Mavzu: Ma’muriy huquq asoslari reja: Ma’muriy huquq tushunchasi va manbalari


Download 29.25 Kb.
bet2/10
Sana19.06.2023
Hajmi29.25 Kb.
#1615337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Azimjon-Ma\'muriy huquq

Ma’muriy huquq manbalari bo‘lib, o‘zida ma’muriy huquqiy normalarni ifoda etgan davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlarining (ayrim hollarda boshqa davlat organlarining) aktlari hisoblanadi. Bu normalar qonunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va farmoishlarida, Vazirlar Mahkamasi qarorlarida, vazirlik, davlat qo‘mitalari va idoralarning hamda mahalliy davlat hokimiyati normativ huquqiy aktlarida nomoyon bo‘ladi.
Boshqa huhuq sohalari singari ma’muriy huquqning ham asosiy manbasi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi ham ma’muriy huquq manbalari tizimida alohida o‘rinni egallaydi. Zero unda ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi, ma’muriy javobgarlik tushunchasi va turlari, ma’muriy normalarning harakat qilishi, ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli organlar, ularning faoliyat yo‘nalishi va vakolatlari doirasi to‘g‘risidagi qoidalar o‘z o‘rnini topgan.
Ma’muriy huquq manbalariga O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi, Bojxona kodeksi, Soliq kodeksi va boshqa huquqiy normativ aktlarni kiritishimiz mumkin.
Ma’muriy huquq manbalariga Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qator qonunlarni kiritishimiz mumkin. Xususan O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 4 yanvarda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyat organlarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi[2], O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrdagi «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi[3], qonun xujjatlari va boshqalarni kiritishimiz mumikn.
Ma’muriy huquq manbalariga shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan chiqarilgan aktlar ham ma’muriy huquqning manbalari qatoriga kiradi.
2. Ma’muriy-huquqiy normalar va munosabatlar
Ma’muriy-huquqiy normalar –davlat boshqaruvi sohasida davlat boshqaruvi organlari, davlat xizmatchilari, shuningdek korxona, muassasa, tashkilotlar, mehnat jamoalari va fuqarolarning qonunchilik bilan ruxsat etilgan yurish turish chegarasini belgilab beradi.
Lozim tarzdagi xulq-atvor qaysi harakatlarni sodir etish mumkin (ruxsat etiladigan xatti-harakatlar), qaysilaridan o‘zni tiyish kerak (taqiqlar), qaysilarini bajarish zarur (imperativ) ko‘rsatmalar ekanligini ko‘rsatishni taqazo etadi. Inson xulq-atvorlariga boshqaruv ta’sirini ko‘rsatishning mohiyati ana shunda namoyon bo‘ladi.
Bunda ma’muriy-huquqiy normalarning muhim xususiyatiga e’tiborni qaratish kerak. Ushbu normalar, avvalo, ijro etuvchi hokimiyat (davlat boshqaruvi) sub’ektlariga qaratilgan majburiy xulq-atvor qoidalariga ega.

Download 29.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling