Abulqosimov h. P., Muminov n. G
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9JYP6FK7Ysicny4COFKL
5.2.1-jadval.
Korrupsiyaning vujudga kelish sabablari tasnifi Iqtisodiy sabablar Institutsional sabablar Ijtimoiy-madaniy sabablar davlat xizmatchilarining past darajadagi maoshlari davlat muassasalari faoliyatining yuqori darajada yopiqligi jamiyatda odob-axloq tushunchalarining zayflashishi va yo‘qolib ketishi davlat xizmatchilari vakolatining yuqoriligi hisobot tizimining beso‘naqayligi (kattaligi) fuqarolar huquqiy ongi va madaniyatining pastligi qonun chiqarish tizimida oshkoralikning yo‘qligi “hokimiyat egalari”ning o‘zboshimchaligiga jamiyatning barmoq orasidan qarash muhiti davlatning kadrlar siyosati zaifligi Ushbu uch guruh omillar amal qilayotgan mamlakatlarda (bular, birinchi navbatda, rivojlanayotgan va sobiq sotsialistik mamlakatlar) korrupsiya avj olgan bo‘ladi. Aksincha, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida esa bu omillar zaif bo‘lib, u yerda korrupsiya ham kam rivojlangan. Korrupsiyaning vujudga kelishiga sabab bo‘ladigan omil va sharoitlar yana quyidagilarda namoyon bo‘ladi: – amaldagi qonunchilikning takomillashmaganligi, undagi ziddiyatlar, qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlarning bir-biriga zidligi, qonunlarni amaliyotga joriy qilish mexanizmining ishlamasligi; – davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvida byurokratiya, ma’muriyatchilikning rivojlanganligi, boshqaruv tizimida mansabdor shaxslarning haddan tashqari ko‘payib ketishi, boshqaruv tizimida bir-birining funksiyalarini takrorlashlarning ko‘pligi; – biznes va tadbirkorlikni ro‘yxatga olish, ruxsat berish va ularni tugatish protseduralarining haddan tashqari chigalligi, ko‘p bosqichli ekanligi, murakkabligi; – ishbilarmon va tadbirkorlarning huquqiy bilim, huquqiy madaniyatining yo‘qligi yoki sayozligi; – davlat xizmatchilari, mansabdor shaxslar, ishbilarmon, tadbirkorlarning ahloqi-ma’naviyatining sayozligi va boshqalar 63 . Korrupsion munosabatlarining sabablari va mohiyatini tushuntirish uchun iqtisodchilar odatda “kafil bo‘lgan kishi (prinsipal) – ijrochi (agent) – rahnamolik ko‘rgan (mijoz)” modelidan foydalanadilar (5.2.2-rasm). Bu modelda markaziy hukumat prinsipal (P) faoliyat yuritadi: u qoidalarni belgilaydi va o‘rta ham quyi bo‘g‘in amaldorlariga, ya’ni agentlarga (A) aniq vazifalar beradi. Bunda amaldorlar markaziy hukumat bilan alohida fuqarolar yoki firmalar, ya’ni mijozlar (M) o‘rtasida vositachilik qiladi. Soliqlar to‘lanishi evaziga agent prinsipal nomidan mijozlarga turli xil xizmatlarni ko‘rsatadi (firmalar faoliyatini litsenziyalashtiradi, fuqarolarga ijtimoiy nafaqalarni 63 Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодий хавфсизлик: назария ва амалиёт.Ўқув қўлланма.-Т.:Ноширлик ёғдуси, 2019-497-бет. taqdim etadi, xodimlarni davlat xizmatiga yollashni amalga oshiradi va hakazo). Masalan, soliq xizmati doirasida prinsipal sifatida soliq xizmati rahbari timsolida davlat namoyon bo‘ladi, agentlar – soliq to‘plovchilar, mijozlar – soliq to‘lovchilar namoyon bo‘ladi. Soliqlarni to‘lash evaziga soliq to‘lovchilar qonuniy faoliyat yuritish imkoniyatiga egadirlar, aks holda ularni jarimalar va boshqa jazolar kutadi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling