Mavzu: Ma’muriy huquq asoslari reja: Ma’muriy huquq tushunchasi va manbalari
Download 29.25 Kb.
|
Azimjon-Ma\'muriy huquq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ma’muriy huquq tushunchasi va manbalari
Mavzu: Ma’muriy huquq asoslari REJA: 1. Ma’muriy huquq tushunchasi va manbalari; 2. Ma’muriy-huquqiy normalar va munosabatlar; 3. Davlat boshqaruv organlari tushunchasi va bo‘g‘inlari; 4. Ma’muriy majburlov; 5. Ma’muriy huquqbuzarlik va javobgarlik 1. Ma’muriy huquq tushunchasi va manbalari Ma’muriy huquq konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi va boshqa huquq tarmoqlari kabi mustaqil huquq tarmog‘i hisoblanadi. «Ma’muriyat» so‘zi arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, «boshqarish» ma’nosini bildiradi. SHu bois mu’muriy huquq ko‘pincha boshqaruv huquqi yoki boshqarishga oid huquq deb ta’riflanadi. Ma’muriy huquq davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni, ya’ni davlat organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyati jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Bu qoida ma’muriy huquq predmetini ham anglatadi. Ijtimoiy boshqaruvning asosiy turlaridan biri davlat boshqaruvidir. U davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat boshqaruv organlari faoliyatining mazmuni istiqbolni belgilash, rejalashtirish, moliyaviy ta’minlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, hisobga olish va nazorat qilishdan iborat. Bu davlat boshqaruvining keng tarqalgan vazifalaridan biri bo‘lib, barcha davlat organlari ularni o‘z faoliyati davomida qo‘llaydilar. Masalan, prokuratura – nazorat organi. Respublika Bosh Prkurori nafaqat barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muasasalar va fuqarolarning qonunlarga rioya qilishlarini, balki quyi bo‘g‘idagi prokurorlarning faoliyatini ham nazorat qilib turadi. Boshqaruv prokurorning asosiy vazifasi emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis palatalarining 2010 yil 12 noyabrda qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” ma’ruzasida O‘zbekistonda boshqarish tizimini isloh qilish masalasiga to‘xtalib, shunday deydi: “Boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o‘tkazish, O‘zbekistonda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning noyob shakli bo‘lgan mahalla tizimini shakllantirish masalalariga katta ahamiyat qaratildi”.[1] YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib, ma’muriy huquq sohasiga ushbu tarzda ta’rif bersa bo‘ladi. Davlat boshqaruvini tashkil etish tartibi va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni o‘z ichiga olgan huquqning alohida tarmog‘i ma’muriy huquq deb ataladi. Ma’muriy huquq bilan tartibga solinadigan munosabatlar asosan quyidagilardan iborat: tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo‘ysunadigan davlat organlari (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan vazirliklar, qo‘mitalar, hokimliklar) o‘rtasidagi munosabatlar; bir-biriga bo‘ysunmaydigan davlat boshqaruv organlari (ikki vazirlik, ikki hokimlik va hokazo) o‘rtasidagi munosabatlar; davlat boshqaruv organlari va ularga bo‘ysunadigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar; davlat boshqaruv organlari va jamoat birlashmalari (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va boshqalar) o‘rtasidagi munosabatlar; davlat boshqaruv organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar. Mamlakatimizning tashkiliy qurilish vazifalarini hal qilishda ma’muriy huquqning ahamiyati katta. Davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat apparatining ishini yaxshilash, boshqaruv faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning deyarli barchasi ma’muriy huquq normalari yordamida amalga oshiriladi. YA’ni aynan ma’muriy huquq normalari boshqaruv organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarni tashkil etish, o‘zgartirish yoki tugatish qoidalarini belgilab beradi. Ma’muriy huquq nafaqat boshqaruvni, balki boshqariluvchi faoliyatni ham taribga soladi. Misol uchun, yo‘l harakati qoidalari, jamoat joyida yurish turish qoidalari, ov qilish, savdo, sanitariya va yong‘ndan saqlash qoidalari va h.k. SHunday qilib, ma’muriy huquq normalari qanday qilmishlar (harakat yoki harakatsizlik) ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishi, ma’muriy javobgarlik turlari va usulini, bunday huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish tartibini o‘rnatadi. Ma’muriy huquq fanining boshqa huquqiy fanlar bilan o‘zaro aloqalari, munosabatlariga kelsak, shuni aytib o‘tish joizki ma’muriy huquqboshqa huquqiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Xususan oldingi mavzuda biz davlat (konstittutsiyaviy) huquqi sohasida fikr bildirgan edik. Davlat huquqi fanining predmeti ma’muriy huquqfanining predmetiga nisbatan kengdir. Masalan, davlat huquqi barcha davlat organlari uchun umumiy bo‘lgan tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini belgilab bersa, ma’muriy huquq normalari esa yuqoridagilarga asoslanib, davlat boshqaruvida ularni qo‘llashni tartibga soladi. Download 29.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling