Abulqosimov h. P., Muminov n. G


korrupsiya = monopoliya + zo‘ravonlik - javobgarlik


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

korrupsiya = monopoliya + zo‘ravonlik - javobgarlik 
bu formula shuni anglatadiki, korrupsiyaning imkoniyatlari ba’zi 
faoliyat turlarini bajarish uchun davlat monopoliyasi (masalan, qurol-
yarog‘ sotib olish) va amaldorlar faoliyatini nazoratsizligi bog‘liqdir, 
hamda suiste’mollik evaziga jazoga teskari bog‘liqdir
65

 
5.3.Korrupsiyani o‘lchash va uning ko‘lamlari 
Hozirgi vaqtda korrupsiyani xis etish (indeks vospriyatiya 
korrupsii (Corruption Perceptions Index – CPI)), Transparency 
International (Xalqaro shaffoflik notijorat nodavlat tashkiloti 
tomonidan hisoblanadi. Bu tashkilot turli mamlakatlarda 3 yil 
mobaynida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, 
mazkur indeksni e’lon qiladi. Bu tadqiqot natijalari biznesmen va 
analitiklarning 
turli 
mamlakatlarning 
korrupsiyalashganligi 
to‘g‘risidagi sub’ektiv baholari bilan taqqoslanadi. Tadqiqot 
natijalarini umumlashtirish asosida har bir mamlakat 10 ballik shkala 
bo‘yicha baholanadi. 10 ball - korrupsiya yo‘qligini, 0 ball esa eng 
yuqori darajadaligini, ya’ni shaffoflikning minimalligini, yo‘qligini 
ifodalaydi. 
Korrupsiyani his etish indeksi 1995 yildan beri hisoblanadi. 
Tadqiqot bazasi yildan-yilga kengaymoqda. 1995 yilda CPI 
jahonning 41 mamlakati bo‘yicha, 2003 yilda esa 133 mamlakatni 
qamrab olgan. Mazkur indeks 2003 yilda 13 ta mustaqil tashkilotlar 
tomonidan o‘tkazilgan 17 ta ijtimoiy fikrlarni tadqiqot etish 
natijalariga ko‘ra hisoblangan. Yakuniy ro‘yxatga uchta tadqiqot 
bilan qamrab olingan mamlakatlargina kiritilgan. 
65
Qarang: Теневая экономика: учеб. пособие / И.П. Овсянникова; ФГБОУ ВО 
РГУПС. – Ростов н/Д, 2015. – С.29. 


Transparency International xalqaro huquqni himoya qilish 
tashkiloti tomonidan har yili tuziladigan Korrupsiyani his etish 
indeksida O‘zbekiston 2016 yilda 156, 2017 yilda 157, 2018 yilda esa 
158 o‘rinni egallagan. 2018 yilda reytingning birinchi beshtalikka 
Daniya, Yangi Zelandiya, Finlyandiya, Singapur va Shvetsiya kiradi. 
Ushbu reytingda Qozog‘iston - 124, Qirg‘iziston-132, Rossiya-138, 
Tojikiston-152 va Turkmaniston 161-o‘rinni egalladi. Sobiq SSSR 
tarkibiga kirgan mamlakatlar ichida Estoniya birinchi yigirmatalikka 
kirgan. Korrupsiya darajasining pasayib borayotganligiga Estoniyada 
“elektron hukumat”ning faol joriy qilinayotganligi sabab bo‘lmoqda. 
AQShda Transparency International ekspertlarining baholashicha, 
2018 yilda korrupsiya holati yomonlashdi. Mamlakatda korrupsiya 
bo‘yicha ball 71 ballgacha pasaydi va 2011 yildan beri birinchi marta 
top 20-talikdan chiqib ketdi. Bunga sabab qilib AQShda 
hokimiyatning yuqori pog‘onalarida etik normalarning yomonlashuvi 
degan vaj ko‘rsatilgan. Korrupsiya bo‘yicha global reytingda Janubiy 
Sudan, Suriya va Somali oxirgi o‘rinlarni egallagan
66

Global korrupsion chaqriqlar reytingini The Risk Advisory Group 
(Risk xavflari to‘g‘risida maslahat gruhi) xalqaro tashkilot ham tuzadi. 
Bu tashkilot “Korrupsion chaqiriqlar-2019” hisobotini e’lon qilgan. 
Hisobot Korrupsion chaqiriqlar darajasi” («Uroven korrupsionnыx 
vыzovov»), -“Korrupsiya tahdidi” («Ugroza korrupsii»), - “Korrupsiya 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarga erisha olmaslik” («Nedostupnost 
informatsii o korrupsii») bo‘limlardan iborat. 
“Korrupsion chaqiriqlar darajasi” indeksi Risk Advisoryning 
yettida mintaqaviy bo‘limlarining ekspertlari tomonidan tuzilgan. 
Ular har bir mamlakatni 1) xorijiy investorlarning davlat kontraktlari, 
litsenziyalari yoki ruxsatnomalarini olish jaryonlarida uchragan 
korrupsion holatlari, 2) mahalliy biznes sub’ektlarining kundalik 
faoliyati davomida kichik masshtabdagi rasmiy korrupsiya 
holatlariga duchor bo‘lishlari nuqtai nazardan baholashgan. 
“Korrupsion chaqiriqlar darajasi” indeksining uch bo‘limi 
bo‘yicha Yangi Zelandiya, Avstraliya, Singapur, Birlashgan Qirollik, 
66
Transparency: в Узбекистане ситуация с коррупцией ухудшается из года в 
год//https://kun.uz/ru/news/2019/01/29/transparency-v-uzbekistane-situatsiya-s-
korrupsiyey-uxudshayetsya-iz-goda-v-god 


Irlandiya, Fransiya, Germaniya kabi mamlakatlar korrupsiya darajasi 
eng past bo‘lgan mamlakatlar tarkibiga kiritildi (qarang:5.3.1-jadval). 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling