1. Sodda va qo‘shma gaplar orasidagi sinonimiya
Download 67 Kb.
|
11-mavzu Qo‘shma gap lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar munosabati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sodda gap
Xo‘roz o‘lgur yeb qo‘ydi (Xalq qo‘shii).
Sodda gap: Makiyonga solgan donni Xo‘roz o‘lgur yeb qo‘ydi. 11. Kesimlari leksik takror asosida shakllangan ergash gapli qo‘shma gaplarni sodda gapga aylantirish yo‘li ham juda oson: Sen boshqarmasang, kim boshqarsin bu ishni (I.Rahim). Bu qo‘shma gapni sodda gap holida quyidagi variantlar orqali berish mumkin: Bu ishni sendan boshqa kim boshqarardi?! Bu ishni sen boshqarasan, xolos. Yoki quyidagi misolni olaylik: Qo‘shma gap: Bu kitobni biz o‘qimasak, kim o‘qiydi? Sodda gap :1. Bu kitobni bizdan boshqa kim o‘qiydi?! 2. Bu kitobni biz o‘qiymiz, xolos. 14. Ba’zan murakkab tipdagi qo‘shma gaplar oddiy qo‘shma gaplar bilan sinonimik qator hosil qilishi mumkin. Bunday konstruksiyalar ko‘proq poetik nutq uslubida, nisbatan kamroq prozaik nutq stilida qo‘llanadi, ulardan, asosan, qiyoslash mazmunini ifodalash maqsadida foydalaniladi: Kishilar bor – kular shunchaki, Kishilar bor – kular yurakdan (T.Yo‘ldosh). Shunchaki kuladigan kishilar bor, Yurakdan kuladigan kishilar bor. 15. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap va o‘zlashtirma gap o‘rtasidagi sinonimiya. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar va o‘zlashtirma gaplar ma’lum bir maqsad; informatsiyani tinglovchiga yetkazib berishda vosita bo‘ladigan turli tipdagi gap ko‘rinishlaridir. Ular mazmunan bir-biriga juda yaqin bo‘lib, muallifning ixtiyori, usul talabi bilan biri ikkinchisining o‘rnida qo‘llana oladi. Shu sababli ham ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar va o‘zlashtirma gaplar sinonimik konstruksiya hisoblanadi, o‘zaro sinonimik qatorni tashkil etadi. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap o‘zlashtirma gapga – sodda gapga aylantirilganda, ularning strukturasida o‘zgarish sodir bo‘ladi, lekin ularda mazmuniy bir xillik saqlanadi: a) ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar: Qo‘lingiz juda shirin-da, Mastura xola, – deb maqtadi Zumrad opa (F.Musajon). Bu yilayotgan kim bo‘ldi? – deb qoldi (Ch.Aytmatov). Bu narsa Nizomning talabi, – dedi Saida mumkin qadar nazokat bilan (A.Qahhor). b) o‘zlashtirma – sodda gap: Zumrad opa Mastura xolaning qo‘li juda shirinligini maqtadi. U yilayotgan odamning kimligini so‘radi. Saida mumkin qadar nazokat bilan bu narsa Nizomning talabi ekanligini aytdi. Misollardan ko‘rinadiki, ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda asosiy fikr o‘z egasi tomonidan beriladi. O‘zlashtirma gapda esa boshqa birovning fikri yana boshqa kishi tomonidan ifoda etiladi. Demak, ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar va o‘zlashtirma gaplar ham sintaktik sinonimlarning bir ko‘rinishi bo‘lib, bir fikrni ifoda etuvchi turli grammatik qurilishga ega bo‘lgan gap turlaridir. Yuqorida biz qo‘shma gaplarni sodda gaplarga aylantirish yo‘llarini ko‘rib chiqdik. Faktlar shuni tasdiqlaydiki, tilda faqat qo‘shma gaplarni sodda gaplarga aylantirish mumkin bo‘libgina qolmay, sodda gaplarni qo‘shma gaplarga aylantirish imkoniyatlari ham mavjud: 1. Tarkibida otlashgan sifatdosh oborotlari bo‘lgan sintaktik konstruksiyalar, asosan, ergash gapli qo‘shma gaplarga sinonim bo‘ladi. Sifatdosh oborotli sodda gaplarni qo‘shma gapga aylantirish uchun, ko‘pincha, nisbiy olmoshlardan foydalaniladi: a) sodda gaplar: Betga aytganning zahri yo‘q (Maqol). Uzoqni ko‘zlaganning ishi besh (Maqol). Mehnatni sevganning el oldidagi e’tibori baland bo‘ladi. b) qo‘shma gaplar: Nima betga aytilsa, uning zahri yo‘q. Kim uzoqni ko‘zlasa, uning ishi besh. Kimki mehnatni sevsa, uning el oldidagi e’tibori baland bo‘ladi. Sifatdosh shakllarini ortiqcha takrorlamaslik yo‘llaridan biri oborot o‘rnida ergash gaplardan foydalanishdir, chunki ayrim ergash gaplar bilan oborotlar o‘rtasida parallellik bor. Bu parallellik faqat semantik jihatdangina kuzatiladi. 3. Tarkibida otlashgan so‘zlar ishtirok etgan sodda gaplarni qo‘shma gapga aylantirish mumkin. Bunday holda sodda gap bo‘laklari orasidagi semantik aloqa turi o‘zgartiriladi – boshqa bir turdagi semantik aloqa yuzaga chiqariladi. Ko‘pincha, atributiv aloqa predikativ aloqaga almashadi: Download 67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling