Abulqosimov h. P., Muminov n. G


Xorijiy mamlakatlarda iqtisodiy jinoyatlarning oldini olish


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

4.3.Xorijiy mamlakatlarda iqtisodiy jinoyatlarning oldini olish 
muammolari 
Iqtisodiy hayotni tartibga soluvchi huquq tarmoqlari ichida 
muhim o‘rinni ma’muriy-huquqiy tartibga solish va uning asosiy 
shakli bo‘lgan monopoliyalarga qarshi kurash hamda moliyaviy 
qonunchilik egallaydi. Ammo oxirgi o‘n yillikning o‘ziga xos tomoni 
iqtisodiy faoliyatga nisbatan jinoyat huquqining rivojlanishi bo‘ldi. 
G‘arb mamlakatlarida iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga xosligi 
turli davrlarda xususiy tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan 
boshqarishning bir xil emasligidadir. Ba’zida davlatning nazorat 
funksiyasi kuchaygan, ba’zida esa iqtisodning rivojlanish darajasiga 
qarab susaygan bo‘ladi. Bu moyillikni AQSh misolida yaqqol ko‘rish 
mumkin. AQSh da G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan farqli o‘laroq 
davlat sektori hech qachon katta ulushni tashkil qilmagan, keng 


hajmdagi milliylashtirish o‘tkazilmadi, ya’ni davlat tomonidan 
tartibga solish davlat boshqaruviga aylanmadi. 
Amerika hukumati boshqa mamlakatlarda qo‘llanilgan dunyo 
bozoridagi raqobat kurashida o‘z pozitsiyasini mustahkamlash 
maqsadida trestlarga yordam berish, rag‘batlantirish siyosatidan 
foydalanmagan. AQSh sharoitida xo‘jalik faoliyatini davlat 
tomonidan boshqarishning asosiy ko‘rinishi antitrest qonunchiligini 
yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu faoliyat, birinchi navbatda, alohida 
monopolistik uyushmalarning o‘z manfaatini ustun qo‘yish siyosatiga 
qarshi halol raqobatni saqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Bu 
borada yaratilgan qonunchilik uncha katta bo‘lmagan monopoliyalar 
manfaatini himoya qilishga qaratilgan. 
Ma’lumki, katta monopolistik uyushmalar, gigant korxonalar 
raqobat kurashining keskinlashuviga sabab bo‘ladi. Qonunlar ichida 
1890 yil qabul qilingan Sherman qonuni alohida o‘rin tutadi. Bu 
qonun o‘zga normativ moddalardan farqli o‘laroq, monopoliyalarni 
qonundan tashqarida deb e’lon qilgan va bu qonunga itoat etmaganlar 
uchun jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan. Sung Kleyton (1914 yil), 
Robinson-Petman (1936 yil), Seller Kefauer (1950 yil) va boshqa 
qonunlar qabul qilingan. 
Ammo hayot shuni ko‘rsatdiki, trestlar faoliyatini boshqarish 
umuman olganda, kam samarali bo‘lib kelmoqda. Qonunlarning 
bo‘zilishi xususidagi ishlarni hal etish yillar davomida tugallanmay 
qolgan. Bu esa, o‘z navbatida, yirik monopolistik uyushmalarga bir 
necha, ba’zi hollarda o‘n yillab o‘z faoliyatlarini davom ettirish, 
imtiyozlardan foydalanish natijasida katta-katta daromadlar olish 
imkonini bermoqda. AQSh da har yili minglab firma qo‘shilishib, 
yiriklashib bormoqda. 70-yillarda ularning soni yiliga 2 mingdan oshib 
ketgan edi. Bunday sharoitda davlat tomonidan qattiq nazorat qilish 
zaruriyati tutilgan, ayniqsa, 70-yillarda bu ishga katta e’tibor berilgan va, 
birinchi navbatda, iste’molchining huquqini himoya qilish (masalan, XX 
asrning 60-yillarida 20 dan ortiq, 70-yillarda esa 150 dan ziyod qonun 
iste’molchilar huquqini himoya kilish)ga qaratilgan bo‘lsa, 80-yillarda 
bu siyosat borasida bir oz yumshoqlik, sustkashlik kuzatildi.
Hukumat bu yillarda ishlab chiqarishni konsentratsiyalash, 
kapitalning yirik korporatsiyalar qo‘lida jamlanishiga yo‘l berdi. 


Natijada yangi yirik korporatsiyalar davri boshlandi. Ammo 
mutaxassislarning fikricha, so‘nggi yillarda bunday siyosatning salbiy 
natijalari namoyon bo‘la boshladi. Jamoatchilik fikrini o‘rganish 
korporatsiyalar siyosatiga qarshi chora-tadbirlarni, ular faoliyatini 
tartibga soluvchi qonunlarni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatmoqda. 
1985 yildan boshlab, yana eski monopoliya va raqobat bo‘yicha 
qonunchilikka rioya qilish kuchaytirildi. 1981-1987 yillar mobaynida 
Antitrest boshqarmasi yiliga o‘rtacha 80 tadan jinoiy ishi sudga yo‘lladi. 
Trestlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik nafaqat 
AQShda, balki Yevropa mamlakatlarida ham mavjud. Yevropada bu 
borada vujudga keltirilgan tizim amerikaliklar tizimidan bir oz farq 
qiladi. Kanada, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda ham shunga 
o‘xshash qonunlar qo‘llaniladi. 
Yevropa tizimi nafaqat Yevropa mamlakatlarida, balki 
Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa mamlakatlarda ham qabul 
qilingan. Bu tizim asosida (Sherman qonunidan farqli o‘laroq) 
monopoliyalarni g‘ayriqonuniy deb e’lon qilish yotmaydi. 
Monopoliyalar mavjudligi tan olinib, qonunlar ular tomonidan yo‘l 
qo‘yilgan jinoiy ish va mumkin bo‘lgan suiste’molliklarga qarshi 
kurash choralarini belgilaydi.
Germaniya Federativ Respublikasidagi tizim AQSh va 
Yevropada shakllangan tizimlar o‘rtasidagi oraliq tizimdir. G‘arb 
mutaxassislarining 
fikricha, 
umuman 
olganda 
antimonopol 
qonunchiligi iqtisodiy jinoyatlarning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lgan 
korporatsiyalar jinoyatiga qarshi qaratilgan vositalardan biridir.
Ko‘pgina qonuniy me’yorlar iqtisodiy jinoyatlarga qarshi 
iqtisodiy faoliyat sohasini tartibga solishga qaratilgan. Rivojlangan 
bozor munosabatlari mavjud mamlakatlarda davlatning iqtisodiy 
hayotga aralashuvi savdo sohasidagi, qishloq xo‘jaligini tartibga 
soluvchi, soliq, bank va moliya qonunchiligi orqali amalga oshiriladi. 
Bu 
qonunlarning 
ko‘pchilik 
moddalarida 
sodir 
etilgan 
huquqbuzarliklarga jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan. 
Bu sohadagi qonunchilikning rivojlanishi iqtisodiy jinoyatlarga 
nisbatan, mas’uliyatni kuchaytirish tomon bormoqda. Bunga yorqin 
misol sifatida XX asrning 30-40 yillarida AQSh da qabul qilingan bir 
qator qonunlarni keltirishimiz mumkin. Ularda barcha xatti-harakat 


uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. 1933 yilda qabul qilingan 
Qimmatbaho qog‘ozlar to‘g‘risidagi, 1934 yilda qabul qilingan 
Qimmatbaho 
qog‘ozlarni 
ayirboshlash 
to‘g‘risidagi, 
Kredit 
shartnomasi to‘g‘risidagi (1939 yil), Qimmatbaho qog‘ozlar 
egasining himoyasi to‘g‘risidagi (1940 yil) va boshqa qonunlarni 
misol tariqasida keltirish mumkin. 
Qonunchilik rivojlanishining keyingi bosqichi XX asrning 70- 80 
yillariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda barcha rivojlangan mamlakatlarda 
iqtisodiy jinoyatlarga qarshi maxsus qonunlar qabul qilindi
mavjudlari muayyan darajada ko‘rib chiqilib, jazolarni og‘irlashtirish 
tomonga o‘zgartirildi. Xususan, AQShda: Tovar ayirboshlash 
to‘g‘risidagi (1976 yil). Bank jamg‘armalari siri to‘g‘risidagi (1976 
yil), Trestlarga qarshi protsedura va sanksiyalar to‘g‘risidagi (1974 
yil) qonunlarga asosan oldingi qonunlarga o‘zgartishlar kiritilib, bu 
boradagi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar og‘ir jinoyatlar turkumiga 
kiritildi va mas’uliyat kuchaytirildi.
Jinoyatchilikni nazorat qilish to‘g‘risida (1976 yil) qabul qilingan 
qonunda AQShda bu bo‘yicha mutasaddi tashkilotga trestlarga karshi 
qaratilgan qonunlarni buzganligi uchun korporatsiyalarni jinoiy 
javobgarlikka tortish borasida shtatlarga yordam berish va ular 
imkoniyatini oshirish maqsadida mablag‘lar ajratish yuklatilgan. 
1977 yili qabul qilingan Xalqaro korrupsiya to‘g‘risidagi qonun 
Amerika konsernlariga xorijiy mamlakatlarning rasmiy vakillariga pora 
berishni tasdiqlaydi. 1978 yildagi qonun asosida tibbiy yordam 
ko‘rsatishning Mediker va Medikeyd dasturlari bo‘yicha firibgarlik 
uchun sanksiyalar kuchaytirilgan va Sog‘likni saqlash, Ta’lim hamda 
Ijtimoiy ta’minot vazirliklariga har qanday vrach yoki tibbiyot xodimiga 
o‘sha dasturlarda ishtirok etishni taqiqlash huquqini beradi. Kompyuter 
tizimi himoyasi to‘g‘risidagi (1979yil), Kredit kartochkalarini 
soxtalashtirish va qalbakilashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi (1984 
yil) qonunlar AQSh Qonunlar to‘plamining 1029 bo‘limdan iborat 
Moliya sohasida va ularga kirish vositalarini ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq nokonuniy faoliyat to‘g‘risidagi 18-bo‘limini to‘ldirdi. Bu 
bo‘lim soxta kirish vositalarini –kredit kartochkalari, raqamlar, hisob-
kitob schyoti raqamlarini ishlab chiqarish, foydalanish yoki o‘zga 
shaxsga berish borasida sodir etilgan huquqbuzarliklarni o‘z ichiga oladi. 


GFRda 1974 yili ko‘pgina huquqbuzarliklarga jinoiy javobgarlik 
belgilangan, vijdonsiz raqobat to‘g‘risidagi qonunga (1909 yil qabul 
qilingan) o‘zgartirishlar kiritilgan. 1976 hamda 1986 yillarda 
keyinchalik Jinoyat kodeksiga qo‘shilgan iqtisodiy jinoyatlarga 
qarshi kurash qonunlari qabul qilingan.
1976 yili qabul qilingan qonunda soxta bankrotlikka, kredit va 
subsiditsiyalar bo‘yicha firibgarlikka, sudxo‘rlikka javobgarliklar ko‘zda 
tutilgan. Shuningdek, kompyuter yordamida firibgarliq soxta pul ishlash, 
sanoat shpionaji, kompyuter sabotaji, cheklar va kredit kartochkalar 
bo‘yicha suiiste’molchiliklar, turli mukofotlarni o‘zlashtirishlarga 
javobgarlik ko‘zda tutilgan yangi qonun ham qabul qilingan. 
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash chora-tadbirlari xususida 
gapirganda, shuni ham nazarda tutish kerakki, bu voqelik yangi 
bo‘lmasa-da, biron-bir mamlakatda shu kunga qadar ularga qarshi 
kurashning kompleks dasturi ishlab chiqilmagan. Mavjud dasturlar yo 
cheklangan yoki ko‘z-ko‘z qilish uchun ishlab chiqilgan. Bunday 
holatning yuzaga kelishi iqtisodiy jinoyatlarning, bir tomondan, 
jamiyatning bazis munosabatlari bilan, ikkinchi tomondan, ustqurma 
munosabatlari bilan bog‘liqligidadir. Ba’zi tadqiqotchilar iqtisodiy 
jinoyatlarni bozor munosabatlarining immanent sharti, erkin 
tadbirkorlikning mavjudligi, uni ta’minlash uchun jamiyat 
to‘laydigan majburiy to‘lov mukofotdir, deb ta’kidlaydilar. Bunday 
qarashlar muayyan ravishda mazkur jinoyatlarga qarshi kurash olib 
borishni murakkablashtiradi. 
Bu o‘rinda yana iqtisodiy o‘sish sikllari va iqtisodiy jinoyatchilik 
o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligini ham ta’kidlash lozim. Iqtisodiy 
inqirozlar davrida, bir tomondan, iqtisodiy jinoyatlarning o‘sishi 
(og‘ir iqtisodiy sharoitda har qanday vositalar bilan moddiy holatini 
yaxshilashga urinish bilan bog‘liq), boshqa tomondan, bu turdagi 
jinoyatlarga qarshi kurashning kuchayganligini kuzatish mumkin 
(bunday holat iqtisodiy jinoyatlarning o‘ziga xos hususiyati bilan 
bog‘liq bo‘lib, iqtisodga yoki uning alohida tarmog‘iga zarar 
yetkazadigan eng muhimi, bu jinoyatlar inqirozlar davrida, iqtisod 
zaiflashganda namoyon bo‘ladi). 
Iqtisodiy jinoyatlarni tag-tugi bilan yo‘q qilish mumkin emasligini 
tushungan g‘arb mutaxassislari ularning masshtablarini cheklash 


zaruriyati xususida fikr bildirmoqdalar. Ammo bu masalani yechishda 
bir qator ilmiy, amaliy va texnik qiyinchiliklar yuzaga keladi. 
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashni murakkablashtiradigan 
yuqorida qayd etilgan iqtisodiy jinoyatlar tushunchasining noaniqligi, 
qonunchilikning takomillashmaganligi, bu jinoyatning aniq, muayyan 
jabrlanuvchisi yo‘qligi va boshqalar) omillardan tashqari, bunday 
jinoyatlarni aniqlash va ochish katta muammo ekanligini ham 
ta’kidlash mumkin. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling