Abuzalova M
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi
- Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
ensiklopediyasi” to‘g‘risida ham aytish mumkin. Sovet voqeligi, sho‘ro
siyosati ta’siri aks etib turuvchi, milliy tariximiz va ma’naviyatimiz buzib ko‘rsatilgan qomuslarni yangilash maqsadida, Prezidentimizning sa’y- harakatlari bilan 13 jildli “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”ni yaratishga kirishildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1997- yil 20-martda “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish to‘g‘risida 154-qarorni qabul qilgach, bu katta ishni amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yuzaga keldi. 126 Darhaqiqat, mustaqil diyorimizning poydevori bo‘lmish kelajak avlod mana shu sifatlarni mujassam etishi lozim. Lug‘at – bilimlar xazinasi, madaniyatimiz, ilm-fan va san’at, dunyoqarashimizni yuksaltirishga qaratilgan ulkan zahmatlar mevasi. Lug‘atlar tuzilishi, ya’ni leksikografiyani – igna bilan quduq qazishga o‘hshatish mumkin. Shuning uchun har bir leksikografik asar – yuksak tahsinga, hurmatga loyiq javohirdir. Lug‘atlardan olam-olam bilim, ma’lumot olamiz. U fan – texnika, san’at, adabiyot bo‘yicha yangiliklarni bayon etib, nutq madaniyatimiz va so‘z boyligimizni oshiradi. Lug‘at bilan ishlash - maroqli, qiziqarli va zavqli. Lug‘atlar, ensiklopediya va ma’lumotnomalar bilan ishlashni tamoyil qilib olgan kishi esa savodli, ongli va madaniyatli insondir. Leksikografiya – tilning mana shunday dolzarb masalalari bilan shug‘ullanuvchi sohasi ekan, ishonch bilan ayta olamizki, o‘zbek madaniyatini, ilm - u fanini, ma’naviyatini yuksak rivojlangan mamlakatlar safiga olib chiqishdek mas’uliyatli vazifalarni bajarishga o‘zbek lug‘atchiligi munosib hissa qo‘sha oladi. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 1. Lug‘atchilik va lug‘atshunoslik orasida farq bormi? 2. Jahon leksikografiyasidan qanday manbalarni va qaysi leksikograf olimlarni bilasiz? 3. O‘TIL haqida fikr bildiring. 4. Hozirgacha mavjud bo‘lgan lug‘at va qomuslarning qanday muvaffaqiyatli va nuqsonli jihatlari bor? 5. Siz foydalanadigan qaysi lug‘atlarda (yoki ensiklopediyalarda) milliy tariximiz va o‘zligimiz noto‘g‘ri talqin qilingan yoki umuman hisobga olinmagan? Misollar asosida tushuntiring. 6.O‘TILdan biror so‘zni olib (izohi bilan), boshqa lingvistik lug‘atlardan (frazeologik, sinonimik, antonimik) berilishi, izohlanishi bilan tanishing. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling