Abulqosimov h. P., Muminov n. G
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9JYP6FK7Ysicny4COFKL
7.1.6-jadval
Lotin Amerikasi mamlakatlarida iqtisodiy faol aholi (IFA) tarkibida norasmiy ish bilan bandlarning ulushi, %da 119 Mamlakatlar Shahar IFA dagi ulushi Umumiy IFAdagi ulushi 1950 y. 1980 y. 1950 y. 1980 y. Argentina 21,1 23,0 22,8 25,7 118 Quyidagilar asosida tuzilgan: Неформальный сектор в странах Латинской Америки. Масштабы и структура, тенденции и факторы развития, роль в национальной экономике. М., 1992. С. 21, 98, 66, 50; Сото Э. де. Иной путь. Невидимая революция в третьем мире. М., 1995. С. 49. ; Латов Ю.В., Ковалев С.Н. Теневая экономика: Учебное пособие для вузов / под.ред. д.п.н., д.ю.н., проф. В.Я. Кикотя; д.э.н., проф. Г.М. Казиахмедова. – М.: Норма, 2006.- 336 с.; Наумов Ю.Г., Латов Ю.В. Экономическая безопасность и теневая экономика. Учебник. М.: Академия управления МВД России, 2016. – С.163. 119 Quyidagilar asosida tuzilgan: Portes A., Sassen-Koob S. Making It Underground: Comparative Material on the Informal Sector in Western Market Economies // American Journal of Sociology. 1987. Vol. 38. No. 1. P. 34.; Наумов Ю.Г., Латов Ю.В. Экономическая безопасность и теневая экономика. Учебник. М.: Академия управления МВД России, 2016. – С.163. Braziliya 27,3 27,2 48,3 44,5 Chili 35,1 27,1 31,0 28,9 Meksika 37,4 35,8 56,9 40,4 Peru 46,9 40,5 56,3 55,8 Venesuela 32,1 20,8 38,9 31,5 Jami Lotin Amerikasi 30,8 30,3 46,5 42,2 Rivojlangan mamlakatlarda «norasmiylik». K.Xartning kashfiyotlaridan so‘ng norasmiy iqtisodiy faoliyat faqatgina kamtaraqqiy etgan mamlakatlarda mavjud emasligi aniqlandi. 1970- yillarda norasmiy iqtisodiy faoliyat g‘arbning rivojlangan mamlakatlarida ham aniqlandi. 120 Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda “xufyona iqtisodiyot” mavjudligini amerikalik iqtisodchi P.Gutmann kashf etgan. 1977 yilda u maqola chop etib, unda bu hisobga olinmaydigan faoliyat keng tarqalib ketib, uni endi e’tiborsiz qoldirib bo‘lmasligini ta’kidlagan edi 121 . 1979 yilda amerikalik iqtisodchi Edgar Fayg tomonidan e’lon qilgan maqola mojarolarni keltirib chiqardi: professor AQShda “boshqarilmaydigan iqtisodiyot” (irregular economy) rasmiy YaMMning uchdan birini qamrab olganligini hisoblab chiqdi, bu ko‘rsatkich “uchinchi dunyo” mamlakatlari norasmiy sektorining hajmi bilan deyarli tengdir 122 . E.Faygning hamkasabalari bir ovozdan uni ko‘rsatkichlarni bir necha baravar ko‘tarib yuborganlikda ayblashdi (balkim, muallif ataylab maqolani ko‘pirtirib yozgandir). 120 Ta’kidlash kerakki, g‘arbda yashirin bozorni (black market) 1940-1950 yillardan boshlab o‘rganilgan, bunda ikkinchi jahon urushi davrida asosiy iste’mol tovarlariga bo‘lgan narxlarni tartibga solish tajribasi oqibatlaridan foydalanilgan. Aynan o‘sha davrda yashirin bozorning chetga og‘uvchi talab va taklif egri chiziqlariga ega klassik modeli (Bouldyng modeli) ishlab chiqilgan edi. Ammo bu tadqiqotlar “aql o‘yini” akademik xarakteriga ega bo‘lib, katta e’tiborni jalb etmas edi, chunki harbiy tartibni yo‘q bo‘lishi bilan ushbu tadqiqot ob’ekti yo‘q bo‘lib ketadi deb hisoblanar edi. Qarang: Butterworth J. The Theory of Price Control and Black Market. Aldershot etc., Avebury, 1994. P. 26-35. 121 Qarang: Gutmann P. The Subterranean Economy // Financial Analysis Journal. 1977. Vol. 33. 122 Qarang: Feige E. L., Feige E. How big is the irregular economy? // Challenge. 1979. Vol. 6. No. 22. P. 5-13. Masalan, P.Gutmann 1978 yilda AQSh norasmiy iqtisodiyoti hajmini rasmiy YaMMga nisbatan taxminan 10% deb baholagan edi 123 , V.Tanzi esa bu ko‘rsatkichni 4,4% deb qayd qilgan edi 124 . Mutaxassislar ushbu hodisani miqyosi haqida munozaralarni davom ettirishi bilan rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning ushbu sektoriga muntazam ravishda e’tibor qaratila boshlandi. Keyinchalik norasmiy iqtisodiy faoliyatning maxsus tadqiqotlari faqatgina AQShda emas, balki boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham olib borilish boshlandi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling