Abulqosimov h. P., Muminov n. G


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

7.1.1-jadval. 
Shahar aholisi daromadlari turlari
104
 
Daromad turdari 
Tarkibi va mazmuni 
rasmiy 
daromadlar 
davlat va xususiy sektordagi ish haqi, transfert 
to‘lovlari (pensiyalar, ishsizlik nafaqalari) 
qonuniy norasmiy 
daromadlar 
birlamchi (qishloq xo‘jaligi), 
ikkilamchi (shartnoma asosida yoki mustaqil 
faoliyat yurituvchi hunarmandlar, etikdo‘zlar, 
tikuvchilar, pivo ishlab chiqaruvchilar va 
hokazo) 
uchchilamchi (qurilish, transport, yirik va 
mayda 
savdo) 
sektorlarida 
bandlikdan, 
xizmatlar ishlab chiqarishdan (musiqachilar, 
sartaroshlar mehnati; meditsina va marosim 
xizmatlari) va xususiy transfert to‘lovlaridan 
103
Qarang: Hart К. Op. cit. Р. 69. 
104
Mualliflar tomonidan tuzilgan. 


(sovg‘alar, zayomlar) olingan daromad 
noqonuniy 
norasmiy 
daromadlar 
xizmatlardan (nolegal sudxo‘rlar, o‘g‘irlik 
mollarni sotib oluvchilar, narkotik sotuvchilar, 
fohishalar, 
dayuslar, 
kontrabandachilar, 
reketirlar va boshqalar mehnatidan) va 
transfertlardan (o‘g‘irlik, kamomad) 
Norasmiy iqtisodiyotni o‘rganish muhimligini asoslab turib 
K.Xart “ishlab chiqarish faoliyatini pisand qilmaydigan, uyushgan 
mehnat bozoridan tashqarida joylashgan va shahardagi ish kuchini 
faqatgina 
yarmini 
qamrab 
oluvchi”
105
rasmiy 
iqtisodiy 
ko‘rsatkichlardan foydalanish yaxshi natija bermasligini ta’kidladi va 
norasmiy strukturalarni turli tipdagi shahar iqtisodiyotlarini tarixiy va 
madaniy jihatlarini keng miqyosda solishtirib tahlil etishga da’vat 
etdi. 
K.Xart kashfiyotini birdaniga hamkasblari targ‘ib qila 
boshlashdi. 1972 yilda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Keniyada 
bandlik to‘g‘risida jamoa tadqiqotini chop etdi, unda norasmiy 
iqtisodiy faoliyat konsepsiyasi asosiy ilmiy paradigma
106
sifatida 
talqin qilingan edi. XMT tomonidan Keniya to‘g‘risida tayyorlangan 
hisobot norasmiy va rasmiy sektorlar o‘rtasidagi farqni quyidagicha 
tushuntirgan edi: 
“Norasmiy faoliyat quyidagi xususiyatlar xos: 
a) kirish (kirishib ketish) yengilligi (ishlab chiqarishga); 
b) shaxsiy resurslarga tayanish; 
v) faoliyatga oilaviy egalik qilish; 
g) faoliyat miqyosining kichikligi; 
d) mehnat intensiv va egiluvchan texnologiyalar; 
e) rasmiy maktab tizimidan tashqarida olingan ko‘nikmalar; 
j) bozorlarning boshqarilmasligi va raqobatliligi. 
Norasmiy sektorning faoliyatiga ko‘pincha hukumat tomonidan 
e’tibor berilmaydi, kamdan-kam hollarda qo‘llab-quvvatlanadi, tez-
tez tartibga solinib turiladi va ayrim hollarda faol bostiriladi. 
105
Hart К. Op. cit. Р. 88. 
106
ILO. Employment, incomes and equality: a strategy for increasing productive 
employment in Kenya. Geneva, 1972. 


Rasmiy sektordagi faoliyat xususiyatlari norasmiydagiga 
qarama-qarshidir: 
a) kirish murakkab; 
b) tashqi resurslarga muntazam ravishda muhtoj bo‘lish; 
v) korporativ egalik qilish; 
g) keng miqyosda faoliyat yuritish; 
d) kapital intensiv, ko‘pincha import texnologiyalar; 
e) rasmiy olingan ko‘nikmalar; 
j) bozorlar proteksionistik himoya ostida (tariflar, kvotalar, savdo 
litsenziyalari yordamida)”
107
(7.1.2-jadval). 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling