Abuzalova M
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
1-1,5 metr, guli yirik, pushti, sariq, kishini o‘ziga jalb qiladigan butadir.
Hozirgi kunda ekiladigan turfa atirgullarning ko‘pchiligi shu na’matakdan kelib chiqqan. 2. Nafis chayqaladi bir tup na’matak, Yuksakda, shamolning belanchagida, Quyoshga ko‘tarib bir savat oq gul, Viqor-la o‘shshaygan qoya labida… (O.) Har ikkala matnda ham bir narsa haqida fikr yuritilgan. Birinchi matnda botanik olim na’matak o‘simligi to‘g‘risida ilmiy izoh beradi – ta’riflaydi. Shoir esa nazmiy misralarda shu butaning rangli obrazini yaratadi, na’matakka ta’sirli, jozibali va shoirona tavsif beradi. Yoki 3.«Dunyoda kir qidiruvchi (hammadan, har narsadan ayb, nuqson, kamchilik topuvchi, maydakash) bo‘lsang, xudodan topasan!» Ayovsiz, ammo aniq mantiq so‘zlashuv uslubiga xos. Bu mantiqni ustoz Sadriddin Salim Buxoriy badiiy uslubda shunday ifodalaydi: Illat izlaganga illatdur dunyo, G‘urbat izlaganga g‘urbatdur dunyo. Kim neni izlasa, topar begumon, Hikmat izlaganga hikmatdur dunyo. 4. «Хаlqigа хizmаt qilmаgаn оdаm odam emаs, hаyvоndir!» Bu so‘zlashuv uslubida achchiq haqiqatning yalang‘och ifodasi, aslida. Buni hаzrаt mir Аlishеr Nаvоiy tа’biri bilаn badiiy uslubda аytsаk: Оdаmi ersаng dеmаgil оdаmiy, Оnikim yo‘q хаlq g‘аmidаn g‘аmi. 53 Darhaqiqat, elning, yurtning bir kuniga, har koriga yaramasang, o‘zingni qanday qilib odamlar safiga qo‘sha olasan?! Bu kаbi misоllаrni ko‘plаb kеltirishimiz mumkin. Nutqimizda, ayniqsa, og`zaki nutqimizda (muloqot jarayonida) nafaqat so‘z, ibora yoki birikmalar, ya’ni lisoniy vositalargina emas, nolisoniy vosita(ohang, sukut, imo-ishora va b.)lar ham asosiy rol o‘ynaydi. Masalan, birgina ohangning o‘zi ham, ko‘z qarash yoki ko‘z qirini tashlashning o‘ziyoq yangi bir mazmun, yangi bir fikr yoki munosabatni ifodalaydi. Zero, ma’lum bir axborotni tinglovchiga yetkazish uchun til tizimida mavjud bo`lgan bir necha teng qiymatli hodisalardan aynan “bittasi yoki bir nechtasi” qo`llanilgani ko`p hollarda nolisoniy omillar – nutq sharoiti, vositasi, muloqot jarayoni, so`zlovchi hamda tinglovchining kontakt va distant vaziyati, ruhiy holati, bir-biriga munosabati, milliy- madaniy, yosh, jins kabi xususiyatlar bilan bog`liq. Struktur tilshunoslik bularning barchasini nolisoniy omillar sifatida baholab, tilshunoslikdan “chetga” chiqarib qo`yardi. Bunday hodisalar “nolisoniy” (ekstralingvistik, paralingvistik…) sifatida nolingvistik baholanishining o`ziyoq, tabiiy ravishda, tilshunoslarning diqqatini o`ziga jalb etmagan, fanimizda bu vositalarga yetarli e’tibor berilmagan. Vaholanki, ko`p hollarda kommunikatsiya jarayonida, amaliy faoliyatda – samara-ta’sirchanlik nuqtayi nazaridan – bunday tilshunoslikka aloqador bo`lmagan vosita/hodisalar tilning o`z hodisalari – nutqiy birliklardan ko`ra ko`proq ahamiyat va qiymat kasb etadi. Shunday nolisoniy hodisalardan biri ohangdir. Tilshunos olim Hasanboy Jamolxonov: “Ohang og`zaki nutqning majburiy fonetik komponentidir, usiz gap yoki nutq shakllanmaydi va ifodalanmaydi”, deb yozadi 17 . Nutqimizda mazkur fikrni dalillovchi misollarga har kuni har qadamda duch kelamiz. Masalan, mashhur latifani eslaylik: Afandi boy, biroq o‘ta xasis qo‘shnisidan jahllanib unga: ”Siz ahmoq, odam emmassiz!” deydi qat’iy ohangda. Tabiiyki, xasis boy Afandini qoziga sudraydi. 17 Жамолхонов Ҳ. Ўзбек тилининг назарий ф о нетикаси. – Т.: Фан, 2009. 54 Qozining talabiga ko‘ra Afandi deganiga ”iqror” bo‘lib aytgan gapini oddiygina qilib, hayajonsiz ohangda takrorlaydi: ”Siz, ahmoq odam emassiz”. Gap talaffuzida to‘xtamning “siz”dan keyin berilishi, tabiiyki, gap mazmunini butkul o‘zgartirib yuboradi… Yana bir misol. Keyingi 4-5 yilda oziq-ovqat do‘konlarimizda maxsus qog‘oz qutilarda “tabiiy sut”lar ko‘payib qoldi. (Saqlanish muddati naq bir yil. Xayriyatki, sigirlarning savodi yo‘q. Bo‘lmasa, ular bu “tabiiylik”dan yoqa tutib, sut bermay qo‘yishlari hech gap emas edi...) Sutqutilarning yuzida yozilgan reklamalarni ikki xil ohangda o‘qib ko‘ramiz: Tabiiy, quruq sut qo‘shilmagan.– Tabiiy quruq, sut qo‘shilmagan. (1-gap mubolag‘a qiladi, 2-gap esa “haqiqat”ni so‘zlaydi.) Yana bir misol. Nafisa, opam keldi (so‘zlovchi Nafisaga opasi kelganligini bildiryapti) – Nafisa opam keldi (so‘zlovchi (noma’lum tinglovchiga) Nafisa ismli opasi kelganligini bildiryapti).– Nafisa, opam keldi.(so‘zlovchi (sanash ohangidan foydalanib) Nafisa va opasi kelganligini bildiryapti). Yana bir misol. Mani yorim gul andom (“Mening yorim gul yuzli” degan mazmunni uqamiz ”gul andom”ning bo‘lib aytilishidan)–Mani yorim Gulandom (”Yorimning ismi Gulandom” degan axborot yetib keladi qulog‘imzga). Keltirgan misollarimiz tilimizning ifoda imkoniyatlari nihoyatda keng va rang-barangligidan dalolat beradi 18 . Zero, millаtning o‘zligini, dunyodа bоrligini, o‘zigа хоsligini bеlgilоvchi оmillаrdаn аsоsiysi uning оnа tilidir. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling