Abuzalova M


buyuk g‘ayritabiiy zot yaratgani va o‘z tobiinlariga marhamat sifatida


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

buyuk g‘ayritabiiy zot yaratgani va o‘z tobiinlariga marhamat sifatida 
tuhfa etganligi haqida hikoya qilinadi. Ibroniy, nasroniy va islomiy 
muqaddas kitoblar ham tilning paydo bo‘lishi haqida o‘z talqinlariga ega. 
Bu talqinlar izoq yillar davomida Yevropa va Osiyodagi rivojlangan 
davlatlarning rasmiy-mafkuraviy dunyoqarashi va talqini mavqeida 
bo‘lgan. Insonning, tabiat va borliqning paydo bo‘lishi xususida diniy 
qarashlar - barcha diniy talqinlar singari - munozarali, ziddiyatli va “aql 


208 
bovar qilmas”dir. Chunki barcha diniy talqinlar “aql bovar qilmas” 
mo‘jizalar - Ilohiy qudrat bilan tushuntiriladi va dindorlar (iymonlilar, 
mo‘minlar) tomonidan munozarasiz, shubhasiz va isbotsiz qabul qilinishi 
kerak. 
Ibroniy va xristian (nasroniy) dunyosida tilning paydo bo‘lishi 
masalasi “Tavrot”ning “Ibtido” kirobida berilgan bir necha asosiy holat 
orqali sharhlanadi. “Tavrot”da tilning paydo bo‘lishi, insonga berilishi 
haqida aniq bir ma’lumot yo‘q - til qobiliyati insonning tirikligi, joni 
singari uning ajralmas belgisi, sifati deb sanalgan. 
Muqaddas “Injil”da so‘z, kalom (yunoncha logos ) Yaratuvchining 
o‘g‘li sifatida talqin qilinuvchi Iso (as.) bilan tenglashtiriladi, juda ko‘p 
holatlarda mazkur kitobdagi hukm so‘z, kalom haqida boryaptimi yoki Iso 
Masih (as.) haqidami ajratish qiyin. “Tavrot” va “Injil” kabi muqaddas 
kitoblarda tilning yaratilishi haqida aniq bir ma’lumot bo‘lmasa-da,
nasroniy ilohiyotchilar tilning paydo bo‘lishi haqida cherkov tomonidan 
ma’qul deb topilgan turli talqinlar ishlab chiqqanlar. 
So‘zlarning paydo bo‘lishi haqida islomiy olamning buyuk va 
muqaddas kitobi – “Qur`oni karim”ning bir necha o‘rinlarida ancha aniq 
ma’lumotlar bor. Shuni ta’kidlash joizki, “Qur`oni karim”ning qator oyati 
karimalarida Alloh taolo Odamga tilni, bayonni (fikrni ifodalashni)
o‘rgatganligi takror va takror ta’kidlnadi. (Qarang: ”Baqara“ surasi. )
“Qur`oni karim”da nozil qilingan ba’zi oyatlar tilning ilohiy, g‘ayritabiiy 
ravishda yaratilganligini tasdiqlaydi. Islom olami, musulmon tafakkuri 
tilni Ollohning o‘zi, odam (Ato)ni va barcha olamni yaratgani kabi sirli va 
ilohiy tarzda yaratganiga shubha qilmagan. 
Xullas, tilning kelib chiqishi tafakkurning paydo bo‘lishi, qolaversa, 
yer yuzida inson zotining paydo bo‘lishi kabi muammolar bilan uzviy 
bog‘liq bo‘lib, bu muammolar insoniyat tarixida uzil-kesil yechimini 
topgan emas. 
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan ma’lum bo‘ladiki, til hayvonot 
dunyosidan ajralib chiqqan kishilar ibtidoiy jamoasining mehnat jarayonida 
eng zaruriy ehtiyoji natijasida paydo bo‘lgan. Garchi qadimgi ibtidoiy 


209 
jamoa tillarning qachon paydo bo‘lganligi, u tillar qanday til ekanligi
ularning lug‘at tarkibi, grammatik qurilishi nimalardan iboratligini 
isbotlovchi dalillar bo‘lmasa-da, yozuv paydo bo‘lgandan keyingi, ya’ni 
bundan 15-20 ming yillar oldin yozib qoldirilgan yodgorliklarga asoslanib, 
ba’zi tillarning shakllanishi va taraqqiyoti to‘g‘risida mulohaza yuritish 
mumkin. Bu xususda keyingi mavzularimizda batafsil to‘xtalamiz. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling