Abulqosimov h. P., Muminov n. G
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9JYP6FK7Ysicny4COFKL
Kompyuter jinoyatlari. Kompyuter jinoyatlarini, odatda,
EHMlarda ishlash huquqiga ega xizmatchilar sodir etadilar. Xizmatchilar, ma’muriyat vakillari, boshqaruvchilar professional dastur tuzuvchilarga nisbatan ko‘proq aybdor bo‘ladilar. AQShda sodir etilgan kompyuter jinoyatlarining har mingtadan yettitasigina professional dastur tuzuvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Kompyuter jinoyatlari bilan bog‘liq muammolarning yaqin yillarda yuzaga kelishiga qaramasdan, ularni tasniflash masalasi aniq yo‘lga tushgan. Olimlar ushbu jinoyatchilikniig quyidagi turlarini ajratadilar: 1. Jismoniy suiiste’mollik - o‘z ichiga: – anjomlarni buzish, yo‘qotish; – dastur yoki axborotni yo‘q qilish; – yolg‘on, soxta ma’lumotlarni kiritish; – turli yetkazuvchilar (disketa, perfokarta va boshqalar) dagi axborotlarni o‘g‘irlashni qamrab oladi. 2. Operatsion suiiste’molchilik o‘z ichiga firibgarlikni (o‘zini boshqa shaxs o‘rnida tavsiya etish), sanksiyasiz kompyuterlarning oxirgi malumotlarini chiqaruvchi qurilmalardan foydalanishni oladi. 3. Dasturlar bo‘yicha suiiste’mollik o‘z ichiga mantiqiy bomba, troyaliklar oti va boshqa shu kabi nomlar bilan atalgan dasturlarni matematik ta’minlanganlik tizimiga kiritishni oladi. Birinchi dasturda kompyuterga muayyan bir davr ichida topshiriq kiritiladi yoki sanksiyalanmagan harakat qo‘shiladi, ikkinchisida esa oddiy mavjud dasturga suiiste’molchining topshirig‘i kiritiladi. 4. Elektron suiiste’molliklar o‘z tarkibiga sxemali va apparatli o‘zgarishlarni, muayyan bir davrda dasturni o‘zgartirish kabi natijalarni beruvchi o‘zgarishlarni oladi. Olimlar o‘rtasida bu turdagi jinoyatlarni yanada qisqa tavsiflash fikrlari mavjud: 1) EHMlarga yoki ularning alohida qismlariga nisbatan vandalizm; 2) EHMdan axborotni o‘g‘irlash; 3) EHM orqali yoki uning yordamida o‘g‘irlik sodir etish. Birinchi turdagi jinoyatlar EHM egasiga ziyon yetkazish, EHMni ishdan chiqarish maqsadida amalga oshiriladi. Jinoyatchi tomonidan o‘chirib yuborilgan magnit tasmadagi axborotni tiklash juda ko‘p vaqtni va katta pul mablag‘larini taqozo etadi. EHMlardan axborotni hamda qimmatli dasturlarni o‘g‘irlash raqibni obro‘sizlantirish yoki raqib firma ma’lumotlarini tarqatish maqsadida amalga oshiriladi. Bu jinoyatlarni sodir etadiganlar firma, kompaniya to‘g‘risida ma’lumotlarga hamda EHMga kirish imkoniyati bo‘lgan shaxslardir. Bunday xatti-harakatdan maqsad kompyuter yordamida shaxsiy maifaatni qondirishdir. Jinoyatchilar tovar va mulklarni o‘g‘irlash bilan birga, EHMga tovarlarni belgilangan joyga jo‘natish xususida buyurtmalarni kiritishi va shunga yarasha qo‘llanmalarni ishlab chiqishi mumkin. Eng ko‘p xavf moliya sohasidagi jinoyatlardan yuzaga keladi. Hisoblash texnikasi orqali amalga oshirilgan oddiy firibgarliklar jinoyatchilarga soxta jamg‘armalarni va ularga foydalarni olish imkonini beradi. Bir necha yillik tajriba hamda tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, axborotning EHM orqali o‘tishining barcha bosqichlarida u jinoiy tajovuzga duch kelishi mumkin ekan. Jinoyatchilar EHMlarga yolg‘on yoki eskirgan, soxta hisob raqamlari va shu kabilarni kiritishlari va natijada katta daromadlarni o‘zlashtirishlari mumkin. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling