Abuzalova M
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanish uchun adabiyotlar: [18; 19; 24; 27; 28; 62; 66; 67; 68] TILSHUNOSLIK FANI BO‘LIMLARI. FONETIKA Reja
- Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1.Ramz atamasini qanday izohlagan bo`lardingiz? 2. Ramzning sinonimlari bilan o`xshash va farqli tomonlari nimada? 67 3 . «Ramz-kelishilgan, ijtimoiy hodisa» deganda nimani tushunasiz? 4 . O`zingiz shartli ( kelishilgan) ramz hosil qilishga harakat qiling . 5 . Ramziy tizim nima? 6 . Semiotika nima va uning qanday ahamiyati bor? 7. Tilni ramziy tizim sifatida tavsiflab bering. 8.Tilga ramziy sistema sifatida yondashgan olimlar (Soss y ur va b.lar) qarashlarini tahlil qiling. Foydalanish uchun adabiyotlar: [18; 19; 24; 27; 28; 62; 66; 67; 68] TILSHUNOSLIK FANI BO‘LIMLARI. FONETIKA Reja: 1. Tilshunoslik fani bo‘limlari haqida. 2. Fonetikaning o‘rganish manbayi haqida. 3. Nutqning fonetik jihatdan bo‘linishi. 4. Bo‘g‘in haqida ma’lumot. Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar Til sathlari, fonetika, umumiy va xususiy fonetika, qiyosiy va eksperimental fonetika, jumla (fraza), takt, bo‘g‘in, enklitika, proklitika, diftong, ochiq bo‘g‘in, yopiq bo‘g‘in, berkitilgan - yopiq bo‘g‘in, tovush. XX asrda til fanining quyidagi bo`limlari tadqiq etildi: 1. Fonologiya. Fonetika. 2. Semasiologiya. Leksikologiya. 3. Leksikografiya. 4. Derivatsiya. 5. Grammatika (morfologiya va sintaksis). 6. Punktuatsiya. 7. Dialektologiya. 9. Uslubiyat. 10. Til tarixi. 11. Orfografiya. 12. Orfoepiya. 13. Etimologiya. 14. Frazeologiya. 15. Grafika. 68 XX asr oxiri va XXI asrning birinchi choragida esa quyidagi sohalar bo`yicha ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda: 1. Sotsiolingvistika. 2. Psixolingvistika. 3. Pragmalingvistika. 4. Lingvokognitologiya. 5. Lingvokulturologiya. 6. Neyrolingvistika. 7. Кompyuter lingvistikasi. 8. Кorpus lingvistikasi. 9. Lingvoma’naviyatshunoslik. 10. Antroposentrologiya. Tilshunoslikning bu yo‘nalishlari bir-birini to`ldirib boradi, albatta. Avvalo, formal, so‘ngra substansial yo‘nalish oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtmani bajarib bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘z tadqiq tamoyillari asosida sohaning yechilmagan ayrim masalalari bilan shug‘ullanishni davom ettiraveradi. Tilning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi va lug‘at tarkibini ilmiy asosda har tomonlama o‘rganish natijasida tilshunoslikning bir qancha sohalari yaratildi, chunonchi, fonetika morfologiya, sintaksis, leksikologiya, semasiologiya, etimologiya va stilistika kabilar. Fonetika – tilning tovush tizimini, leksikologiya – lug‘at tarkibini, morfologiya - so‘zshakllarini, sintaksis – so‘z shakllarining gapdagi vazifalarini, morfemika - so‘z tarkibini, stilistika – nutq uslubini, semasiologiya - so‘z ma’nolarini, etimologiya – so‘zlarning kelib chiqishini o‘rganadi. Tilning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi va lug‘at tarkibining har biri alohida-alohida tizimni tashkil qiladi. Ammo til sohalari (fonetika, leksika, grammatika) shu tilga xos qonun-qoidalar asosida bir-biri bilan o‘zaro munosabatda bo‘lib, bir tizimni hosil qiladi. Lisoniy sathlar sirasida fonetika eng kichik tashkil etuvchi bo‘lib, boshqa sathlar (leksikologiya, grammatika…) birliklari uchun moddiy asos vazifasini o‘taydi. Insonning nutq faoliyati nutq birliklari bo‘lmish 69 tovushlar tizimi vositasida ro‘yobga chiqadi. Nutq tovushlari o‘zida uch jihatni birlashtiradi: fiziologik, akustik (fizik), funksional. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling