Abulqosimov h. P., Muminov n. G


 Korrupsiyaning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

5.4. Korrupsiyaning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri 
Korrupsiya har qanday mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy 
taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Korrupsiyadan ko‘riladigan 
iqtisodiy zarar, birinchi navbatda, davlatning makroiqtisodiy 
siyosatini amalga oshirishga to‘siq bo‘lishi bilan bog‘liqdir. 
Boshqaruv tizimining quyi va o‘rta bo‘g‘inlaridagi korrupsiya 
natijasida markaziy hukumat mamlakat iqtisodiyotidagi real holat 
to‘g‘risida ishonchli axborot ola olmaydi va belgilangan maqsadlarga 
erishishni amalga oshira olmaydi. 


Korrupsiya davlat qarorlari sabablarini buzib ko‘rsatadi. 
Korrupsiyalashgan siyosatchi va amaldorlar davlat resurslarini 
nazorat kuchli bo‘lmagan va pora undirish imkoniyati yuqori bo‘lgan 
sohalarga yo‘naltirishga harakat qiladilar. Ular maktab darsliklarini 
nashr etish va o‘qituvchilarni maoshini oshirishni moliyalashtirishdan 
ko‘ra ishlab chiqarishni, masalan harbiy samolyotlarni ishlab 
chiqarish va boshqa yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishga 
moyildirlar. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha korrupsiya davlat xarajatlari 
tarkibiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi: korrupsiyalashgan hukumat 
ta’lim va sog‘liqni saqlashga korrupsiyalashmagan hukumatdan ko‘ra 
kamroq mablag‘ ajratadi. 
Korrupsiya iqtisodiy ta’sirining eng asosiy salbiy jihati 
tadbirkorlarning (ayniqsa, yulg‘ichlar oldida himoyasiz bo‘lgan 
kichik firmalarning) xarajatlari oshib ketishidir. Masalan, sobiq 
sotsialistik mamlakatlarda biznes rivojlanishidagi muammolar 
amaldorlar tadbirkorlarni pora berishga majburlashi bilan bog‘liqdir, 
bu poralarga qo‘shimcha soliqlar sifatida qaraladi (5.4.1-jadval). 
Tadbirkor halol bo‘lib, pora bermasa ham korrupsiyadan zarar 
ko‘radi, u injiq davlat amaldori bilan muloqotga ko‘p vaqt sarflashga 
majburdir. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling