Abuzalova M


TAKLIFNOMA  Hurmatli Sayfullayeva Ra’no Raupovna!


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

TAKLIFNOMA 
Hurmatli Sayfullayeva Ra’no Raupovna! 
Sizni 2020-yil 8-9-fevral kunlari hazrat Mir Alisher Navoiy 
tavalludining 579 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan «Hazrat 
Navoiyga ehtirom» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumaniga 
taklif etamiz. 
Anjumanning yalpi yig‘ilishi 2020-yil 8-fevral soat 9.30da 
BuxDUning bosh yig‘ingohida boshlanadi. 
Anjuman ishtirokchilari 8-fevral soat 8.30dan 9.30ga qadar 
BuxDUning bosh binosi(1-qavati)da ro‘yxatga olinadi.
 
Rasmiy-idoraviy uslubning ham o‘ziga xos lug‘aviy va grammatik 
xususiyatlari mavjud: so‘zlar o‘z ma’nosida ishlatiladi, qisqartma 
so‘zlardan, har bir sohaning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi. 


58 
Chunonchi, sud jarayoni bilan bog‘liq ish qog‘ozlarida jinoyat, hukm, 
qonun, ...-modda kabi; universitet ish qog‘ozlarida rektorat, dekanat, 
kafedra, dotsent, fan doktori, professor kabi so‘z va birikmalar ishlatiladi. 
Bu uslubda darak va buyruq gaplardan foydalanilib, gap bo‘laklarining 
odatdagi tartibiga rioya qilinadi. 
Publitsistik uslub davriy matbuot, ijtimoiy-siyosiy adabiyot, ommaviy- 
siyosiy mavzudagi ma’ruzalar uslubidir. Bu uslubdan targ‘ibot-tashviqot 
ishlarini olib borishda keng foydalaniladi. Odatda, gazetalarning bosh 
maqolalari publitsistik xarakterda bo‘lib, ularda kundalik turmushdagi 
tarbiyaviy, iqtisodiy va siyosiy masalalar yoritiladi. Publitsistik nutqda 
ta’sirchan so‘z va birikmalardan, maqol va hikmatli so‘zlardan, ritorik 
so‘roq 
gaplardan
takror, 
murojaat, 
undov, 
yoyiq 
undalmalar, 
chaqiriqlardan foydalaniladi. Publitsistik uslubda qurultoy, anjuman, 
deputat, kengash, hukumat rahbarlari, davlat kabi ijtimoiy-siyosiy so‘zlar 
ko‘p qo‘llaniladi.Gap bo‘laklari, ko‘pincha, odatdagi tartibda bo‘ladi, gap 
kesimlari buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi. 
So‘zlashuv uslubi uchun xos bo‘lgan eng asosiy xususiyat bu uslubda 
adabiy til me’yorlariga rioya qilinishi va nutqning dialogik xarakterda 
ekanligidir. Bu uslub uchun xos bo‘lgan xususiyatlar quyidagilar: 
1) uslubiy bo‘yoqdor so‘zlardan foydalaniladi: do‘ndiq, vaysamoq, 
bashara kabi;
2) nutq jarayonida tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi kuzatiladi: 
matbachi (matbaachi), mazza (maza), haqqi (haqi) kabi; 
3) izohlovchilardan ko‘proq foydalaniladi: Salima opa, Toshpo‘lat 
do‘xtir kabi; 
4) iboralar, maqol, matal, hikmatli so‘zlar ko‘p uchraydi: jonim chiqdi, 
boshi ochiq,... kabi; 
5) so‘zlar tarkibidagi unli, undoshlarni cho‘zish: ka-a-atta, huv-v-v 
kabi; 
6) gap bo‘laklarining tartibi erkin bo‘ladi, to‘liqsiz gaplardan, 
undalmali gaplardan foydalaniladi. 


59 
Nasriy, nazmiy va sahna uchun mo‘ljallangan dramatik asarlar badiiy 
uslubda bo‘ladi. Badiiy asarlar kishiga ma’lumot berishi bilan birga 
obrazlar vositasida estetik ta’sir ham ko‘rsatadi. Badiiy uslub aralash uslub 
hisoblanadi, chunki bu uslubda yozuvchi tilda mavjud bo‘lgan 
vositalarning hammasidan foydalana oladi. Hatto tasvirlana
yo
tgan 
davrning ruhini yoki nutq momentida asar qahramonining holatini 
tasvirlash uchun eskirgan so‘zlar, vulgarizmlar, shevaga xos so‘zlardan 
ham foydalanishi mumkin. 
Barcha nutq uslublari o‘zaro aloqador bo‘lib, bir uslubda boshqa nutq 
uslublarining ko‘rsatkichlari ham uchraydi. Ayni zamonda har bir uslub 
o‘ziga xos fonetik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarga ega. 
So‘zlashuv uslubida hamda badiiy uslubda fonetik vositalardan 
ko‘proq foydalaniladi. Fonetik vositalar deganda ba’zi nutq tovushlari, 
urg‘u, ohang va ularning nutqiy ta’sirchanligi tushuniladi. 
So‘zdagi unlilarning cho‘zib talaffuz qilinishi ajablanish, ta’kid, 
kuchaytirish, hayajon,olqish, erkalash, yalinish kabi konnotativ ma’nolarni 
ifodalaydi. Chunonchi, Qorako‘z opaaa, sizga xaaat! Katta konvertda 
xaaat!!! (N.Qobul) Undoshlarni ikkilantirish kuchli hayajonni, qo‘rquv 
yoki nutqiy kamchilikni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, Bbbo‘la 
qoling, ssovqotib ketdim-ku! (M.Ismoiliy) 
Leksik uslubiyat deganda denotativ va konnotativ ma’noli so‘zlardan, 
ko‘chma ma’noli so‘zlardan, so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga 
ko‘ra 
turlari 
(omonim, 
sinonim, 
antonim, 
paronim, 
giponim, 
Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling