvish og'ir ishdir. Bu bandalariga yengillikni xohlagan Allohning g'oyasiga zid. Ammo bosh, manaviy poklanishda aslo beparvolik qilib bo‘lmaydigan azo. Har qanday gunoh xabarini olib-olmay, fikrlaydigan, reja tuzib, amalga oshirish uchun boshqa azolarga vazifalar yuklaydigan miya bosh ichidadir. Boshdagi bunday manaviy dog'larni bandaga eslatish, ularni ketkazish maqsadida mash tortish buyurilgan. Qalb ko‘zi ochiq, fikri teran insonlar buning buyuk hikmat ekanini yaxshi biladilar. 4. Tahoratning oxirgi farzi oyoqlarni yuvish. Oyoqlar vujudni gunoh ishlar qilinadigan joylarga eltib, Nurul Izoh Download 5.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling