Abuzalova M
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanish uchun adabiyotlar: [1; 2; 10; 19; 20; 28; 33; 42; 47; 50; 68] MORFOLOGIYA VA SINTAKSIS MUNOSABATI Reja
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Frаzеоlоgiya sоhаsining rivоjlаnishigа kаttа hissа qo‘shgаn оlimlаr hаqidа gаpirib bеring. 2. Frаzеоlоgizm yoki ibоrаlаrning so‘zdаn fаrq qilib turuvchi qаndаy аsоsiy хususiyatlari bоr? 3. Ibоrаlаrning qаndаy tаsniflаrini bilаsiz? 4. Ibоrаlаrning sеmаntik tаbiаtini so‘zlаrаrо mа’nоviy munоsаbаtlаr bilаn qiyoslаgаn hоldа shаrhlаb bеring. 5. Gаp yoki gаp bo‘lаgi vаzifаsidа kеluvchi frаzеоlоgizmlаrgа misоl kеltiring. 6. Ibоrаlаr hаr bir хаlqning milliy хususiyatlаrini аks ettirаdi, dеgаndа nimаni tushunаsiz? Foydalanish uchun adabiyotlar: [1; 2; 10; 19; 20; 28; 33; 42; 47; 50; 68] MORFOLOGIYA VA SINTAKSIS MUNOSABATI Reja : 1. Morfologiya va sintaksisning dialektik birligi. 2.Nutqiy voqelanishdan umumiylikka─zotiy mohiyatdan qo‘llanishga. 3.O‘zbek tili morfologiyasining asosiy tamoyillari. Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar 135 Morfologiya va sintaksisning dialektik birligi, [WPm] ─ gapning minimal qolipi, dialektik munosabatlarning morfologik sathda namoyon bo‘lishi, qatorlanish (sintagmatik) tushunchasi, guruhlanish (paradigmatik) va pog‘onaviylik (iyerarxik) tushunchalari, birlik va ko‘plik son shakllarining umumiy ma’nolari Ma’lumki, grammatika deganda tor ma’noda morfologiya va sintaksis, keng ma’noda esa tilning barcha qurilish sathlari tushuniladi. Til sathlari deganda fonetika va fonologiya, leksika va semasiologiya, frazeologiya, morfologiya, sintaksis va stilistika tushuniladi. Morfologiya va sintaksis bir-birini taqozo etuvchi sathlar sanaladi. Lisoniy birliklarga zotiy yondashuv morfologiya va sintaksisning dialektik birligi haqida hukm chiqarish imkonini berdi. Morfologiya ─ grammatikaning so‘zshakl ma’nosi haqidagi sohasi bo‘lsa, sintaksis grammatikaning so‘zshakl vazifasi haqidagi sohasi sanaladi. Tilning asosiy ijtimoiy vazifasi aloqa-aralashuv, insonlar orasida fikr almashtirish vositasi bo‘lganligi sababli sintaksisning o‘rganish manbai bo‘lgan gaplarda tilning barcha sathlarining - fonologiya va fonetikaning, leksika va semantikaning, morfemika va morfologiyaning birliklari voqelanadi, yuzaga chiqadi. Bu birliklardan har birini tilshunoslikning alohida-alohida bo‘limlari o‘rganadi. Lekin sintaksisning o‘rganish manbai bo‘lgan gaplarda barcha sath birliklarining belgilari jilvalanadi. Masalan: 1. Kitobni ukamga oldim. Kitobni ukam uchun oldim. 2. Salima xafa bo‘ldi. Salimaning kapalagi uchdi kabi hodisalar sintaktik hodisalar -sintaktik sinonimiya deb talqin etiladi. Lekin 1-holatda morfologik birliklarning ma’no va vazifadoshligi, 2-holatda so‘z va ibora ma’nodoshligini kuzatish mumkin. Bunday morfologik hodisalarga sintaktik jihatdan qaraladi va sof sintaktik hodisani o‘rganish chetda qoladi. Yoki: - u/ -yu -da lekin / ammo yoki 136 Lola keldi -yu, men ketdim. shuning uchun -ki deb kabi gaplar bog‘langan qo‘shma gaplar, ergashgan gaplar va ularning ko‘rinishlari sifatida an’anaviy tilshunosligimizda o‘rganilib kelinmoqda. Agar diqqat bilan e’tibor bersak, bu misollarda turli xil gaplar (sintaktik hosilalar) ni emas, balki turli bog‘lovchi vositalar bilan shakllangan morfologik hodisalarni - bog‘lovchilar paradigmasini ko‘rish mumkin. Bu yerda ham morfologik birliklarning sintaksisda "qorishilgan”ini sezish mumkin. "Sintaksis boshqa sathlar (ayniqsa, leksika va morfologiya) birliklari tajallisidan xoli bo‘lgach, behad sodda va hammaga oson tushunarli qoliplarning o‘zaro munosabat chizmalari shaklini oladi..." [2, 29-30;]. Jumladan, [WPm] sintaktik qolipi ham xuddi shunday keltirib chiqarilgan. Buning uchun nutqdagi oddiy bir gapga murojaat qilamiz: (Bu kunda) Latofatning murg‘akkina qalbiga shunday nogahoniy sevgi Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling