Til (lison) va uning birliklariga
xos umumiy xususiyatlar
Nutq va uning birliklariga xos
umumiy xususiyatlar
Bevosita kuzatishda berilmagan,
moddiylikka ega emas
Bevosita
kuzatishda
berilgan,
moddiylikka ega
Jamiyatning barcha a’zolari
uchun umumiy
Jamiyatning har bir a’zosi
uchun xususiy
Jamiyatning barcha a’zolari
uchun majburiy
Jamiyatning har bir a’zosi
foydalanishi uchun ixtiyoriy
Jamiyatning barcha a’zolari
foydalanishi uchun imkoniyat
Jamiyatning har bir a’zosi
uchun hosila
Jamiyatning barcha a’zolari
foydalanishi uchun tayyor
Jamiyatning har bir a’zosi
nutqida ixtiyoriy voqelik
Chegaralangan
Chegaralanmagan
Takrorlanuvchan
Takrorlanmas
Til turli xil birlik (fonema, morfema, leksema, frazema, model)larning,
ular orasidagi barqaror munosabatlarning majmuyi, nutq esa mazkur
majmuaga doir bo‘lgan birliklarning muayyan sharoitda ma’lum qismidan
foydalanib, zaruriy kommunikativ maqsadlar uchun hosil qilingan
moddiylik (so‘zshakl, so‘z birikmasi, gap)lardir.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1.Lison nima? Ta’rif bering.
2. Lison va nutqning farqlanishini misollar bilan tushuntiring.
3.Til va nutq hodisalarini ilk bor farqlab yondashish tilshunoslikda qachon
va qaysi olimlar ta’limotida shakllangan?
4. Lison va nutq munosabatiga dialektikaning qaysi kategoriyalari asosida
yondashiladi?
5. Lisoniy va nutqiy birliklarni sanang. Ular orasida qanday farqlar bor?
6. Lisoniy va nutqiy birliklarni o‘zaro farqlab o‘rganishning ahamiyati
nimada?
7.Tilshunoslikning qaysi yo‘nalishi til hodisalariga til va nutq farqlanishi
asosida yondashadi?
8.Til~tafakkur~nutq munosabatini sharhlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |