Abulqosimov h. P., Muminov n. G
Korrupsiyaning vujudga kelish sabablari
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9JYP6FK7Ysicny4COFKL
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.2.1-rasm.Korrupsiya sabablari
5.2. Korrupsiyaning vujudga kelish sabablari. Korrupsiyani iqtisodiy tahlil qilishga 1970 yillarda neoinstitutsional yo‘nalishdagi Amerika iqtisodchilari asarlarida nazariy asos solingan edi. Uning asosiy g‘oyasi shunda ediki, iqtisodiy hayotning turli sohalarini davlat tomonidan tartibga solish bilan bog‘liq renta (eksport-import cheklovlarini joriy etish, korxona yoki tarmoqlarga subsidiyalar va soliq imtiyozlari berilishi, narxlar ustidan nazoratning mavjudligi, ko‘pchilik valyutalar kurslari siyosati va boshqalar) mavjud bo‘lsa, korrupsiya paydo bo‘ladi va rivoj topadi. Shu bilan birga korrupsiyaga past darajada maosh oluvchi amaldorlar intiladilar. Keyinchalik empirik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, agar mamlakatda tashqi savdo cheklovlari kam bo‘lsa, sanoat siyosati barcha korxona va tarmoqlar uchun teng imkoniyatlar asosida olib borilsa, hamda davlat amaldorining maoshi xususiy sektorda shu malakaga ega xodimning maoshidan ko‘p bo‘lmasa, korrupsiya ko‘lami qisqarib boradi. Hozirgi zamon iqtisodiyot fanida korrupsiyaning sabablari ko‘p ekanligi ta’kidlanib, uning iqtisodiy, institutsional va ijtimoiy- madaniy omillari alohida ajratiladi (qarang: 5.2.1-rasm). 5.2.1-rasm.Korrupsiya sabablari Korrupsiyaning iqtisodiy sabablari – bu, birinchi navbatda, davlat Korrupsiyaning sabablari Iqtisodiy Institutsional Ijtimoiy-madaniy xizmatchilarining past darajadagi maoshlari, hamda ularning firma va fuqarolar faoliyatiga ta’sir etish vakolatining yuqoriligidadir. Amaldorlarda qandaydir noyob ne’matlarni taqsimlash vakolati mavjud bo‘lsa, korrupsiya rivoj topadi. Bu, ayniqsa, rivojlanayotgan va o‘tish davri mamlakatlarida ko‘proq sezilsa, rivojlangan mamlakatlarda ham namoyon bo‘ladi. Masalan, AQShda muhtoj oilalarga imtiyozli ravishda uy-joy berish dasturini amalga oshirish davrida korrupsiya qayd etilgan edi. Korrupsiyaning institutsional sabablariga quyidagilar kiradi: davlat muassasalari faoliyatining yuqori darajada yopiqligi; hisobot tizimi beso‘naqayligi (kattaligi); qonun chiqarish tizimida oshkoralikning yo‘qligi; bekorchixo‘jalarni keng tarqalishiga va ko‘rsatgan xizmatlaridan qat’iy nazar xizmat pog‘onalaridan yuqoriga ko‘tarilishga imkon beruvchi davlatning zaif kadrlar siyosati. Korrupsiyaning ijtimoiy-madaniy sabablari: jamiyatda odob-ahloq tushunchalari yo‘qolib ketishi; fuqarolarning yetarli darajada axborotga egaligi va tashkilotchiligi, “hokimiyat egalari”ning o‘zboshimchaligiga jamiyat barmoq orasidan qarash (qarang:5.2.1-jadval). Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling