Abulqosimov h. P., Muminov n. G


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Nazorat savollar 
1.Nima uchun sobiq rejali iqtisodiyot sharoitida xufyona 
iqtisodiyot vujudga kelgan? 
2.Buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida davlat sektoridagi “oq 
yoqalilar” xufyona iqtisodiy faoliyatining asosiy shakllari nimalardan 
iborat? 
3.Nima uchun aynan XX asrning 70-80-yillarida sovet 
iqtisodiyotida xufyona iqtisodiyot miqyoslari kuchaygan? 
4.G‘arb sovetologlari Brejnevizm deb atalgan davrga qanday 
izoh berganlar? 
5. Bozor xo‘jaligining tijorat sohasida xufyona iqtisodiy 
faoliyatning “oq yoqali” shakllari nimalardan iborat? 
6.Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jinoyatlarning asosiy 
turlarini tavsiflab bering. 
7. Soxta bankrotlikning maznuni nimadan iborat va u qanday 
salbiy oqibatlarga olib keladi? 
8. Iste’molchilar huquqlarini buzishga qaratilgan iqtisodiy 
jinoyatlarga misollar keltiring. 
9.Xorijiy mamlakatlarda iqtisodiy jinoyatlarning oldini olish 
tajribalarini izohlab bering. 
10. O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi qanday chora-
tadbirlar ko‘rilmoqda? 
11. O‘zbekistonda koronovirus tarqalishi munosabati bilan 
kiritilgan karantin davrida qanday iqtisodiy jinoyalarga qarshi qanday 
kurash olib borildi.? 
 
 


V BOB. KORRUPSIYA VA UNGA QARSHI KURASH
 
5.1. Korrupsiyaning mohiyati, turlari va evolyutsiyasi 
5.2. Korrupsiyaning vujudga kelish sababalari 
5.3. Korrupsiyani o‘lchash va uning ko‘lamlari. 
5.4. Korrupsiyaning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri
5.5. Korrupsiyaga qarshi kurash yo‘llari 
5.1. Korrupsiyaning mohiyati, turlari va evolyutsiyasi 
Korrupsiya (lat.corruptio – aynish, poraga sotilish) – mamlakat 
iqtisodiy resurslariga, davlat mulkini taqsimlash jarayonlarida uning 
bir qismiga ega bo‘lish maqsadida uyushgan jinoiy guruhning shaxsiy 
boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarining manfaatlarini 
davlat manfaatlaridan ustun qo‘yuvchi davlat xizmati amaldorlarini 
o‘z domiga ilintirib, ulardan foydalanishi va ular bilan birikib, 
qo‘shilib ketishidir. Korrupsiya – xavfsizlikka tahdid soluvchi hodisa 
va xufyona iqtisodiyotning ko‘rinishidir
53
.
Xalqaro hujjatlarda birinchi bor korrupsiya tushunchasiga BMT 
Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan 1979 yil 17 dekabrda 
qabul qilingan “Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor 
shaxslarning xulq-atvor kodeksi”da to‘xtalingan bo‘lib, unda 
korrupsiya deganda “... mansabdor shaxsning har qanday shakldagi 
mukofot evaziga o‘z mansab vakolatlari doirasida mazkur mukofotni 
beruvchi shaxs manfaatlarini ko‘zlab, lavozim yo‘riqnomasi 
qoidalarini buzgan holda yoki buzmasdan muayyan harakatlarni 
bajarishi yoki harakatsizligi” tushuniladi deyilgan. BMT Bosh 
Assambleyasining 1990 yil Gavanada korrupsiya muammolariga 
bag‘ishlab o‘tkazilgan mintaqalararo seminarida qabul qilingan 
Davlat xizmatchilari uchun xalqaro xulq-atvor kodeksida “korrupsiya 
– bu mansabdor shaxslarning shaxsiy yoki guruh manfaatlarini 
ko‘zlab mansabini suiiste’mol qilish, shuningdek, davlat 
xizmatchilari tomonidan o‘zlari egallab turgan xizmat vazifalaridan 
g‘ayriqonuniy foydalanish ko‘rinishlaridir”, deyiladi.
53
Qarang: Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодиётга оид атама ва 
тушунчаларнинг изоҳли луғати.-T.: “ABU MATBUOT-KONSALT”,2017.- 292-
бетлар. 


 Yevropa Kengashi guruhining korrupsiya muammolari bo‘yicha 
1995 yil 22-24 fevralda Strasburgda o‘tkazilgan birinchi sessiyasida 
“korrupsiya – davlat yoki xususiy tizim mansabdor shaxslarini 
ularning mansab vakolatlari doirasida o‘zlarining vazifalarini buzib 
bajarishlari uchun ularni pora evaziga og‘dirib olinishidir”, deb ta’rif 
berilgan.
BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasida korrupsiyaga eng 
qisqa, lekin keng qamrovli ta’rif quyidagicha berilgan: “Korrupsiya - 
bu shaxsiy naf ko‘rish maqsadida davlat hokimiyatini suiiste’mol 
qilishdir”. Korrupsiya – mansabdor shaxsning o‘z mansabi bo‘yicha 
berilgan huquqlarini shaxsiy boylik orttirish maqsadlarida bevosita 
suiiste’mol qilishidan iborat jinoyat. Mansabdor shaxslarni sotib 
olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi. Korrupsiya 
davlat apparati va parlament faoliyatida avj oladi. Saylanadigan 
lavozimlarga va deputatlikka nomzodlar saylov kompaniyasini 
o‘tkazishda xarajatlarni to‘lash korrupsiya ko‘rinishlaridan biridir. 
Keyinchalik saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar 
ko‘rsatib “o‘z qarzini” qaytaradi, uzadi. Aksariyat korrupsiya 
lobbizm (monopoliyalarning qonunchilik organlari va amaldorlarga 
tazyiq o‘tkazish bilan shug‘ullanadigan muassasa va agentlari tizimi) 
bilan bog‘langan
54

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash 
to‘g‘risida”gi qonuniga binoan korrupsiya – shaxsning o‘z mansab 
yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga 
shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish 
maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek 
bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish; korrupsiyaga oid 
huquqbuzarlik – korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir 
etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan 
qilmish; manfaatlar to‘qnashuvi – shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) 
manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim 
darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, 
54
Qarang: Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодиётга оид атама ва 
тушунчаларнинг изоҳли луғати.-T.: “ABU MATBUOT-KONSALT”,2017.- 292-293-
бетлар. 


tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy 
manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki 
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat
55

Umuman olganda, korrupsiya – bu o‘z xizmat lavozimidan 
shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanishdir. U yashirin iqtisodiyotning 
asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Shu sababdan, korrupsiyaning 
iqtisodiy tahlili faqatgina kapitalistik dunyoda emas, balki sobiq 
ittifoq hududida ham keng rivoj topgan
56

N. Makiavelli korrupsiyaga qiziqarli ta’rif bergan: shaxsiy 
manfaatlar yo‘lida jamoa imkoniyatlaridan foydalanish. Korrupsiya – 
bu faqatgina poraxo‘rlik emas, uning ko‘lami ancha keng. Bu 
tushuncha o‘zida ham poraxo‘rlikni (kasbiy burchini bajarmaslik 
uchun mukofot berish), ham nepotizmni, ham shaxsiy maqsadlarda 
jamoa mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirishni mujassamlashtiradi. 
Ko‘pincha korrupsiya deganda hukumat byurokratlari tomonidan 
shaxsan boyib ketish uchun fuqarolardan pora, noqonuniy pul 
daromadlari olish tushuniladi. Kengroq ma’noda olganda korrupsion 
munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lib faqatgina davlat amaldorlari 
emas, balki firma menejerlari bo‘lishlari mumkin; porani faqatgina 
pul bilan emas, balki boshqa shakllarda berish mumkin; korrupsion 
munosabatlarning tashabbuskorlari sifatida davlat amaldorlari emas, 
balki tadbirkorlar namoyon bo‘ladi. 
O‘z xizmat lavozimini suiste’mol qilish shakllari turli-tumanligi 
sababli, turli mezonlar bo‘yicha korrupsiyaniing turli shakllarini 
ajratishadi (qarang: 5.1.1-jadval).

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling