Abulqosimov h. P., Muminov n. G


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

7.1.3-Jadval. 
Rasmiy va norasmiy sektor korxonalarining solishtirma 
xarakterli belgilari 
Xarakterli belgilar 
Rasmiy sektor 
Norasmiy sektor 
Tarmoqqa kirish 
bar’erlari 
Yuqori 
Past 
Texnologiyalar
Kapital sig‘imi 
yuqori 
Mehnat intensiv 
Boshqaruv
Byurokratik 
Oilaviy 
Kapital
Ortiqcha 
Yetishmaydi 
Ish vaqti 
Muntazam 
Muntazam emas 
Mehnatga haq to‘lash 
Normal 
Chegaralangan 
Foydalanadigan 
moliyaviy xizmatlar 
Bank xizmatlaridan 
foydalaniladi 
Shaxsiy, norasmiy 
xizmatlardan 
foydalaniladi 
Xaridorlar bilan 
munosabatlar 
Shaxsga tegishli 
emas 
Shaxsiy
Doimiy xarajatlar 
Yirik 
Katta emas 
Reklamadan 
foydalanish 
Majburiy 
Kam yoki yo‘q 
109
Qarang.: Fidier P., Webster L. The Informal Sectors of West Africa // The 
Informal Sector and Microfinance Institutions in West Africa / Ed. by L, Webster, P. 
Filder. Washington, 1996. P. 5-20. 
110
Ushbu yondashuv XMTning hozirgi vaqtdagi dokladlarida ham mavjud. Qarang, 
masalan: Дилемма неформального сектора. Женева, 1991. С. 4. 


Hukumat 
subsidiyalaridan 
foydalanish 
Ko‘pincha katta 
hajmda 
Mavjud emas 
Bozor yo‘nalishi 
Ko‘pincha 
eksportga 
yo‘naltirilgan 
Kam hollarda 
eksportga 
yo‘naltirilgan 
 
“Uchinchi dunyo” muammolari bo‘yicha ingliz mutaxassisi Rey 
Bromler Norasmiy sektor konsepsiyasini jadallik bilan keng 
tarqalishini tushuntirayotib K.Xart tomonidan taklif etilgan 
“terminologiya va u bilan bog‘lik konsepsiya kerakli joyda va kerakli 
vaqtda paydo bo‘lgan”
111
ini qayd etgan edi. Uning fikricha, Norasmiy 
sektor konsepsiyasining qisqa muddatda xalqaro miqyosda tanilishiga 
sabab, u tomondan taqdim etilayotgan tavsiyalar 1970-yillarda 
xalqaro tashkilotlar va jadal islohotlar tarafdori bo‘lmagan 
hukumatlar uchun juda qulay va mos edi.
Norasmiy sektorni qo‘llab-quvvatlash “boylar uchun xavf 
tug‘dirmay kambag‘allarga yordam berish” imkonini beradi, ya’ni, 
bir tomondan, daromadlarni qayta taqsimlash talablari va boylik 
o‘rtasida murosani topish, ikkinchi tomondan, elita (oqsuyaklar)ni 
barqarorlik muhitida yashash hoxishi. “XMT tomonidan norasmiy 
sektor konsepsiyasini shoshilinch qabul qilinishi, hamda (ushbu 
konsepsiya asosida) ko‘pchilik xalqaro hisobotlarni tayyorlash tezligi 
ushbu konsepsiya nega avvaliga ko‘pgina kelishmovchiliklar va 
anomaliyalarga ega bo‘lganligini, shunday ekan, shahar norasmiy 
sektori to‘g‘risida turli-tuman va qarama-qarshi adabiyotlar paydo 
bo‘lishini tushuntirishga yordam beradi”
112

Undan tashqari kam rivojlanganlik iqtisodiy konsepsiyalarining 
umumiy evolyutsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa omillar ham ta’sir 
ko‘rsatgan. Norasmiy sektor to‘g‘risidagi munozara va bahslarni 
1970-yillarda iqtisodchilar o‘rtasida bo‘lgan “uchinchi dunyo”ning 
boshqa muammolari (“o‘sish uchun qayta taqsimlash”, “yangi 
xalqaro tartib” to‘g‘risida, “asosiy ehtiyojlarni qondirish” to‘g‘risida) 
111
Bromley R. The Urban Informal Sector: Why is it Worth Discussing? // World 
Development. 1978. Vol. 6. No. 9/10. P. 1035-1936. 
112
Bromley R. Op. cit. P. 1036-1037. 


gi bahslar bilan uzviy bog‘liqlikda ko‘rib chiqish kerak. 
R.Bromleyning fikricha, bu bahslarning barchasi liberal, neoklassik 
yondashuv tarafdorlariga qulay kelib, ularning ta’kidlashlaricha 
islohotlar siyosati kambag‘allar uchun, hamda radikal, neomarksistik 
qarashlar namoyondalari uchun “rivojlanishdan manfaat” keltiradi. 
Norasmiy sektor borasidagi munozaralar “uchinchi dunyo”ni 
iqtisodiy 
taraqqiyotining 
dolzarb 
muammolarini 
ideologik 
stereotiplarga chalg‘imasdan hal etish imkonini berdi. 
Tadqiqotchilar safini kengayishi tadqiqot ob’ektini tushunib 
yetishda bir qancha qiyinchiliklarni tug‘dirdi. Agar afrikashunoslar 
norasmiy iqtisodiyotni ta’riflashda uning kichik miqyosdaligi va 
korxonalarni texnik jihozlanishini yetarli emasligi kabi jihatlaridan 
kelib chiqishsa, lotin amerika mamlakatlari bo‘yicha tadqiqotchilari 
uning nolegalligiga alohida e’tibor qaratganlar. Ushbu ikki 
yondashuv bir-biriga yaqin bo‘lib, norasmiy iqtisodiyotga 
umumlashgan ta’rifni shakllantirish imkonini beradi: norasmiy 
iqtisodiyot – bu asosan kichik va mayda tadbirkorlik birliklari 
tomonidan taqdim etiladigan oddiy tovar va xizmatlar ishlab chiqarish 
bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan iqtisodiy faoliyatdir. Shunday 
bo‘lsa ham, “norasmiylik”ning asosiy mezonlarini aniqlash bo‘yicha 
bahslar hanuzgacha davom etmoqda. Norasmiy sektorni muhim 
jihatlarini belgilashda paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarni amerika 
iqtisodchisi Donald Mid va fransuz iqtisodchisi Kristian 
Morrissonlarning
113
1990 yilda “uchinchi dunyo” mamlakatlarida 
kichik biznesni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlari (tadqiqot davomida 
yetti mamlakatdan 2200ta korxona o‘rganildi) to‘liqroq aks etadi. 
Ushbu olimlarning tadqiqotlarini ko‘rsatishicha “norasmiy sektor” 
tushunchasini aniqlashda uch mezondan kelib chiqiladi – qonuniylik 
(korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, soliqlarni to‘lash, mehnat 
qonunchiligiga rioya qilish va boshq.); korxonaning hajmi (ko‘pincha 
5-10 kishi band bo‘lgan korxonalarni norasmiy sektorga taaluqli deb 
hisoblashadi) va ishlab chiqarishning kapital sig‘imkorligining 
darajasi. Ushbu xarakterli belgilar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir, shu 
sababdan ularning qaysi biri katta ahamiyatga egaligi muhim emasdir. 
113
Qarang: Mead D. С, Morrisson С. The Informal Sector Ele-pfant // World 
Development. 1996. Vol. 24. No. 10. P. 1611-1619. 


Lotin Amerikasidagi ikki mamlakat (Ekvador, Yamayka), 
Afrikadagi to‘rt mamlakat (Jazoir, Tunis, Nigeriya, Svazilend) va 
Osiyodagi bir mamlakat (Tailand) lardagi tadqiqot natijalari bo‘yicha 
axbortlardan 
foydalanib 
D.Mid 
va 
K.Morrissonlar 
ushbu 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarda 
kichik 
biznesning 
legalliligi 
(ro‘yxatdan o‘tkazish, soliqlarni to‘lash va mehnat qonunchiligiga 
rioya qilish) va kapital sig‘imkorligini solishtirishgan. Ushbu 
tadqiqotning natijalari juda qiziqarlidir. 
Korxonalarda band bo‘lganlar soniga qarab guruhlashtirib 
tadqiqotlar olib borish shuni ko‘rsatdiki, o‘rganilayotgan mamlakatlar 
o‘rtasida kichik korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish darajasi bo‘yicha 
keskin farqlar mavjud. Masalan, Jazoirda deyarli barcha mayda ishlab 
chiqaruvchilar va savdogarlar maxsus sertifikatlarga egalar
sertifikati yo‘qlarni qat’iy jazo kutadi. Ekvador va Nigeriyada 10 
kishidan kam band bo‘lgan korxonalar eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tgandir, 
1 ta xodim ishlaydigan korxonalarning deyarli yarmi ro‘yxatdan 
o‘tkazilgandir. Boshqa mamlakatlarda kichik korxonalarni ro‘xatdan 
o‘tkazilishi darajasi juda past bo‘lib 25%ga ham yetmaydi (Tunis 
bundan mustasno). 
Shundan kelib chiqib, D.Mid va K.Morrisslar quyidagi xulosaga 
keldilar: “korxona hajmidan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish 
darajasi indikatori sifatida foydalanish bitta xodimli korxonalar bilan 
chegaralanganda ba’zi mamlakatlarda qo‘l keladi”
114
. Bunday mayda 
korxonalar ro‘yxatdan o‘tishdan voz kechishmaydi. Bandlar soni 
oshgan sari ro‘yxatdan o‘tish darajasi oshib boradi (turli 
mamlakatlarda turlicha darajada). 
Ba’zi hollarda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan soliq to‘lanishi 
o‘rtasida to‘liq muvofiqlik namoyon bo‘ladi, chunki ro‘yxatdan 
o‘tkazish vaqtida registratsiya to‘lovi to‘lanadi. Ammo bu hol doimo 
va barcha soliq to‘lovlari bilan amalga oshmaydi. Masalan, 
Nigeriyada daromad va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘laydigan 
korxonalar soni ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar sonidan ancha kamdir, 
Svazilend va Tailandda esa aksincha, soliq to‘lovchilarni soni 
ro‘yxatdan o‘tganlarning sonidan ko‘pdir. Bu hol quyidagini 
114

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling