Abulqosimov h. P., Muminov n. G
-rasm. Sobiq Sovet Ittifoqidagi xufyona iqtisodiyot
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9JYP6FK7Ysicny4COFKL
4.1.1-rasm. Sobiq Sovet Ittifoqidagi xufyona iqtisodiyot
komponentlari Bu xufyona iqtisodiy munosabatlar markazlashtirilgan nazoratga antiteza, islohotlarga to‘sqinlik qiluvchi, uni bo‘g‘uvchi “klapan”, bozor surrogati hisoblanadi. V. Nayshul, o‘z kuzatishlarini umumlashtirib, “Brejnev” davrini byurokratik bozor deb nomlagan. Chunki, bu davrda nafaqat kamyob tovarlar, balki korxonalar uchun tuzatilgan reja, mansab-lavozimlar, mukofotlar, unvonlar, horijiy komandirovkalar va boshqalar ham tovarga aylangan. Bu sovet totalitarizmi rejimini rad etadigan bir qator tushunchalarni keltirib chiqardi. "Sotsializm" tizimi ostida xufyona iqtisodiy faoliyatining umumiyligini (Sovet Ittifoqi buni kamroq noqonuniy deb bilgan) kashf etib, G‘arb sovetolog olimlari shunday xulosaga kelishdi. Sobiq Sovet Sotsialistik respublikalari misolida Slovakiya respublikasi tahlil qilingan va ushbu mamlakat iqtisodiyoti allaqachon yashirin ko‘rinishga kelgan, yashirin xufyona bozor munosabatlarini yashirishning keng qamrovli rejasi ostida aralash iqtisodiyotning boshqacha uslubini paydo qilgan degan xulosaga kelishgan edi. Ushbu iqtisodiy munosabatlar nafaqat markazlashtirishning antitesi, balki islohotchining, bozor o‘rnini bosadigan, yashirin harakati bosimi ostidagi o‘ziga xos shart bo‘lishi Sobiq Sovet Ittifoqidagi xufyona iqtisodiyot komponentlari norasmiy an’analar iqtisodiyoti qo‘shib yozishlar iqtisodiyoti (fiktiv iqtisodiyot) shaxsiy suist’emol iqtisodiyoti (poraxo‘rlik iqtisodiyoti) mumkin. Ushbu umumiy kuzatishlar to‘g‘risida rus eko-iqtisodchisi V. Nayshul “Brejnev” davrida tovarlar kam yoki kam bo‘lgan "byurokratik bozor" to‘g‘risida xulosa chiqaradi. «Brejnevizm» nafaqat byurokratik bozor, shu bilan birga “Klan sotsializmi” deb ham nomlangan bo‘lib, u shaxsiy sadoqatga, yaqinlikka, bog‘liqlikka asoslangan. Sovet xufyona iqtisodiyoti ma’muriy-qo‘mondonlik tizimi tamoyili asosida amal qilgan. Bu yondoshuv tarafdorlari sovet tizimidan keyingi Rossiyada “klanli sotsializm” “klanli kapitalizm” ga transformatsiyalashdi deb hisoblaydilar. Buning oqibatida biznesni tashkil etish jarayonida tijoriy iqtisodiy huquqbuzarlik keng tarqaldi (masalan, soliqlarni yig‘ib olmaslik ba’zi baholashlarga ko‘ra 40%ga yetgan). Davlat huquqlarining buzilishi – daromadlarni soliqdan yashirish, ekologik qonunchilikni buzish kabilar. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling