1. Sodda va qo‘shma gaplar orasidagi sinonimiya
a) ergash gapli qo‘shma gap
Download 67 Kb.
|
11-mavzu Qo‘shma gap lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar munosabati
a) ergash gapli qo‘shma gap:
Oyog‘ing qayoqqa tortsa, o‘sha yoqqa jo‘na (I.Rahim). b) sodda gap: Oyoing tortgan yoqqa jo‘na. Ko‘rinadiki, bunday hollarda ergash gapning kesimi sodda gapda sifatdosh oborot ko‘rinishida qo‘llanadi. 6. Maqsad ergash gapli qo‘shma gap va sodda gaplar o‘rtasidagi sinonimiya. Bunday vaqtda maqsad ergash gapning kesimi harakat nomi shaklini oladi. Natijada maqsad ergash gapli qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan sodda gap turi yuzaga keladi: a) qo‘shma gap: Bolalarga non puli bo‘lar deb ekkanmiz (O.Yoqubov) b) sodda gap: Bolalarga non puli bo‘lishi uchun ekkanmiz. Maqsad ergash gapli qo‘shma gaplarni sodda gapga aylantirishning yana bir usuli ergash gapni maqsad ravishdoshiga almashtirishdir. Buning uchun shunday grammatik operatsiya o‘tkaziladi: ergash gap kesimi otlashgan shaklda keltiriladi va gap strukturasiga maqsad ravishdoshi kiritiladi: Qo‘shma gap: Bir kuni muhim masala bor deb, kiribdi (I.Rahim). Sodda gap: Bir kuni muhim masala borligini aytgani kiribdi. 7. O‘xshatish mazmunini ifodalovchi qo‘shma gaplar va sodda gaplar orasidagi sinonimiya. O‘zbek tilida o‘xshatish mazmunini ifodalovchi quyidagi qo‘shma gap tiplari sodda gaplar bilan sinonimik qator hosil qiladi: I. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar: a) qo‘shma gap: Qo‘shni keldi – ko‘mak keldi (Maqol). b) sodda gap: Qo‘shnining kelishi ko‘makning kelishidir. 2. Ergash gapli qo‘shma gaplar: a) o‘xshatish ergash gapli qo‘shma gap: Oppoq nozik yuzi quyoshda shunday tiniq ko‘rinadiki, go‘yo u nurdan yaratilganday (Oybek). b) sodda gap: Oppoq nozik yuzi quyoshda nurdan yaratilganday tiniq ko‘rindi. 8. Kesimi sifat va yordamchi fe’ldan ifodalangan ergash gapli qo‘shma gaplarni sodda gaplarga aylantirib qo‘llash mumkin. Ergash gap tarkibidagi ega va kesim vazifasini bajaruvchi so‘zlar tartibi o‘zgartiriladi – predikativ birikma atributiv birikmaga aylanadi: Qo‘shma gap: Qalb salomat bo‘lsa, aql ham, fikr ham salomat bo‘ladi (S.Ahmad). Sodda gap: Salomat qalbda aql ham, fikr ham salomat bo‘ladi. Qo‘shma gap: Turmush qancha zavqli bo‘lsa, yillar shuncha tez o‘tganday tuyuladi (S.Ahmad). Sodda gap: Zavqli turmushda yillar ham tez o‘tganday tuyuladi. Misollardan ko‘rinadiki, bunday vaqtda so‘z tartibi muhim rol o‘ynaydi. O‘zbek tilida yuqoridagi kabi faktlarni juda ko‘plab uchratish mumkin: 9. Tarkibida nisbiy olmosh qo‘llangan ergash gapli qo‘shma gaplarni sodda gap holida berish mumkin. Buning uchun ergash gap tarkibidagi ega vazifasini bajaruvchi nisbiy olmosh o‘rnida ot qo‘llanadi, kesim funksiyasini bajaruvchi shart fe’li esa sifatdoshga aylanadi. Natijada qo‘shma gap orqali berilgan fikrni sodda gap orqali ifoda etish imkoniyati tug‘iladi: Qo‘shma gaplar: Kim bahorni yomon ko‘rsa, qaldiroch uyasini buzadi (Maqol). Kim ishlab topsa, oshi lazzatli bo‘ladi (Maqol). Kimki ig‘vo-yolg‘onni qilib olsa kasb, Bo‘lajak sharmisor bir umr bo‘yi (Maqol). Sodda gaplar: Bahorni yomon ko‘rgan odam qaldiroch uyasini buzdi. Ishlab topgan odamning oshi lazzatli bo‘ladi. Ig‘vo – yolg‘onni kasb qilib olgan umr bo‘yi sharmisor bo‘ladi 10. Kesimi shart fe’li orqali ifodalangan ergash gapli qo‘shma gaplarni sodda gap shaklida qo‘llashning yo‘li quyidagicha: ergash gapning egasi o‘zgarishsiz, kesimi tushum kelishigidagi otlashgan sifatdosh shaklida keltirilgach, qo‘shma gap sodda gapga aylanadi: Qo‘shma gap: Til tugsa, tish yecholmas (Maqol). Sodda gap: Til tukkanini tish yecholmas (Maqol). Qo‘shma gap: Sahiy topsa, barcha yer. Sodda gap: Sahiy topganini barcha yer. Shuni aytib o‘tish kerakki, kesimi shart fe’lidan ifodalangan har qanday ergash gapli qo‘shma gaplarni sodda gapga aylantirish mumkin bo‘lavermaydi. Bu holat ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi bosh gap kesimining ma’nosi bilan boliq ravishda yuzaga chiqariladi. Bosh gapning kesimi o‘timli fe’ldan iborat bo‘lgan taqdirdagina yuqoridagi kabi operatsiyani bajarish mumkin: Qo‘shma gap: Makiyonga don solsam, Download 67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling