Abuzalova M
Sukut ham nutqiy muloqot jarayonining muhim nolisoniy vositalaridan biridir. “O`zbek tilining izohli lug`ati” 19 da sukut
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- “indamasdan indash” ma’nosi
Sukut ham nutqiy muloqot jarayonining muhim nolisoniy
vositalaridan biridir. “O`zbek tilining izohli lug`ati” 19 da sukut arabcha so`z sifatida talqin etiladi va jimjitlik, gapirmaslik, kamgaplik ma’nolarini ifodalashi aytiladi. Bu so`z tilimizga arab tilidan kirgan sukun, sukunat va o`zbek tilidagi sukunatli yasama so`zi bilan asosdosh bo`lib, u nutqiy muloqot jarayonida o`ziga xos pragmatik qiymatga ega lingvomadaniy 18 Cho`lliyeva G.T. Ohang nutqiy muloqotning tarkibiy qismi sifatida// BuxDU ilmiy axboroti (ISSN 2181-6875).– Buxoro, 2020, № 5 (75). 19 www.ziyouz.com kutubxonasi Ўзбек тилининг изоҳли луғати/. «С» ҳарфи.–585-б. 55 xususiyatlarni ifoda etadi. Andijonlik olim Ma’murjon Saidxonovning “Aloqa-aralashuv va imo-ishoralar” kitobida (Т.:Fan,2008) sukutni “muomalaviy mazmunga ega” va “muomalaviy mazmunga ega bo`lmagan” turlarga ajratadi. Kuzatilishicha, “muomalaviy mazmunga ega” sukut nutqiy muloqot jarayonida ellikka yaqin ma’nolarni yuzaga chiqaradi. Chunonchi, isyon ma’nosi: Qizcha bolalarga xos qaysarlik bilan boshini eggancha jim turar, uning sukutida, butun xatti-harakatida nimagadir qarshi so`zsiz isyon bor edi. (Mirmuhsin, Umid) tushunmaslik ma’nosi: Sukut saqlamoq hamma vaqt ham aqllilikdan darak beravermaydi, ammo bilganingni shaqillab gapira berish–o`z obro`yingni paqirlab to`kish demak. (Mirmuhsin, Umid) “indamasdan indash” ma’nosi: Dardim eshitib, etsa sukut dildorim, Shul jimligi menga ming javobdir, javob. (J.Rumiy) va b. Sukutning “muomalaviy mazmunga ega bo`lmagan” turiga muloqot jarayonidan tashqaridagi holatlar (masalan, Dunyoda shunday qo`shiq borki, yangraganda butun olam sukutga cho`madi kabi) misol bo`la oladi. Xalq maqollarida, turli hikmat-u aforizmlarda quyidagilarni o`qiymiz: Aqlning go`zalligi – fikr bilan, Ruhning go`zalligi – shukur bilan, Tilning go`zalligi – sukut bilan, Qalbning go`zalligi –zikr bilan (Maqol); Ahmoqqa javob – sukut (Maqol); Sukut–donishmandlikning boshlanishi (Maqol); …iymon keltirgan kishi yaxshi so`zlarni so`zlasin yoki sukut saqlasin! (Qur’oni Karimdan); Kim sukut saqlasa, najot topadi.(Hadisdan) va b. Demak, azal-azaldan xalqimiz sukutni donishmandlik, aqllilik, iymonlilik, til go`zalligi sifatida e’tirof etgan. Biroq nutqiy muloqot jarayonida sukut hamisha ham ijobiy xarakter kasb etavermaydi. Masalan, Siz sukut saqlasangiz, dunyo ham sizga sukut saqlaydi.(Aforizm); Mozor uzra sukut etarlar…(A.Oripov) “Sen nega jimsan?” ma’nosida; Sukut o`ldiradi (Maqol) va h. 56 Zero, sukut ham nutqiy muloqot – og`zaki nutqning (nolisoniy) nutqiy komponentidir 20 . Demak, adabiy tilda bir-biridan farq qiladigan uslublar mavjud. Adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma’lum bir sohasida qo‘llanadigan ko‘rinishi adabiy til uslubi deyiladi. Uslublar tilning asosiy vazifalari (kommunikativ, ekspressiv)ga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. Shunga ko‘ra, ular vazifaviy uslublar deb ham yuritiladi. Ya’ni nutq uslublari til ifoda vositalarining maqsadga muvofiq uyushgan sistemasidir. Tilshunoslikda nutq uslublarining besh ko‘rinishi mavjudligi va bu uslublarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi qayd etiladi. Bular quyidagilar: ilmiy uslub, rasmiy-idoraviy uslub, publitsistik uslub, so‘zlashuv uslubi, badiiy uslub. Fan-texnika, san’atning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar, ilmiy-texnik xabarlar, maqolalar, tezislar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga (qoidalar, ta’riflar, aksiomalarga) boy bo‘lishi bilan boshqa nutq uslublaridan farqlanadi. Ilmiy uslubdagi nutq monologik xarakterga ega bo‘lib, unda obrazlar, obrazli tasvirlar, ko‘chma ma’noli so‘zlar, majoz, bo‘yoqdor so‘zlar, iboralar deyarli uchramaydi. Bu uslubga mantiqiy fikrlash, abstraksiya, analiz, sintez, tushunchalarga mos keladigan atamalar bilan ish ko‘rish - xos xususiyatlardir. Shuning uchun u o‘rganuvchining his-tuyg‘ulariga emas, ongiga, tafakkur –shuuriga ta’sir etadi. Ilmiy uslubda har bir fanning 20 Yuldasheva D.N. Sukut nutqiy muloqotning (nolisoniy) komponenti sifatida// BuxDU ilmiy axboroti (ISSN 2181- 6875).–Buxoro, 2020, № 6 (75). 57 o‘ziga xos ilmiy terminlaridan foydalanadi. Masalan, tilshunoslikda morfologiya, sintaksis, fe’l, tuslanish, kesim, giponimiya kabi atamalar; matematikada teorema, tenglama, kosinus, sinus, parallelopiped, gipotenuza kabi atamalar; meditsinada analgin, adeopan, glyukoza, validol, baralgin, glitserin kabi atamalar ishlatiladi. Ilmiy uslubda so‘zlar, odatda, o‘z ma’nosida qo‘llaniladi. Qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan izoh bo‘laklar, kirish so‘z, kirish birikma va kirish gaplar, shuningdek, ergashgan qo‘shma gaplardan ko‘proq foydalaniladi. Gaplarning kesimi, odatda, aniq yoki majhul nisbatdagi fe’llar bilan ifodalanadi; moslashuvli birikmalar deyarli hamma vaqt belgisiz (gap bo‘lagi, unlilar tasnifi, so‘z o‘zagi kabi): sonlar raqamlar bilan; birinchi shaxs birlikdagi kishilik olmoshi (men) ko‘plik shaklida (biz) beriladi. Ilmiy uslubda gap bo‘laklari tartibida inversiya uchramaydi. Ilmiy uslubga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar deyarli barcha tillarga, jumladan, rus, ingliz, nemis, fransuz va h.larga ham tegishlidir. Hukumat idoralari tomonidan chiqarilgan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar, ariza, til x at, ma’lumotnoma, shartnoma, chaqiruv qog‘ozi, taklifnoma, tavsifnoma, e’lon, tarjimayi hol, hisobot kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Bu uslubdagi nutq boshqa uslublarga qaraganda ancha siqiq va chegaralangandir. Masalan, Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling