Abulqosimov h. P., Muminov n. G
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9JYP6FK7Ysicny4COFKL
Mead D. С, Morrisson С. Op. cit. Р. 1613.
isbotlaydi: “ro‘yxatdan o‘tkazish soliqlar to‘lanishining majburiy va yetarli sharti emas. Ro‘yxatdan o‘tkazish mezoniga asoslanadigan norasmiy sektorni ta’rifi faqatgina korxona registratsiya to‘lovidan tashqari soliqlarni ham to‘lashini qayd etishi mumkin” 115 . Mehnat qonunchiligiga rioya qilish mezoni bo‘yicha holat ham bir xillikdan ancha uzoqdir: ba’zi mamlakatlarda (Jazoir, Nigeriya) ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning kamchiligi mehnat me’yorlariga amal qiladi, boshqa mamlakatlarda (Tunis, Svazilend, Tailand) aksincha, norasmiy sektor korxonalari ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsalar ham mehnat kodeksiga amal qiladilar. Bu yana bir bor korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish ularni tartibga solinuvchi tizimga kiritilishini anglatmaydi 116 . Shu sababdan rasmiy va norasmiy biznes o‘rtasida chegara o‘tkazish murakkabdir. D.Mid va K.Morrissonlar mavjud ma’lumotlar kichik biznesda jismoniy va “inson” kapitalining o‘rni to‘g‘risidagi mulohazalarni olib borish uchun yetarli emasligini ta’kidlashadi. “Inson” kapitali haqida to‘xtalsa, Ekvador va Yamaykada tadbirkorlarning yarmidan oshig‘i o‘rta va oliy ma’lumotga egalar, Tailandda bilimlilik darajasi ancha pastdir. Bu ma’lumotlar norasmiy sektorda, asosan, ma’lumotga ega emas odamlar ishlaydi degan tushunchani inkor etadi. Tailand va Tunisda ko‘pchilik (50-70%) kichik korxonalar jismoniy kapitalga investitsiyalarni amalga oshirsalar, Jazoirda esa kamchilik (15-30%) korxonalar bunday investitsiyalarni amalga oshiradilar, bu ushbu mamlakatda norasmiy sektor korxonalarida modernizatsiya jarayonlarini past darajada ekanligidan dalolatdir. D.Mid va K.Morrissonlar xulosasiga ko‘ra “uchinchi dunyo” mamlakatlarining deyarli barchasida ko‘pchilik korxonalar quyidagi umumiy xususiyatlarga egadirlar: band bo‘lganlarni soni kam, soliq va boshqa qoidalarga rioya qilmaslik, past darajada kapital sig‘imkorligi. Ammo bu xususiyatlarning barchasi birdaniga uchramasligi mumkin, shu sabab norasmiy sektorning universal ta’rifini ishlab chiqish murakkablashmoqda. “Norasmiylik”ni o‘ziga xos mozaikaga o‘xshatish mumkin, uning elementlari ichida qonuniy 115 Mead D. С, Morrisson С. Op. cit. Р. 1613. 116 O‘sha yerda va tasodifiylarini ajratib olish juda murakkabdir. Ushbu holatni e’tiborga olib, tadqiqotchilar tahlilchilarni turli mamlakatlarning ma’lumotlarini tanqidiy baholashlari va har bir holatda norasmiy sektor tushunchasiga qanday mazmun berilayotganing aniq ko‘rsatishlarini so‘rashmoqda. Chunki har bir mamlakatda norasmiy sektorga turli holatda turli mazmun berilmoqda. Har qanday holatda “uchinchi dunyo” tadqiqotchilari norasmiy sektor rivojlanayotgan mamlakatlarda katta ahamiyatga egaligini yakdillik bilan tan olishmoqda. Ba’zi mamlakatlarda u hatto rasmiy iqtisodiyotdan ham oshib ketgan (7.1.4- va 7.1.5-jadvallar). Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling