Abuzalova M
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
/bobo/: /buvi/
/ona/ : /ota/ : /bola/ : /nevara/ : Ushbu paradigmadan "ota" so‘zining UGMsi kelib chiqadi: birinchi avlod, bevosita qon-qarindosh, katta, erkak. Leksemalardagi UGM s e m e m a deyiladi. Demak, umumiylikning mohiyati ma’lum bir 149 umumiylikni o‘ziga o‘xshash va farqli umumiyliklar bilan munosabatidagina ochilishi mumkin. Sh. Shahobiddinova ishida XGM va UGMlar atroflicha talqin qilingan. Jumladan, son kategoriyasi shakllarining XGM va UGMlari. [-lar] ning XGMlari: a) ko‘plik - Unda shirin - shirin bananlar bor (Sh. Yul.); b) jamlik - ishchilar sinfi - ishchi sinfi; d) bog‘liqlik va o‘xshashlik - Avvalgi sarvigullar o‘qishni tugatishdi (Sh. Yul.); e) taxmin - Soat beshlarda keldi; f) kuchaytirilgan ma’no - Tillarimga ko‘cholmaydi bo‘g‘zimdagi azobim... (U. Azimov). [o] shakl XGM lari: a) jamlik - Gadoning dushmani gado bo‘ladi (A.O.); b) ko‘plik - Majlisga yigirma kishi keldi (aniq ko‘plik); U qishloqda uch - to‘rt kun qoldi (noaniq ko‘plik); d) birlik ifodalash - bunda ko‘rsatish olmoshlari, "bir" so‘zi ko‘proq ishtirok etadi: Ushbu yodgorlikka murojaat qilar ekanman, mening maqsadim bitta... (O.Matjon). Demak, son kategoriyasi shakllari uchun quyidagi UGMlarni ko‘rsatish mumkin: [-lar] UGMsi─bo‘linuvchan/ bo‘linmas sifat va noaniq miqdor ifodalash. [o] UGMsi ─ bo‘linmas va aniq/ noaniq miqdor ifodalash. Bo‘linuvchanlik/ bo‘linmaslik deganda, quyidagini tushunish kerak: har bir xususiylik alohidalik ekanligini ko‘rib o‘tdik. "Qovunlar" degan so‘zshakli bir necha qovunlarni atab keladi."Qovunlar" so‘zshakli bir to‘plamni ifodalaydi va u bir necha alohidaliklarga bo‘linadi. "Ahmadlar" deganda Ahmad va uning o‘rtoqlari, oilasi... tushuniladi. Ya’ni Ahmadlar bir to‘plamni ifodalaydi va bu to‘plam bo‘linuvchan. "Suvlarni stolga qo‘ydi" deganda kola, mineral suvlar... tushuniladi. "Toshkentlarni kezib chiqdi" so‘zshakl Toshkentni bo‘lib beryapti, tumanlari hisobga olingan. "Tillarimga ko‘cholmaydi bo‘g‘zimdagi 150 azobim" misrasida til, gap, so‘z, og‘iz ajratib berilgan. Shuning uchun "ishchi sinfi" va "ishchilar sinfi"; "o‘qituvchi odati" va "o‘qituvchilar odati" kabi so‘z birikmalarida birlik va ko‘plik son ma’nolari yaqinlashsa ham, orasida nozik farq bor. "Ishchilar"da sifatiy bo‘linuvchanlik sezilib turadi. Birlik sonda yaxlitlik ma’nosi ko‘proqdir. Demak, bir jihatdan birlik va ko‘plik son ko‘plik sonning bo‘linuvchanlikni ta’kidlashi, birlik sonning esa yaxlitlikni ko‘rsatishi bilan qarama-qarshi turadi. Miqdoriy jihatdan esa birlik son birlik, aniq/noaniq miqdorni ifodalay olishi bilan hamisha noaniq miqdoriy ko‘plikni ifodalovchi ko‘plik son shakliga qarama - qarshi turadi. Shuning uchun "Bu kitobni ol", "Stol ustida to‘rt kitob bor", "Kitob - bilim manbai" gaplarida 3 xil ma’no voqelangan: Kitoblar so‘zshakli hech qachon aniq miqdorni ifodalay olmaydi. Quyidagi gaplarni qiyoslang: Uch kun (uch kunlar)dan keyin keldi; O‘ninchi yil (yillar)da tug‘ildi. Shuning uchun birlik sonning umumiy grammatik ma’nosi quyidagicha ko‘rsatilishi mumkin: birlik ─ aniq yo noaniq miqdorni bo‘linuvchan/ bo‘inmas ma’noda berish. Ko‘plik sonning ma'nosi ─ noaniq miqdoriy ko‘plikni bo‘linuvchan sifatda berish. Mana shu umumiy grammatik ma’nolar bilan birlik va ko‘plik morfologik son shakllari til tizimida, ongimizda yashaydi. Bu umumiy ma’nolar nutqda muayyan moddiy shakllarda cheksiz rang-baranglikda voqelanadi. Ko‘rib o‘tdikki, daraxt umumiyligi o‘ta sodda va u "o‘simlik + tana + shox"dan iborat, xolos. Lekin borliqdagi milliard daraxt behad rang - barang. Xuddi shunday ko‘plik sonning ma’nosi "miqdoriy noaniq ko‘plik + sifatiy bo‘linuvchanlik" kabi soddadir. Nutqda esa u milliard xususiy ko‘rinishlarda voqelanadi. Birlik sonining ma’nosi "miqdoriy aniq/noaniq ko‘plik + sifatiy bo‘linmas" kabidir. Lekin yuqorida ko‘rsatilgan UGM nutqda XGM sifatida voqelanar ekan, u umumiylik bilan xususiylik orasida oraliq ma’nolar yotadi. Oraliq ma’nolar xususiy ma’nolar uchun ma’no tiplari, ya’ni "o‘xshash ma’nolar majmuasi", UGM uchun esa "umumiylikning ko‘rinishlari", |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling