Abulqosimov h. P., Muminov n. G


 Kreditorlarning huquqlarini poymol etish – zayom kapitali


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

4. Kreditorlarning huquqlarini poymol etish – zayom kapitali 
bilan suiiste’mol qilish (soxta bankrotlik, subsidiyalar bilan 
bog‘liq tovlamachilik va boshqalar). 
 Soxta bankrotlik. Soxta bankrotlik qalloblik yo‘li bilan mavjud 
bo‘lgan firma nomiga olingan kreditlarni qaytarmay, suiiste’mol 
qilish oqibatida yoki soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash natijasida 
sodir etiladi. 
Tovlamachilik 
yordamida 
amalga 
oshirilgan 
kredit 
operatsiyalari bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi: 
• tovarlarni kreditga olish; 
• sotib olingan molni sotish yoki boshqa xatti-harakatni amalga 
oshirish; 
• o‘z harakatlarini bekitish; 
• kreditorlarga qarzni to‘lamaslik; 
• bankrotlik xususidagi petitsiya, so‘rovni tegishli idoralarga 
topshirish. 
Bunday bankrotlik rejalashtirilgan deb tasniflanadi. Bunday 
jinoyatlar bir vaqtning o‘zida yoki ketma-ket uch bosqichdan iborat 
xatti-harakatdan tashkil topadi. Uch bosqichli bankrotlikda, eng 
avvalo, yangi firma yoki kompaniya tashkil etiladi. So‘ng bankda 
hisob raqami ochiladi va operatsiyalar amalga oshiriladi. Kompaniya 
turli tovar yetkazuvchilardan tovar (mol) ola boshlaydi va ularga 
to‘lash uchun kredit olishga bankka murojaat etadi. 
Kompaniya olingan kreditni yangi tovar (mol) yetkazib 
beruvchilarni izlab topishga, tovarlarni sotib olishga sarf qiladi, to‘lov 
muddati kelgan kreditlarni to‘lashni kechiktirib, paysalga solib 
boradi. Kompaniya o‘z buyurtmalarini ko‘paytirib, so‘ng ularni past 
narxlarda o‘g‘irlangan tovarlar bilan savdo qiladiganlarga yoxud 
mahsulotning kelib chiqish manbai bilan qiziqmaydiganlarga sotadi. 
Tadbirkorlar tovar bo‘yicha tushumlarni oladilar, ularni yoki 
bekitadilar, yoki ish faoliyatlarini tugatishadi, ana undan sung 
o‘zlarini bankrot deb e’lon qilishadi. Bazi hollarda jinoyatchilar 
quyidagicha ish tutadilar: faoliyat ko‘rsatib turgan, katta summada 
krediti bor firma yoki korxonani sotib oladilar. Tovarlarni ko‘p 


miqdorda xarid qilib, so‘ng o‘zlarini bankrot deb e’lon qiladilar. 
Subsidiyalar borasidagi tovlamachilik. Bu boradagi jinoyatlar 
serfoyda bo‘lib, u keng tarqalgandir. Bu jinoyatlar davlatning rasmiy 
subsidiyalarini bu mablag‘larni olishga huquqi yo‘q shaxslarga 
(yuridik va jismoniy) rasmiylashtirish asosida amalga oshiriladi. 
Davlat subsidiyalari, odatda, qishloq xo‘jalik korxonalarini 
rivojlantirishga, 
qurilishga 
hamda 
eksport- 
import 
savdo 
operatsiyalarini amalga oshirishga ajratiladi. Aksariyat hollarda, 
xususan, Germaniyada tashqi iqtisodiy savdo-sotiqni rivojlantirishga 
ajratilgan subsidiyalar borasidagi tovlamachilik ko‘p uchraydi. 
Masalan, mahsulotini dunyo bozorida past narxda sotadigan 
raqobatdosh bo‘lmagan firmalarga, agar xukumat shu firmalar orkali 
mahsulotini sotishga manfaatdor bo‘lsa, subsidiyalar ajratadi. 
Hukumat Afrika va Osiyo mamlakatlariga tovar sotadigan firmalarga 
ko‘proq subsidiyalar ajratadi. Bunday holatdan foydalanish 
maqsadida 
firmalar 
mamlakatlar 
bilan 
o‘z vakillarining 
vositachiligida soxta shartnoma tuzadilar va shu asosda katta pul 
mablag‘lariga ega bo‘ladilar, tovarlarni ko‘p miqdorda subsidiya 
olish huquqini bermaydigan o‘zga mamlakatlarga olib borib sotadilar. 
Tovlamachilikning yana bir turi tovarlarni import qilayotganda 
yuzaga keladi. Bu holatda jinoyatchilar rivojlangan mamlakatlardan 
tovarni sotib olish uchun subsidiyalarni olib, aslida tovarlarni 
rivojlanayotgan mamlakatlarda xarid qilib, ularni Yevropa savdo 
mahsulotlari deb o‘tkazadilar. Bu tovlamachiliklar tovar hujjatlarini 
soxtalashtirish, lavozimdagi shaxslarga pora berish va shu kabilar 
orqali sodir etiladi. Bu ko‘rinishdagi tovlamachiliklar real mavjud 
firmalar tomonidan amalga oshiriladi. Lekin amaliyotda soxta 
firmalarning ham subsidiya olishlari tez-tez uchrab turadigan holga 
aylanib qoldi. Bunday hollarda ikkiyoqlama tovlamachilik yuzaga 
keladi – amalda yo‘q firma subsidiya oladi. Ikkinchi tomondan, soxta 
firmani tashkil qilgan jinoyatchilar tashqi savdoga to‘lanadigan katta 
miqdordagi soliqlarni to‘lashdan qutulib qoladilar. 
Balans 
vedomostlari 
bo‘yicha 
tovlamachilik. 
Balans 
vedomostlarini 
qalbakilashtirish 
ulardagi 
kamomadni, 
tovlamachilikni, 
kreditlar 
bo‘yicha 
nayranglarni 
hamda 
kompaniyaning salbiy moliyaviy holatini yashirish maqsadida 


amalga oshiriladi. Balans vedomostlarida kompaniyaning to‘lov 
qobiliyati ko‘rsatkichlari soxtalashtiriladi. Bu xatti-harakatlarga yana 
aksionerlarni jalb qilish ham nazarda tutiladi. Kapital mablag‘lar 
bo‘yicha 
tovlamachilik 
ham 
balans 
vedomostlarini 
soxtalashtirishning oqibati sifatida keng tarkalgan. Balans borasidagi 
tovlamachilik jinoyatlarining eng markazida yashirilgan (xufyona) 
zahiralari deb nomlangan kapital yotadi-ki, u balans vedomestini 
ko‘zdan kechirayotgan begona shaxslarga ko‘rinmaydigan real 
kapitaldir. 
Shunday qilib, kompaniyaning real kapitali vedomostlarda 
ko‘rsatilmaydi, yana bir qism mablag‘lar aksionerlardan ham 
yashiriladi. 
Bunday 
yashirilgan 
zaxiralarning 
mavjudligini 
asoslashda kompaniya raxbarlari bunday zaxiralar ogar moliyaviy 
holat yuzaga kelgan ziyonlarni koplash, ularni foyda top i shga burish 
mumkinligini e’tirof etadilar. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling