Abuzalova M


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Grammatik ma’no nima ?
2. Grammatik ma’noning formal talqini nimadan iborat? 
3. Xususiy grammatik ma’no (XGM) nima?
4. Umumiy grammatik ma’no (UGM) nima? 
5. Son kategoriyasi shakllarining XGM va UGMlari haqida nima 
bilasiz? 
6. [ - lar] ning XGMlarini sanang. 
7. [0] shaklning XGMlarini sanang.
8. [- lar] va [0] shaklning UGMlarini nima tashkil etadi? 
9. Oraliq grammatik ma’no (OGM) nima? Misollar keltiring. 
Foydalanish uchun adabiyotlar: [4; 10; 19; 20; 29; 35; 464 50; 56; 57] 
 GRAMMATIK MA’NO IFODALASH 
USULLARI. GRAMMATIK SHAKL TURLARI 
Reja: 
1. Grammatik ma’no–grammatik munosabat ifodalaydigan umumiy 
ma’no. 
2. Grammatik ma’no ifodalovchi vositalar haqida. 
3. Umumiy xulosalar. 
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar 
Grammatik ma’no, grammatik shakl, grammatik ma’no ifodalovchi 
usullar, suppletivizm, ichki fleksiya, grammatik ma’noning turli usullar 
bilan ifodalanishi, bir grammatik shaklning polifunksionalligi 
Grammatik ma’no, grammatik shakl va grammatik kategoriya 
grammatikaning eng muhim tushunchalaridir va bular o‘zaro uzviy 
bog‘langan. Grammatik ma’no tilda rang-barang usullar bilan ifodalanadi. 
Dastlab, grammatik ma’no to‘g‘risida mufassal to‘xtaylik. Grammatik 


153 
ma’noning tashuvchisi va ifodalovchisi grammatik shakl sanaladi. Tabiatan 
agglyutinativ va sintetik bo‘lgan o‘zbek tilida qo‘shimchalardan aloqa - 
munosabat qo‘shimchalari va lug‘aviy shakl hosil qiluvchi 
qo‘shimchalar, asosan, grammatik ma’no ifodalaydi. Masalan, kitobi
so‘zshakliga e’tibor bersak. Bu shakldagi [-i] qo‘shimchasi kitobning
qandaydir uchinchi bir shaxsga tegishliligini ifodalasa, "O‘t
k
an kunlar" 
kitobi” birikmasida tur va jins nomini o‘zaro bog‘lab birikma hosil 
qilyapti. Shu ma’nolar [-i] qo‘shimchasida mujassamlangan va shu ma’no 
ushbu affiksal morfema orqali yuzaga chiqmoqda. Kelishik qo‘shimchalari 
grammatik ma’no ifodalaydi. Masalan, "Javondagi kitoblardan oldi" 
gapida [-dan] qo‘shimchasi ma’lum bir manbadan biror narsa 
ajralayotganini ifodalasa, "Vijdondan qo‘rqing" gapida [-dan] vijdon va 
qo‘rqmoq so‘zlarini bir-biriga bog‘lashga xizmat qilyapti, "Anvar uydan 
chiqdi" gapida esa Anvar degan shaxsning chiqish joyini ko‘rsatmoqda. 
Yuqorida keltirgan misollarimizdan shunday xulosaga kelish mumkinki, 
grammatik ma’no lisoniy va nolisoniy munosabatlarning muayyan 
shakl(qolip) da mujassamlangan mavhum inikosidir. Chunki, yuqoridagi 
kitobi so‘zidagi [-i] qo‘shimchasida, "Javondagi kitoblardan oldi" 
gapidagi [-dan] qo‘shimchasida nolisoniy munosabat yotsa, "O‘t
k
an 
kunlar” kitobi” birikmasidagi [-i] va "Vijdondan qo‘rqing" gapidagi [-dan
qo‘shimchalarida sof lisoniy munosabat mujassamlangan. Shuning uchun 
grammatik ma’no tarkiban murakkab bo‘lib, lisoniy va nolisoniy 
munosabatlar inikosining birikishidan iboratdir. 
Fe’l zamonlari ham grammatik ma’no ifodalaydi. Bu zamonlar 
faqat nutqdagi, matndagi so‘zlarning qaysi zamonga oid ekanligini
ko‘rsatish bilan chegaralanmay, balki tashqi dunyoda sodir bo‘ladigan 
voqea va hodisalarning qachon bo‘lib o‘tganini, ya’ni aynan gapirilayotgan 
vaqtda yoki gapirilayotgan vaqtdan oldin yo keyin sodir bo‘layotganligini 
ifodalash uchun ham xizmat qiladi: Lola o‘qidi; Lola o‘qiydi; Lola
o‘qiyotir; Лола прочитала; Лола читаеть…
Sifat darajalari ham grammatik ma’no anglatadi. Ular narsa, 
predmet, hodisalarning borliqdagi nisbiy farqini aks ettiradi: tor/ torroq 


154 
/eng tor; go‘zal/ go‘zalroq/ eng go‘zal; красивый-красивее-самый 
красивый. 
Mana shunday ma’lum bir shaklda mujassamlangan va tilda 
ifodalanishi zarur bo‘lgan umumlashgan, lug‘aviy ma’no ustidagi ustama 
ma’no ─ grammatik ma’no sanaladi. Grammatik ma’no aytib 
o‘tganimizdek, rang-barang usullar bilan ifodalanadi. Bular quyidagilar: 1. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling