Abulqosimov h. P., Muminov n. G


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

qo‘shimcha hisoblashlar asosida xufyona iqtisodiyotni va uning 
alohida elementlarini baholash
1

Xufyona xo‘jalik aylanmasi, tabiiyki, rasmiy statistikaga 
kiritilmasligi bois, xufyona iqtisodiyot o‘lchamlarini baholash 
muammosi o‘ta dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqsad uchun quyidagi 
yondashuvlardan foydalaniladi: 
monetar usul, u xufyona hisob-kitoblarda faqat naqd 
mablag‘lardan foydalanilishi to‘g‘risidagi gipoteza asosida quriladi 
(naqd pul massasi harakatining dinamikasi xufyona iqtisodiyotning 
o‘lchamlari haqida fikr yuritish imkonini beradi); 
xarajatlar va daromadlar balanslari usuli, unda 
deklaratsiya qilinadigan daromadlar va xarajatlar summasi, tovarlar 
va xizmatlar iste’molining real hajmlari bilan taqqoslanadi; 
bandlikni tahlil qilish, u shuni nazarda tutadiki, uzoq vaqt 
mobaynida saqlanib kelayotgan ro‘yxatga olinmagan ishsizlikning 
yuqori darajasi xufyona sektorda bandlik uchun keng imkoniyatlar 
mavjudligidan dalolat beradi (ro‘yxatga olinmagan ishsizlar soni 
xufyona iqtisodiyotning o‘lchamlaridan bilvosita dalolat beradi); 
texnologik koeffitsiyentlar usuli, u xarajatlarning ma’lum 
texnologik koeffitsiyentlari asosida mahsulot ishlab chiqarishning 
real hajmi haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi (masalan, 
iste’mol qilinadigan elektr energiyasining dinamikasi va deklaratsiya 
qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar taqqoslanadi); 
uy xo‘jaliklari va korxonalar rahbarlari o‘rtasida so‘rov 
o‘tkazish usuli, u xufyona iqtisodiyotning o‘lchamiga ekspert 
baholarini beradi; 
sotsiologik usul, u xufyona bitimlar amalga oshiriladigan 
alohida me’yorlarni, ularning jamiyatda tarqalganligini, bitimlarni 
tuzishda qanchalik qo‘llanishini tahlil qilishdan iborat
23

1
Qarang: Кочергина Т.Е. Экономическая безопасность: Ростов на Дону: 
Феникс, 2007. С-171. 
23
Беркинов Б.БИнституционал иқтисодиёт: ўқув қўлланма / Б.Б. Беркинов; 
ЎзР олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Тошкент давлат иқтисодиёт ун-ти, 
Институционал ва иқтисодий тадқиқотлар маркази. – Т.: Yangi nashr, 2011. – 65-66-
бетлар. 


Zamonaviy iqtisodchilar tomonidan yashirin iqtisodiyotni 
o‘lchashning ko‘pchilik usullari ishlab chiqilgan
24
. Ularni shartli 
ravishda quyidagi ikki guruhga bo‘lish mumkin: 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling