Mavzu: Ma’muriy huquq asoslari reja: Ma’muriy huquq tushunchasi va manbalari


Download 29.25 Kb.
bet9/10
Sana19.06.2023
Hajmi29.25 Kb.
#1615337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Azimjon-Ma\'muriy huquq

Bir taraflama bitim – FKning 102-moddasiga muvofiq, bitim tuzish uchun qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga ko`ra, bir tarafning xohishi zarur va yetarli bo`lsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanadi. Bir taraflama bitim uni tuzgan shaxs uchun burchlarni keltirib chiqaradi.
Bir umrga ozodlikdan mahrum etish – jinoiy jazo turi. Faqat hayotga suiqasd qiluvchi o`ta og`ir jinoyat uchun belgilangan o`lim jazosiga muqobil chora sifatida nazarda tutiladi va sud so`nggi jazo chorasini qo`llamaslik mumkin deb hisoblangan hollarda belgilanadi. O`zbekistonda 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab o`lim jazosining bekor qilinishi bilan jazo chorasi sifatida qo`llanishi nazarda tutilmoqda.
Bitim – fuqarolik huquqida fuqaro va yuridik shaxslarning fuqarolik huquqi va majburiyatlarini o`rnatish, o`zgartirish va tugatishga qaratilgan harakat.
Boshqaruv shakli – kompleks konstitutsiyaviy-huquqiy institut bo`lib, bunda hokimiyatning rasmiy manbai va amalga oshirilish shakli anglanadi. Boshqaruv shaklining asosiy, belgilovchi alomati davlat boshlig`ining huquqiy maqomidir. Hozirgi zamon davlatlaridagi boshqaruv shaklining ikki turi mavjud: respublika va monarxiya.
Bo`linadigan va bo`linmaydigan ashyo – bo`linadigan ashyo deganda bajaradigan vazifasini bo`lish mumkin bo`lgan narsalar, bo`linmaydigan ashyo deganda esa – shu tariqa bo`lina olmaydigan narsalar tushuniladi. Shunday qilib, don va ko`mir-bo`linadigan, televizor va avtomobilь esa bo`linmaydigan ashyodir.
Vakolat – fuqarolik huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi shaxsga beriladigan faoliyat doirasi. Fuqarolik qonunlariga ko`ra, vakolat bir shaxs tomonidan vakillikni amalga oshirish chog`ida beriladi va vakolat berilgan shaxsning huquq doiralari belgilab qo`yiladi.
Vasiylik – FKning 32-moddasiga muvofiq, vasiylik muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga to`liq layoqatli bo`lmagan, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Vasiylar o`z himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladilar.

Download 29.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling