Abuzalova M
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teng qiymatli ziddiyat
Darajali ziddiyat a’zolari kamida uchta til birligi orasida bo‘lib, bir
belgining o‘sib borishiga ko‘ra a’zolar qator hosil qiladi. Darajali ziddiyat ham tilning barcha sathlarida uchraydi. Masalan, fonetikada: unli fonemalar tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra ziddiyat hosil qiladi: [o]~ [o‘]~ [u]; leksikologiyada: ijobiy baho belgisining [tuzuk]dan [ajoyib]ga qarab yoki nutqiy faoliyat fe’lining [shivirlash]dan [hayqirish]ga qarab o‘sib borishi ziddiyat hosil qiladi: [tuzuk] ~ [durust]~ [yaxshi]~[ajoyib]; [shivirla]~ [pichirla]~ [ayt]~ [gapir]~ [baqir]~ [hayqir]; yoki salbiy baho belgisi: [anqоv]~ [mеrоv]~[оvsar]~[kalvak]~[pandavaqi], [go‘l]; [kekkaygan] ~ [gerdaygan] ~ [kerilgan] ~ [dimog‘dor] ~ [kalondimog‘] ~ [kerik] ~ [manman]~ [takabbur] morfologiyada: [harakat nomi] ~ [sifatdosh] ~ [ravishdosh] (fe’lni ng o‘zgalash darajasiga ko‘ra belgisi asosida) kabi darajali ziddiyatlar hosil qilinadi. Darajali ziddiyatlar muayyan tilning lug‘at boyligini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, darajali ziddiyatlar tilning lug‘at tizimida nihoyatda keng tarqalgan. Masalan, [buzoq]~[g‘unajin]~[sigir]; [lahza]~[оn]~[sоniya]~[daqiqa]~[sоat]~[kun]~[sutka]~[hafta]~[оy]~ [yi l ] ~ [asr] ~[era]. 49 Teng qiymatli ziddiyatda ikki a’zo o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra qarshilantiriladi. Masalan, fonetikada: jarangli va jarangsiz undoshlar; shovqinlilar va sonorlar; lablangan va lablanmagan unlilar; leksikologiyada: oq va qora; men va sen; ona va ota; yaxshi va yomon; issiq va sovuq; kam va mo‘l; past va baland; uzoq va yaqin; tor va keng; saxiy va baxil; Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling