2.Iste’molchilar huquqlarini poymol etish – soxta reklama,
sifatsiz tovarlarni ishlab chiqarish. Bu guruh jinoyatlarga savdoda,
iste’mol buyumlarini ishlab chiqarishda va iste’molchilarga xizmat
ko‘rsatish sohalarida sodir etilgan hamda iste’molchiga ziyon
yetkazish bilan bog‘liq javobgarliklar kiradi. Xususan, AKShda 1964
yili qabul qilingan “G‘irrom savdo amaliyoti to‘g‘risida umumiy
qonun”da firma, kompaniyalar jinoiy faoliyatlarining quyidagi
ko‘rinishlari keltirilgan:
• tovarni sotishda, xizmatlarni bajarishida ularni o‘zga tovar va
xizmatlar deb o‘tkazish:
• resurslar, xomashyolar, tovar assortimenti va xizmat ko‘rsatish
bo‘yicha atrofdagilarni chalg‘itish;
• soxta vakolatxona va nomlardan foydalanish;
• tovar va xizmatlarni maxsus tavsiflarga, xususiyatlarga,
ingrediyentlarga, afzalliklarga, yuqori sifatga ega qilib ko‘rsatish;
• amalda o‘zgargan, ishlatilgan, eskirgan tovarlarni yangi,
original sifatida tavsiya etish;
• amalda tovarni unga xos bo‘lmagan sifat, nav, alohida standart,
uslub, modelga ega deb tavsiya etish;
• raqibning tovar va xizmatlariga xos bo‘lgan afzalliklarni
pasaytirib ko‘rsatish, bunday holatni tasdiqdovchi soxta hujjatlarni
taqdim etish;
• tovar va xizmatlarni soxta reklama qilish;
• narxni pasaytirishni asoslash xususidagi yolg‘on arizalarni
tarqatish;
• raqibni chalg‘itadigan boshqa xatti-harakatlar.
Bu borada amalda barcha mamlakatlar qonunchiligida sifatsiz
dorilar va medikamentlar, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni ishlab
chiqarganligi va sotilishini tashkil qilgani uchun javobgarlik ko‘zda
tutilgan (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
186-moddasi).
3.Yollanma ishchilar haq-huquqlarini poymol etish – mehnat
shartnomalari va xavfsizlik texnikasi me’yorlarini buzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |