Mavzu: Ma’muriy huquq asoslari reja: Ma’muriy huquq tushunchasi va manbalari
Download 29.25 Kb.
|
Azimjon-Ma\'muriy huquq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’muriy-tiklovchi choralar
- Mamuriy huquq galossariy
Ma’muriy cheklash choralari g‘ayriqonuniy harakatni majburiy tartibda to‘xtatish va ularning zararli oqibatlarining oldini olish zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Ular ham xilma-xil bo‘lib, ijro etuvchi organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan qo‘llaniladi.
Ularga quyidagilar kiradi: - qonunga xilof xatti-harakatlarni to‘xtatish talabi (masalan, ichki ishlar organlari xodimlari, fuqarolar va mansabdor shaxslardan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etishni to‘xtatishni talab qilishga haqlidirlar); - huquqbuzarni ushlab keltirish; - qurol ishlatish (masalan, haydovchi odamlarning sog‘lig‘i va hayoti uchun haqiqiy xavf tug‘dirayotgan bo‘lsa, transport vositasini to‘xtatish uchun); - atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan kasalliklar bilan og‘rigan shaxslarni majburiy davolash; - texnik holati belgilangan talablarga javob bermaydigan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash; - korxona va tashkilotlar barcha uchun majburiy u yoki bu qoidalarni buzgan taqdirda ularning faoliyatini to‘xatish yoxud tugatish va hokazo. Ma’muriy-tiklovchi choralar ashyolarning avvalgi holatini tiklash, etkazilgan zarani qoplash maqsadida qo‘llaniladi. SHu bois ushbu choralarning turi va miqdori huquqbuzar etkazgan zarar xususiyatiga va miqdoriga bog‘liq. Ularga quyidagilar kiradi: - ruxsat so‘ramay qurilgan binolar va inshootlarni buzib tashlash; - beruxsat egallab olingan turar joydan ko‘chirib yuborish; - tashkilotlardan qonunga xilof tarzda egallagan narsalarni olib qo‘yish; - voyaga etmagan fprzandi etkazgan zarani uning ota-onasidan undirish va hokazo. 1. Sub’ektlarning huquqiy normalar talablari asosidagi munosabatlarini nima keltirib chiqaradi? A) Huquqiy muomala layoqati; B) Huquqiy munosabat ob’ekti; S) Huquqiy munosabat maqsadi; D) Yuridik faktlar. 2. Huquq normasi nima? A) Diniy manbalarda berilgan iloҳiy tasavvurlardan kelib chiquvchi qoidalar; B) Odamlarning ezgulik va yovuzlik, adolat, insonning jamiyat oldidagi burchi haqidagi tasavvurlariga muvofiq ravishda jamiyat hayotida shakllangan qoidalar; S) Davlat tomonidan belgilangan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy qoidalar; D) Ko‘p marta takrorlash natijasida shakllangan va odat tusiga kirgan xulq-atvor qoidalari. 3. Quyidagilardan huquq tarmoqlarini aniqlang. A) Ma’muriy, fuqarolik, jinoyat, oila, mehnat; B) Davlat, ma’muriy, mehnat qilish, dam olish, oila; S) Ma’muriy, dam olish, jinoyat, oila, fuqarolik; D) Davlat, saylash, saylanish, oila, mehnat, jinoyat ; 4. Huquqbuzarlik nima? A) Huquq qoidalariga rioya etmaslik; B) Qoidani bajarmaslik; S) Ahloq qoidalariga rioya etmaslik; D) Intizom qoidalarini bajarmaslik. 5. Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunlar qanday munosabatlarni tartibga soladi? A) Mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni; B) Oiladagi mulkiy va shaxsiy munosabatlarni; S) Korxonalar o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarni; D) Barcha mulkiy munosabatlarni; 6. Fuqarolik huquqiy layoqat nima? A) Yashash, mol-mulkka ega bo‘lish huquqi; B) Yashash, merosga, saylash huquqiga ega bo‘lish; S) Yashash, fikrlash huquqi; D) Sud, tergov organlarida javobgar bo‘lish; 7. Fuqarolik muomala layoqati nima? A) Harakatlari bilan huquqiy munosabatda bo‘lish; B) O‘z harakatlari orqali oldi-sotdi ishlarni bajarish; S) O‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini olish va amalga oshirish; D) O‘z harakatlari asosida u yoki bu ishni bajarish; 8. Mehnat qonunlarining amal qilish doirasini aniqlang. A) O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston hududlarida amal qiladi; B) O‘zbekistonda amal qiladi; S) O‘zbekiston Res’ublikasining butun hududlarida amal qiladi; D) Qonun bilan belgilangan hududlarda amal qiladi; 9. Mehnat huquqlarini himoya qilish qanday amalga oshiriladi? A) Tekshiruv va nazorat qiluvchi organlar himoya qiladi; B) Sud organlari himoya qiladi; S) Qonun har bir shaxsning mehnat qilish huquqlarini himoya qiladi; D) Mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlar himoya qiladi; 12. 18 yoshga tolmagan xodimlarning ish vaqtini aniqlang? A) Haftasiga 35 soat; B) Haftasiga 24 soat; S) Haftasiga 36 soat; D) Haftasiga 30 soat; 11. Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb tan olish asoslari. A) Nikoh yoshiga yetmagan shaxsning, uning ota-onasining yoki vasiysining, prokurorning talabi bilan; B) Xotinning talabi bilan; S) Homiylarining talabi bilan; D) Oila a’zolarining talabi bilan; 12. Voyaga yetmaganlar javobgarligi uchun jinoiy jazo tizimini aniqlang. A) Jarima, mol-mulkni musodara qilish; B) Ahloq tuzatish ishlari, maxsus vazifadan ozod qilish S) Ozodlikdan mahrum qilish, jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq; D) Ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish; 13. Ahloq tuzatish ishlari voyaga yetmagan jinoyatchilar uchun necha yoshdan qo‘llaniladi? A) 14 yoshdan; B) 16 yoshdan; S) Qonunda yoshi ko‘rsatilmagan; D) Sud hukmi hal qiladi; 14. Voyaga yetmaganlar 13 yoshdan 16 yoshgacha uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etsalar necha yilgacha jazo beriladi? A) 2 yilgacha; B) 1 yilgacha S) 3 yilgacha; D) Sud hukmi hal qiladi; 15. Oila kodeksi qachon joriy qilingan? A) 1998-yil 30-aprel B) 1998-yil 1-sentabr S) 1998-yil 12-dekabr D) 1996-yil 1-sentabr 16. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga qaysilar kiradi? A) Bosqinchilik, talonchilik. B) O‘zlashtirish,firibgarlik. S) O‘grilik, davlat va hususiy mulkka qarshi jinoyatlar D) Tuhmat qilish, o‘zlashtirish Mamuriy huquq galossariy Download 29.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling