Abulqosimov h. P., Muminov n. G
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9JYP6FK7Ysicny4COFKL
7.1.3-Jadval.
Rasmiy va norasmiy sektor korxonalarining solishtirma xarakterli belgilari Xarakterli belgilar Rasmiy sektor Norasmiy sektor Tarmoqqa kirish bar’erlari Yuqori Past Texnologiyalar Kapital sig‘imi yuqori Mehnat intensiv Boshqaruv Byurokratik Oilaviy Kapital Ortiqcha Yetishmaydi Ish vaqti Muntazam Muntazam emas Mehnatga haq to‘lash Normal Chegaralangan Foydalanadigan moliyaviy xizmatlar Bank xizmatlaridan foydalaniladi Shaxsiy, norasmiy xizmatlardan foydalaniladi Xaridorlar bilan munosabatlar Shaxsga tegishli emas Shaxsiy Doimiy xarajatlar Yirik Katta emas Reklamadan foydalanish Majburiy Kam yoki yo‘q 109 Qarang.: Fidier P., Webster L. The Informal Sectors of West Africa // The Informal Sector and Microfinance Institutions in West Africa / Ed. by L, Webster, P. Filder. Washington, 1996. P. 5-20. 110 Ushbu yondashuv XMTning hozirgi vaqtdagi dokladlarida ham mavjud. Qarang, masalan: Дилемма неформального сектора. Женева, 1991. С. 4. Hukumat subsidiyalaridan foydalanish Ko‘pincha katta hajmda Mavjud emas Bozor yo‘nalishi Ko‘pincha eksportga yo‘naltirilgan Kam hollarda eksportga yo‘naltirilgan “Uchinchi dunyo” muammolari bo‘yicha ingliz mutaxassisi Rey Bromler Norasmiy sektor konsepsiyasini jadallik bilan keng tarqalishini tushuntirayotib K.Xart tomonidan taklif etilgan “terminologiya va u bilan bog‘lik konsepsiya kerakli joyda va kerakli vaqtda paydo bo‘lgan” 111 ini qayd etgan edi. Uning fikricha, Norasmiy sektor konsepsiyasining qisqa muddatda xalqaro miqyosda tanilishiga sabab, u tomondan taqdim etilayotgan tavsiyalar 1970-yillarda xalqaro tashkilotlar va jadal islohotlar tarafdori bo‘lmagan hukumatlar uchun juda qulay va mos edi. Norasmiy sektorni qo‘llab-quvvatlash “boylar uchun xavf tug‘dirmay kambag‘allarga yordam berish” imkonini beradi, ya’ni, bir tomondan, daromadlarni qayta taqsimlash talablari va boylik o‘rtasida murosani topish, ikkinchi tomondan, elita (oqsuyaklar)ni barqarorlik muhitida yashash hoxishi. “XMT tomonidan norasmiy sektor konsepsiyasini shoshilinch qabul qilinishi, hamda (ushbu konsepsiya asosida) ko‘pchilik xalqaro hisobotlarni tayyorlash tezligi ushbu konsepsiya nega avvaliga ko‘pgina kelishmovchiliklar va anomaliyalarga ega bo‘lganligini, shunday ekan, shahar norasmiy sektori to‘g‘risida turli-tuman va qarama-qarshi adabiyotlar paydo bo‘lishini tushuntirishga yordam beradi” 112 . Undan tashqari kam rivojlanganlik iqtisodiy konsepsiyalarining umumiy evolyutsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatgan. Norasmiy sektor to‘g‘risidagi munozara va bahslarni 1970-yillarda iqtisodchilar o‘rtasida bo‘lgan “uchinchi dunyo”ning boshqa muammolari (“o‘sish uchun qayta taqsimlash”, “yangi xalqaro tartib” to‘g‘risida, “asosiy ehtiyojlarni qondirish” to‘g‘risida) 111 Bromley R. The Urban Informal Sector: Why is it Worth Discussing? // World Development. 1978. Vol. 6. No. 9/10. P. 1035-1936. 112 Bromley R. Op. cit. P. 1036-1037. gi bahslar bilan uzviy bog‘liqlikda ko‘rib chiqish kerak. R.Bromleyning fikricha, bu bahslarning barchasi liberal, neoklassik yondashuv tarafdorlariga qulay kelib, ularning ta’kidlashlaricha islohotlar siyosati kambag‘allar uchun, hamda radikal, neomarksistik qarashlar namoyondalari uchun “rivojlanishdan manfaat” keltiradi. Norasmiy sektor borasidagi munozaralar “uchinchi dunyo”ni iqtisodiy taraqqiyotining dolzarb muammolarini ideologik stereotiplarga chalg‘imasdan hal etish imkonini berdi. Tadqiqotchilar safini kengayishi tadqiqot ob’ektini tushunib yetishda bir qancha qiyinchiliklarni tug‘dirdi. Agar afrikashunoslar norasmiy iqtisodiyotni ta’riflashda uning kichik miqyosdaligi va korxonalarni texnik jihozlanishini yetarli emasligi kabi jihatlaridan kelib chiqishsa, lotin amerika mamlakatlari bo‘yicha tadqiqotchilari uning nolegalligiga alohida e’tibor qaratganlar. Ushbu ikki yondashuv bir-biriga yaqin bo‘lib, norasmiy iqtisodiyotga umumlashgan ta’rifni shakllantirish imkonini beradi: norasmiy iqtisodiyot – bu asosan kichik va mayda tadbirkorlik birliklari tomonidan taqdim etiladigan oddiy tovar va xizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan iqtisodiy faoliyatdir. Shunday bo‘lsa ham, “norasmiylik”ning asosiy mezonlarini aniqlash bo‘yicha bahslar hanuzgacha davom etmoqda. Norasmiy sektorni muhim jihatlarini belgilashda paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarni amerika iqtisodchisi Donald Mid va fransuz iqtisodchisi Kristian Morrissonlarning 113 1990 yilda “uchinchi dunyo” mamlakatlarida kichik biznesni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlari (tadqiqot davomida yetti mamlakatdan 2200ta korxona o‘rganildi) to‘liqroq aks etadi. Ushbu olimlarning tadqiqotlarini ko‘rsatishicha “norasmiy sektor” tushunchasini aniqlashda uch mezondan kelib chiqiladi – qonuniylik (korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, soliqlarni to‘lash, mehnat qonunchiligiga rioya qilish va boshq.); korxonaning hajmi (ko‘pincha 5-10 kishi band bo‘lgan korxonalarni norasmiy sektorga taaluqli deb hisoblashadi) va ishlab chiqarishning kapital sig‘imkorligining darajasi. Ushbu xarakterli belgilar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir, shu sababdan ularning qaysi biri katta ahamiyatga egaligi muhim emasdir. 113 Qarang: Mead D. С, Morrisson С. The Informal Sector Ele-pfant // World Development. 1996. Vol. 24. No. 10. P. 1611-1619. Lotin Amerikasidagi ikki mamlakat (Ekvador, Yamayka), Afrikadagi to‘rt mamlakat (Jazoir, Tunis, Nigeriya, Svazilend) va Osiyodagi bir mamlakat (Tailand) lardagi tadqiqot natijalari bo‘yicha axbortlardan foydalanib D.Mid va K.Morrissonlar ushbu rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik biznesning legalliligi (ro‘yxatdan o‘tkazish, soliqlarni to‘lash va mehnat qonunchiligiga rioya qilish) va kapital sig‘imkorligini solishtirishgan. Ushbu tadqiqotning natijalari juda qiziqarlidir. Korxonalarda band bo‘lganlar soniga qarab guruhlashtirib tadqiqotlar olib borish shuni ko‘rsatdiki, o‘rganilayotgan mamlakatlar o‘rtasida kichik korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish darajasi bo‘yicha keskin farqlar mavjud. Masalan, Jazoirda deyarli barcha mayda ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar maxsus sertifikatlarga egalar; sertifikati yo‘qlarni qat’iy jazo kutadi. Ekvador va Nigeriyada 10 kishidan kam band bo‘lgan korxonalar eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tgandir, 1 ta xodim ishlaydigan korxonalarning deyarli yarmi ro‘yxatdan o‘tkazilgandir. Boshqa mamlakatlarda kichik korxonalarni ro‘xatdan o‘tkazilishi darajasi juda past bo‘lib 25%ga ham yetmaydi (Tunis bundan mustasno). Shundan kelib chiqib, D.Mid va K.Morrisslar quyidagi xulosaga keldilar: “korxona hajmidan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish darajasi indikatori sifatida foydalanish bitta xodimli korxonalar bilan chegaralanganda ba’zi mamlakatlarda qo‘l keladi” 114 . Bunday mayda korxonalar ro‘yxatdan o‘tishdan voz kechishmaydi. Bandlar soni oshgan sari ro‘yxatdan o‘tish darajasi oshib boradi (turli mamlakatlarda turlicha darajada). Ba’zi hollarda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan soliq to‘lanishi o‘rtasida to‘liq muvofiqlik namoyon bo‘ladi, chunki ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida registratsiya to‘lovi to‘lanadi. Ammo bu hol doimo va barcha soliq to‘lovlari bilan amalga oshmaydi. Masalan, Nigeriyada daromad va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘laydigan korxonalar soni ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar sonidan ancha kamdir, Svazilend va Tailandda esa aksincha, soliq to‘lovchilarni soni ro‘yxatdan o‘tganlarning sonidan ko‘pdir. Bu hol quyidagini 114 Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling