Abulqosimov h. P., Muminov n. G


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

6. Mayin modellashtirish (determinantlarni baholash) usuli 
yashirin iqtisodiyotni aniqlovchi omillar yig‘indisi bilan bog‘liq va 
uning hajmini o‘lchashga yo‘naltirilgandir. 
7. Tarkibiy usul ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida yashirin 
iqtisodiyotning hajmi to‘g‘risida ma’lumotni qo‘llay olishga 
asoslangandir. 
Bir qator rivojlangan mamlakatlarda yashirin iqtisodiyotning 
ko‘lami to‘g‘risida yuqorida ko‘rib o‘tilgan usullar yordamida 
olingan 
ma’lumotlar bir-biriga zid bo‘lib, yalpi milliy 
mahsulot(YaMM)ga nisbatan 1 foizdan 33 foizgacha bo‘lgan oraliqda 
tebranib turadi. 
Hisob-kitoblar ko‘satmoqdaki, bevosita (to‘g‘ri) usullar ishonchli, 
lekin eng pasaytirilgan natijalarni beradi. Ularning asosiy kamchiliklari 
quyidagilardan iborat: ma’lumotlarni yig‘ish murakkabligi va so‘rov 
natijasida olingan ma’lumotlarni ataylab buzib ko‘rsatish. 
Jahon amaliyotida qo‘llaniladigan usullarning turli-tumanligi 
yashirin iqtisodiyot tarkibi hajmining miqdorini va natijalar to‘g‘riligi 
mezonini baholashning yagona uslubiyati yo‘qligidan dalolat beradi. 
Har bir mamlakatning o‘ziga xosligi, statistik materiallarda 
kamchiliklarning mavjudligi har bir muayyan hodisada ushbu 
hodisaga mos bo‘lgan usul yoki bir qancha usullar kombinatsiyasidan 
iborat bo‘lgan usullarni tanlashga asoslanadi. Har xil usullarni 
birgalikda qo‘llash yashirin iqtisodiyotni ob’ektiv baholashning 
yo‘nalishlaridan sanaladi. 
 
2.3. Xufyona iqtisodiyot miqyoslari 
Xufyona iqtisodiyotning miqyosi ko‘pincha iqtisodiy tizim turiga 
bog‘liq bo‘lib, bu bog‘liqlik bir xil xarakterga ega emas
27
. Shu narsa 
27
Jahonning turli mamlakatlarida yashirin iqtisodiyotning miqyoslari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar bilan quyidagi adabiyotlarda tanishib chiqish mumkin: Шнайдер Ф. 
Черная дыра // Эксперт. 2000. № 12.; Шнайдер Ф., Энсте Д. Рост теневой 
экономики во всем мире // Экономическая теория преступлений и наказаний.; 


ayonki, to‘liq davlatlashtirilgan (davlat tasarrufiga o‘tgan) va mutlaq 
davlat tasarrufidan chiqarilgan iqtisodiyotda yashirin iqtisodiyot 
bo‘lmaydi: birinchi holatda davlat har qanday yashirin faoliyatni 
taqiqlaydi, ikkinchi holatda esa hech qanday nazorat bo‘lmaydi va 
“soyada yashirinish”ga ehtiyoj ham qolmaydi. Xufyona faoliyat 
markazlashtirilgan va demarkazlashtirilgan xo‘jaliklar orasidagi 
“chegara hududlari”da kengayib boradi: bir tomondan, kuchsizlanib 
borayotgan markazdan boshqariladigan iqtisodiyotda nazorat qilish 
imkoniyatlari 
kamayib 
boradi; 
ikkinchi 
tomondan, 
davlatlashtirilayotgan bozor xo‘jaligida doimo ham samarali 
bo‘lmagan nazorat choralari ko‘payib boradi. 
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha (2.3.1-jadval), rivojlangan mamlakatlar 
orasida yashirin iqtisodiyot G‘arbiy Yevropaning ba’zi mamlakatlarida 
eng katta, AQShda nisbatan o‘rta, Yaponiya, Shveysariya kabi 
mamlakatlarda minimal hajmga ega. Ushbu farqni Yevropaning 
ko‘pchilik mamlakatlaridagi aralash iqtisodiyotning yuqori darajada 
“davlatlashtirilganligi”, amerikacha individualizmning salbiy sarf-
xarajatlari va Yaponiyadagi “jamiyat rizoligi” muhiti bilan 
tushuntiriladi. Yaponiyada hatto gangsterlar ham narkobiznes, reket va 
fohishabozlikdan olgan daromadlaridan soliq to‘lashadi. 
Jahonda har yili yashirin sektorda kamida 8 trln. AQSh dollari 
miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratiladi, bular korxonalarning 
buxgalteriya hisobotlarida va alohida mamlakatlar , hamda xalqaro 
tashkilotlar rasmiy statistikasida o‘z aksini topmaydi. Shunday qilib, 
ko‘lam jihatidan global yashirin iqtisodiyotni dunyodagi eng katta 
YaIMga ega bo‘lgan AQSh iqtisodiyoti bilan taqqoslash mumkin. 
1990- yillarning ikkinchi yarmida yashirin iqtisodiyot 
rivojlangan mamlakatlarda YaIMning o‘rtacha 12 foiziga, o‘tish 
iqtisodiyoti 
mamlakatlarida 
– 23 foiziga, rivojlanayotgan 
mamlakatlarda – 39 foiziga teng edi. 
Bozor munosabatlari taraqqiy etgan mamlakatlarda yashirin 
sektorning miqyoslari doimo o‘sib bormoqda. 1998 yilda yashirin 
sektor eng katta ulushga ega bo‘lgan mamlakat Gretsiya (rasmiy 
YaIMning 29.0 foizi) hisoblangan edi. Eng katta yashirin sektorga ega 
mamlakatlar qatoriga Italiya (27.8%), Ispaniya (23.4%) va Belgiya 
Неформальный сектор экономики за рубежом / Под ред. Л. М. Тимофеева и Ю. В. 
Латова. М., 2000. Вып. 2. 


(23.4%) ham kiradi. O‘rtacha ko‘rsatkichlarga Irlandiya, Kanada, 
Fransiya va Germaniya (14,9 dan 16,3 foizgacha) kabi mamlakatlar 
egadir. Yashirin sektorning miqyosi eng kam mamlakatlar – Avstriya 
(9,1%), AQSh (8,9%) va Shveysariyada (8,0%). Shunday qilib, 
nisbatan farovon mamlakatlarda ham yashirin iqtisodiyotning mutlaq 
hajmi katta ko‘rsatkichlarga ega: AQSh – 700 mlrd. AQSh doll., Italiya 
– 310 mlrd. AQSh doll., Buyuk Britaniya – 190 mlrd. AQSh doll. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling