Abulqosimov h. P., Muminov n. G
Xufyona iqtisodiyot rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9JYP6FK7Ysicny4COFKL
1.4. Xufyona iqtisodiyot rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari Xufyona iqtisodiyotga dualizm xos bo‘lib, bu uning ikkiyoqlama rolidan, ya’ni: pozitiv (ijobiy) – biznes rivojlanishi bo‘yicha salbiy sharoitlarni yumshatish; negativ (salbiy) – jamiyat daromadlarining qayta taqsimlanishidagi salbiy oqibatlarning vujudga kelishi va aholi turmush darajasining yomonlashuvi, iqtisodiyotni boshqarish tizimi samaradorligining pasayishining yuz berishida namoyon bo‘ladi. Shunga muvofiq ravishda xufyona iqtisodiyotga uch guruh o‘zaro bog‘langan funksiyalar xosdir (qarang: 1.4.1-rasm). Xufyona iqtisodiy faoliyat oqibatlarini bir xil baholash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Xufyona iqtisodiyotning ko‘pgina turlari (ayniqsa “kul rang”) rasmiy iqtisodiyotni rivojlanishiga to‘siqlik qilmasdan, balki unga ko‘maklashadi ham. Shveysariyalik iqtisodchi Diter Kassel bozor xo‘jaligida xufyona iqtisodiyot rivojlanishining uchta ijobiy funksiyalarini ajratib ko‘rsatgan: 1.4.1-rasm. Xufyona iqtisodiyotning asosiy funksiyalari 19 . 1) “iqtisodiy “moylash” (“smazka”) – qonuniy (rasmiy) va xufyona iqtisodiyot o‘rtasida resurslarni qayta taqsimlash yordamida iqtisodiy kon’yunkturada darajalar o‘rtasidagi farqlarni tekislash (rasmiy iqtisodiyotda inqiroz bo‘lgan davrda ishlab chiqarish resurslari o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki “soya”ga oqib o‘tadi va inqiroz tugagandan so‘ng rasmiy ko‘rinishga o‘tadi); 19 Голованов Е.Б. Теневая экономика. Конспект лекций.-Челябинск, 2015.- С.16. Iqtisodiy funksiyasi Sotsial funksiyasi - allokatsion funksiya (iqtisodiy smazka); - stabilizatsiyalashtiruvchi funksiya (o‘rnatilgan stabilizator); - distributiv funksiya (sotsial (ijtimoiy) amortizator); Pozitiv (ijobiy) funksiyalari - innovatsion funksiya; - takrorlovchi funksiya; - utilizatsiyalovchi funksiya; - stabilizatsion funksiya; - konstruktiv funksiya; - parazitik funksiya; - destruktiv funksiya. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling