Abuzalova M


Payt ma’nosining ingliz va o‘zbek tillari tizimida voqelanishi


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

    Bu sahifa navigatsiya:
  • When
Payt ma’nosining ingliz va o‘zbek tillari tizimida voqelanishi 
So‘z 
turkumlari
o‘zbek tilida 
ingliz tilida 
 
fe’l 
Hozirgi 
zamon: 
yozaman, 
yozmoqdaman.
O‘tgan zamon: yozdim, yozgan 
edim. 
Kelasi 
zamon: 
yozaman, 
yozmoqchiman.
Pres.: I write. I am writing.
Past: I wrote. I had written. 
Future: I’ll write.


159 
Ot 
Kun, kecha, kunduz, yil, sutka, fasl, 
sahar, asr, namozshom, oqshom, 
erta, peshin, tong, nahor , indin,
bugun . 
Evening, day, night,centure, 
afternoon, morning, year, 
season, era, future,dawn, old
(yosh); 
Sifat 
Tonggi, kuzgi, qishki, bahorgi, 
tunggi, sirtqi, kunduzgi, kechki; 
Fast, early, late,slow,short 
(day), long (night); 
Son 
Soat 
7da 
uyg‘ondi. 
Mustaqilligimizga 13yil to‘ldi.
He came at 6 o‘clock. Our 
republik was independent in 
1991.
Ravish 
Endi, hali, boya, doim, saharlab
ertalab, mudom, faqat; 
Never, ever, usually, often, 
ago, 
yet, 
now, 
then, 
nowadays, 
lately, 
after, 
before, 
untill, 
forever, 
always, meanwile, recently;
Olmosh 
Shu-shu (Shu-shu Fotima kelmay 
qo‘ydi); 
so‘roq 
olmoshlari: 
qachon? 
qachondan 
buyon? 
qachongacha? 
When? 
 
k
o‘
makc
hi
Sayin, sari (Ko‘rgan sari ko‘rging 
kelaveradi); Yarim ko‘makchi so‘z: 
avval, 
keyin, 
so‘ng;-gacha 
(qo‘shimchasimon 
ko‘makchi); 
qadar (sof ko‘makchi); bilan 
(Qo‘ng‘iroq 
chalinishi 
bilan 
darsga kirdim);
… 
 
bo
g‘
-
lovchi
Dam…dam,…ba’zan…ba’zan, 
goh…goh; 
yukla
ma
Toki, -u, -yu (Qo‘ng‘iroq chalindi-
yu, dars boshlandi). 
 
 
Affiksatsiya
-da (o‘rin payt): peshinda
-dan (chiqish): peshindan
-ga (jo‘nalish): peshinga qarab… 


160 
Ko‘rinadiki, har bir tilning grammatik ma’no ifodalash usul va 
vositalari farq qilgani hamda har bir til o‘ziga xos ichki grammatik 
qurilishga ega bo‘lganidek, o‘zbek va ingliz tillarida payt grammatik 
ma’nosini yuzaga chiqarish imkoniyatlari benihoya keng va o‘ziga xos, 
farqlidir. 
Qiyoslanayotgan 
tillar 
tizimida 
(morfologik 
sathda) 
zamon 
tushunchasini ifodalovchi umumiy imkoniyatlarni – ot, sifat, son, ravish 
va fe’l turkumlari misolida kuzatish mumkin. Demak, o‘zbek tilidagi 
zamon otlari ingliz tilida vaqt munosabatini anglatuvchi otlarga, payt 
mazmunini bildiruvchi sifat va ravishlar ma’lum jihatdan qiyoslangan til 
turkumlari xususiyatlariga o‘xshab ketadi. Biroq o‘zbek morfologiyasida 
ravishlar mustaqil ma’noli o‘zgarmas so‘zlar bo‘lsa, ingliz tilida sof 
ravishlardan tashqari yasama ravishlar hosil qilinishi mumkin (late- sifat, 
lately-ravish). 
Shuningdek, 
differensial 
belgilarni 
yana 
zamon 
kategoriyasini ifodalaydigan fe’llar orqali aniqlash muhimdir: payt 
ma’nosini o‘zbek tilidagi fe’llar zamon qo‘shimchalari orqali (sintetik 
usulda) ifodalasa, ingliz tili fe’llari analitik tillarga xos bo‘lgan ichki 
fleksiya, suppletivizm orqali yuzaga chiqaradi. 
O‘zbek tili yordamchi so‘zlar va kelishiklar vositasida ham payt 
ma’nosini lisoniy ifodalashda keng imkoniyatlarga ega. Ingliz tilida esa bu 
vazifani predloglar o‘z zimmasiga olgan (ingliz tilida predloglar kelishiklar 
vazifasini bajarishini esga oling). Mazkur jihatlar ham tillararo farqli 
tomonlarni ko‘rsatib turibdi. 
Shunday 
qilib, 
zamon 
tushunchasini 
ifodalash 
imkoniyatlari 
tipologiyasi har bir tilning o‘ziga xos sifatlarini namoyon etadi. Haqiqatan 
ham, til murakkab tizim bo‘lib, inson tafakkuri shakllari, tushunchalarini 
izchil jilolantirishga qodir serqirra hodisadir. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling