1. Sodda va qo‘shma gaplar orasidagi sinonimiya
Download 67 Kb.
|
11-mavzu Qo‘shma gap lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar munosabati
11-MAVZU: Qo‘shma gap lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar munosabati REJA: 1. Sodda va qo‘shma gaplar orasidagi sinonimiya2. Qo‘shma gaplar va supersintaktik butunliklar sinonimiyasi. Ma’lumki, bir xil strukturaga ega bo‘lgan gaplarning qayta-qayta qo‘llanishi kitobxonni yoki tinglovchini zeriktiradi. Rang-barang gap strukturalaridan foydalanish esa tinglovchi yoki o‘quvchida qiziqishni kuchaytiradi, ifoda etilayotgan voqea-hodisalar haqidagi fikrning ta’sirchanligini oshiradi. Fikrni ta’sirli ifoda etish uchun sinonimik gaplarga – parallel sintaktik konstruksiyalarga murojaat qilinadi. Ular nutqni bir xil qaytariqlardan holi qilishga yordam beradi. Bir fikrni tuzilish jihatidan turli bo‘lgan gaplar orqali ifoda etish bilan ham sintaktik sinonimiya hodisasini yuzaga chiqarish mumkin. Bunday sinonimiya sodda va qo‘shma gaplar o‘rtasida kuzatiladi. Sodda gapda harakat-holat yoki belgi-xususiyat murakkab tushuncha sifatida qayd etiladi, qo‘shma gapda esa ana shu tushuncha hukmga aylanadi, natijada tinglovchining diqqatini bir nuqtaga tortish imkoniyati tug‘iladi. Bunday imkoniyat faqat qo‘shma gapdagina mavjud: Sodda gap – Mehnatsiz rohat yo‘q. (Maqol) Qo‘shma gap – Mehnat bo‘lmasa, rohat yo‘q. Sodda gap – Men yosh to‘kish bekorligini bilaman. Qo‘shma gap – Men bilaman: yosh to‘kish bekor. (Uyun). Sodda gaplardan voqea-hodisalar yoki belgi-xususiyatlarning mavjudligini konstatatsiya qilish uchun foydalaniladi. Ba’zan ana shu voqea-hodisalar, belgi-xususiyatlar orasidagi mantiqiy bog‘lanishlar, ularga muallifning turli shaxsiy munosabatini ifodalash zarur bo‘lib qoladi. Ana shunday vaqtlarda qo‘shma gaplardan foydalanishga to‘ri keladi. O‘zbek tilida izohlash munosabatini ifoda etuvchi qo‘shma gapning turi sodda gaplar bilan sinonimik qator hosil qiladi. Bunda qo‘shma gaplarni umumiy leksik tarkibini, asosan, saqlagan holda, sodda gapga aylantirish mumkin bo‘ladi. Izohlash munosabatini ifodalovchi qo‘shma gaplarning bir komponenti umumlashgan xarakterga ega bo‘ladi va u aytilishi bilan, qandaydir belgi-xususiyatga ega bo‘lgan narsa borligi idrok qilina boshlaydi. Bunday qo‘shma gap sodda gapga aylantirilganda, izoh talab qilmaydigan sintaktik konstruksiya hosil bo‘ladi. 1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap va sodda gap o‘rtasidagi sinonimiya: bog‘lovchisiz qo‘shma gapning izohlovchi komponenti birikmali bo‘lakka aylantirilib, izoh talab qilinadigan komponent tarkibiga kiritiladi, natijada qo‘shma gap sodda gapga aylanadi: Xalqqa ayting: men aslo o‘lganim yo‘q (H.Olimjon). Bu qo‘shma gapning birinchi komponenti mazmunan izoh talab qiladi: nimani aytish kerakligi so‘raladi. Ikkinchi qismi birinchi qism tomonidan talab qilinadigan izoh mazmunini ifodalaydi. Demak, bu yerda ikkinchi qism – sodda gap birikmali bo‘lakka aylanadi. Bu shunday sodir bo‘ladi: sodda gapdagi ega – kesim aloqasi – predikativ aloqa aniqlovchi-aniqlanmish aloqasiga– atributiv aloqa turiga o‘zgartiriladi, natijada bir butun predikativ birlik murakkab so‘z birikmasiga aylanadi: Men aslo o‘lganim yo‘q – mening o‘lganim yo‘qligini – Xalqqa mening o‘lganim yo‘qligini (o‘lmaganligimni) ayting. Ba’zan tarkibi murakkablashgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar ham mazmunan bir sodda gapga teng bo‘lishi mumkin: 1. Biz bilmas edik, bahosi qancha, dadam pulni qayerdan oladi (Oybek). Biz bu narsaning bahosi qanchaligini, dadamning pulni qayerdan olishini bilmas edik. 2. Nimangiz bor-u, nimangiz yo‘q, ayting (ozaki nutq). Nimangiz borligi-yu, nimangiz yo‘qligini ayting. II. Bog‘langan qo‘shma gap va sodda gap o‘rtasidagi sinonimiya. Bu fikrni ifoda etuvchi quyidagi ikki gap tipini qiyoslaylik: I. Bog‘langan qo‘shma gap: Radiodan yoqimli kuy taralardi, ammo buni O‘lmas eshitmasdi (Z.Do‘stmatov). 2. Sodda gap: Radiodan yoqimli kuy taralayotganini (taralayotgan yoqimli kuyni) O‘lmas eshitmasdi. Bu ikki sintaktik konstruksiya mazmunan o‘zaro sinonim hisoblanib, ularning komponentlari nomuvofiqlik, zidlik, qarama-qarshilik ottenkalarini ifodalash uchun xizmat qilgan. Lekin bu ottenkalar qay darajada, qanday ifodalanganligi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi: sodda gapda nomuvofiqlik kesim tarkibidagi -ma bo‘lishsizlik qo‘shimchasi yordamida, qo‘shma gapda esa bundan tashqari zidlovchi bog‘lovchi ning ham ishtirok etishi orqali ifoda etiladi, natijada zidlik mazmuni yanada kuchaytiriladi. Qo‘shma gapda fikrni ifoda etish ancha ta’sirliroq, chunki unda zidlik ottenkasini beruvchi grammatik vosita birdan ortiq. Sodda gapda esa bu vositalarning faqat bittasi mavjud. Shuning uchun ham unda qo‘shma gapga nisbatan ekspressivlik kam seziladi. III. Ergash gapli qo‘shma gap va sodda gap o‘rtasidagi sinonimiya. Ergash gapli qo‘shma gaplarning, deyarli, hamma turi xilma-xil sinonimik variantlar bilan berilishi mumkin. Shuning uchun ham bu o‘rinda sodda gap va ergash gapli qo‘shma gapning har biri orasidagi sinonimiya alohida-alohida ko‘rib chiqiladi: I. Ega ergash gapli qo‘shma gap va sodda gap orasidagi sinonimiya. Ega ergash gapli qo‘shma gap sodda gapga aylantirilganda, ergash gapning kesimi otlashadi va bosh gap tarkibida ma’nosi konkretlashtirilayotgan ega vazifasidagi bo‘lak o‘rnida qo‘llanadi: Uy ichida nimaiki bo‘lsa, hammasi kuyayotibdi (H.G‘ulom). Bu qo‘shma gapning mazmuni quyidagi sodda gap orqali berilishi mumkin: Uy ichidagi narsalarning hammasi kuyayotibdi. 2. Kesim ergash gapli qo‘shma gap va sodda gaplar orasidagi sinonimiya. Bosh gapning kesimi tushiriladi va sodda gap hosil qilinadi: a) kesim ergash gapli qo‘shma gaplar: Toleim shuki, Vatanda bir guliston tanladim (H.Olimjon). Maqsadim shuki, qo‘limdan kelguncha xizmat qilish (A.Qahhor). b) Toleim – Vatanda bir guliston tanlaganim (dir). Maqsadim – qo‘limdan kelguncha xizmat qilish. Ko‘rinadiki, kesim ergash gapli qo‘shma gaplar sodda gapga aylantirilganda, bosh gapning egasi sodda gapning egasi funksiyasini, ergash gap esa sodda gapning kesimi vazifasini bajaradi. 3. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap va sodda gap o‘rtasidagi sinonimiya. Aniqlovchi ergash gap bosh gap tarkibiga birikmali aniqlovchi sifatida kiritiladi, bosh gapning ega-kesimi o‘z holida qoladi, natijada qo‘shma gap sodda gapga aylanadi – sintaktik sinonimiya hodisasi yuz beradi: a) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar: Ba’zan shunday kunlar bo‘ladiki, yashash juda og‘ir, umidsiz tuyuladi (A.Muxtor). Shu kunlarda hech bir kishi topilmadiki, u Kanizakning yuragiga tasalli bersa (A.Qahhor). b) sodda gaplar: Ba’zan yashash juda og‘ir, umidsiz tuyuladigan kunlar bo‘ladi. Shu kunlarda Kanizakning yuragiga tasalli beradigan (hech bir) kishi topilmadi. 4. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap va sodda gaplar orasidagi sinonimiya. To‘ldiruvchi uchun quyidagilarga amal qilish lozim: qo‘shma gapning ergash gapi izoh talab qiluvchi bosh gap tarkibiga birikmali to‘ldiruvchi holida kiritiladi, ergash gap gap bo‘lagiga xos grammatik belgilarga ega bo‘ladi, biror kelishik yoki yordamchi so‘zlar bilan birga qo‘llanadi: a) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar: Istaymanki, shoirning orzulari, umidlari tush emas, haqiqatga aylansin (Oybek). Shuni unutmangki, bugungi jang dahshatli bo‘ladi (V.Qamaev). Bildimki, Zulayho juda ham go‘zal… (R.Bobojon). b) to‘ldiruvchi sodda gaplar: Shoirning orzulari, umidlari tushga emas, haqiqatga aylanishini istayman. Bugungi jangning juda dahshatli bo‘lishini unutmang. Zulayhoning juda ham go‘zalligini bildim. 5. O‘rin ergash gapli qo‘shma gap bilan sodda gap o‘rtasidagi sinonimiya. Bunday holat ergash gapni bosh gap tarkibidagi o‘rin holi vazifasida keluvchi so‘z o‘rnida qo‘llash natijasida yuzaga chiqadi: Download 67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling