Abulqosimov h. P., Muminov n. G


Rivojlanayotgan mamlakatlarda «norasmiylik»


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet79/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Rivojlanayotgan mamlakatlarda «norasmiylik». Yangi ilmiy 
yo‘nalishning “otasi” deb ingliz sotsiologi Keyt Xart
101
tan olingan. 
U 1960 yillar oxirida Afrikaning eng qoloq mamlakatlaridan biri 
Gana poytaxti Akkra shahri xarobalarida olib borgan tadqiqotlar 
natijasida norasmiy bandlikni mavjudligini kashf etdi. Keyt Xart 
“uchinchi dunyo” mamlakatlaridagi shaharliklar ko‘pchilik hollarda 
rasmiy iqtisodiy tizimga hech qanday aloqalari yo‘qdir. Qoloq 
mamlakatlarning shahar iqtisodiyoti hech qanday rasmiy ro‘yxatdan 
o‘tmasdan, hukumatning biznesga bo‘lgan soliq bo‘yicha va boshqa 
talablarini pisand qilmasdan shahar aholisini oddiy, kundalik tovarlar 
(oziq-ovqat, kiyim-kechak, transport xizmatlari va boshq.) bilan 
ta’minlaydigan kichik va mayda ustaxonalar, do‘konchalar va boshqa 
“mikrofirmalar”ning bahaybat to‘dasi sifatida namoyon bo‘ldi. 
Norasmiylikni tavsifini shakllantirayotib K.Xart “daromadning 
rasmiyligi va norasmiyligi o‘rtasidagi farq mehnat haqi uchun ishlash 
va o‘zini-o‘zi band qilish o‘rtasidagi farqqa asoslanadi”
102
- deb qayd 
qilgan edi. Uning fikricha, asosiy mezon bo‘lib mehnatni 
ratsionalizatsiyasi darajasi, uning doimiyligi va muntazamligi
belgilangan mukofotlashning mavjudligi yoki mavjud emasligi 
xizmat qiladi. Zamonaviy uskunalardan foydalanadigan va 
professional 
menejerlar 
tomonidan 
boshqariladigan 
byurokratlashtirilgan korxonalar shahari iqtisodiyotining “zamonaviy 
sektori”ni tashkil etadi. Shaharliklarning iqtisodiy faoliyatining 
boshqa turlari avvallari “pastunumdorli shahar sektori”, “qisman 
band va ishsizlarning rezerv armiyasi”, “shaharning an’anaviy 
sektori” sifatida tasniflangan va deyarli tadqiqotchilarning e’tiboridan 
chetda edi. K.Xart tashkillashmagan ishchilarga “oyoq kiyim 
tozalovchi va gugurt sotuvchi qisman band go‘daklar” sifatida 
yondashishga qat’iy qarshi edi va ushbu ishchilarni shaharliklar 
uchun muhim bo‘lgan ko‘pchilik xizmatlarni ko‘rsatishini qayd 
101
Qarang: Hart К. Informal Urban Income Opportunities and Urban Employment 
in Ghana // Journal of Modern African Studies. 1973. Vol. 11. No. 1. P. 61-90. 
102
O‘sha yerda. P. 68. 


etgan. U “o‘zini-o‘zi band qilgan” ishchilarni “norasmiy sektor” 
tushunchasi bilan qo‘shib yubordi. 
Norasmiy sektorda “rasmiy - norasmiy” va “qonuniy - 
noqonuniy”ni qarama-qarshi qo‘yilishiga tayangan holda K.Xart 
shahar aholisi daromadlarini uch guruhga ajratdi: 
a) rasmiy daromadlar – davlat va xususiy sektordagi ish haqi, 
transfert to‘lovlari (pensiyalar, ishsizlik nafaqalari); 
b) qonuniy norasmiy daromadlar – birlamchi (qishloq xo‘jaligi), 
ikkilamchi (shartnoma asosida yoki mustaqil faoliyat yurituvchi 
hunarmandlar, etikdo‘zlar, tikuvchilar, pivo ishlab chiqaruvchilar va 
hokazo) va uchchilamchi (qurilish, transport, yirik va mayda savdo) 
sektorlarida bandlikdan, xizmatlar ishlab chiqarishdan (musiqachilar, 
sartaroshlar mehnati; meditsina va marosim xizmatlari) va xususiy 
transfert to‘lovlaridan (sovg‘alar, zayomlar) olingan daromad; 
v) noqonuniy norasmiy daromadlar – xizmatlardan (nolegal 
sudxo‘rlar, o‘g‘irlik mollarni sotib oluvchilar, narkotik sotuvchilar
fohishalar, dayuslar, kontrabandachilar, reketirlar va boshqalar 
mehnatidan) va transfertlardan (o‘g‘irlik, kamomad)
103
(qarang:7.1.1-
jadval). 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling